Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdumannob Abdug‘affor o‘g‘li Yo‘ldoshev O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Shu munosabat bilan Sherali Ilhomovich Musurmonov ushbu lavozimdan ozod qilingan.
Sherali Musurmonov hukumatning 2019-yil 27-sentabrdagi qarori bilan MTRK raisiga o‘rinbosar etib tayinlangan va Akram Yusufovich Eshonqulovni almashtirgandi.
2020-yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, Farhod Mahmudov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, mart oyida Madamin Safarov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimini egallagandi. F.Mahmudov Xayrulla Nuritdinov o‘rnini egallagan, M.Safarov esa Sardor Mirzakarimovni almashtirgan.
Izoh (0)