Samarqand shahridagi Spitamen shohko‘chasida joylashgan konserva zavodining omborida 24-oktabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in haqida xabar soat 20:20 da kelib tushgan. FVV hududiy boshqarmasining 10 ga yaqin yong‘in-qutqaruv guruhlari hodisa joyiga yetib borib, yog‘och materiallari va boshqa buyumlar bo‘lgan omborxonani o‘chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt sarflagan.
Yong‘inning umumiy maydoni 650 kvadrat metrni tashkil etgan, uning yuzaga kelishi sababi aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q.
Izoh (0)