• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abxaziyada qolib ketgan yuzlab o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarishga nimalar to‘sqinlik qilayotgani aytildi

    Pandemiya sababli ikki ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik Abxaziyada qolib ketgani, ularning yuzga yaqini ayni paytda Abxaziya–Rossiya chegarasida ko‘chada tunayotgani haqida xabar berilgan edi. TIVning 30-sentabrdagi bayonotida 400 ga yaqin vatandoshlarning birinchi guruhi oktabr boshida O‘zbekistonga qaytarilishi aytilgandi. Biroq oktabr oyi oxirlab qolgan bo‘lsa-da, ushbu va’da bajarilmadi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi bosh konsuli Rustam Kurganbayev jarayon nima uchun kechikayotgani, ularni vatanga qaytarishga nimalar to‘sqinlik qilayotganini “Kun.uz”ga ma’lum qildi.

    “23-oktabr kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Tatyana Golikova rahbarligida Maxsus komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, ushbu yig‘ilishda Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarimizni Rossiya orqali O‘zbekistonga qaytarish masalasi muhokama qilinishi kutilayotgan edi. Biroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligida shanba-yakshanba dam olish kuni bo‘lgani, rasmiylar bu vaqtda murojaatlarimizga javob bermayotgani uchun yig‘ilishda qanday qaror qabul qilinganini bilolmay turibmiz.

    “Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarimizning O‘zbekistonga qaytarilishi cho‘zilib ketganining sababi charter reyslar bilan olib kelinadiganlar ro‘yxatini tuzishga ko‘p vaqt ketib qoldi. Ushbu hududdagi o‘zbekistonliklarni topib, ma’lumotlariga bittama-bitta aniqlik kiritib chiqishga to‘g‘ri kelgan. Ayni paytda ro‘yxatga 537 nafar kishi kiritilgan. 20-oktyabr kuni bosh konsulxonamiz tomonidan ushbu ro‘yxat nota orqali Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan.

    Abxaziyadan vatanga qaytishni kutayotgan o‘zbekistonliklar Telegram’da ochilgan guruhda 200 yuz kishi O‘zbekistonga qaytmoqchi ekanini aytib murojaat qildi. Shu kabi ishlar vaqtimizni ko‘p olib qo‘ymoqda.

    Qolaversa, ishlarning cho‘zilishiga Rossiya tomonining javobi kechikayotgani sabab bo‘lmoqda. Bu masalani Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Tatyana Golikova ko‘rib chiqishi kerak edi. Aslida Rossiya tomonining mazkur vaziyatdan xabari bor, oktabr boshida o‘zbekistonliklarning katta bir guruhi Abxaziyada qolib ketgani, ularni charter reys orqali olib chiqib ketish rejalashtirilayotgani haqida rasman nota kiritganmiz. O‘shanda ro‘yxatda 329 kishi bo‘lgan.

    Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarini Abxaziyadan olib chiqib ketishning aniq mexanizmlari, chegarada ularni kim kutib olishi, qaysi yo‘nalish bo‘yicha Rossiyadan olib chiqib ketilishi, buning uchun talab etiladigan hujjatlarni kim tayyorlashi bo‘yicha reja ishlab chiqilsa, ruxsat berilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng harakat boshlandi, ushbu jarayonda juda ko‘p muammolar borligi aniqlandi.

    Jumladan, karantin davrida aksariyat fuqarolarimizning ushbu hududda bo‘lish, ishlash huquqini berish hujjatlari muddatlari o‘tib ketgani oydinlashdi. Shuningdek, samolyotga chiqish uchun yo‘lovchilar COVID-19’ga test topshirishlari lozim, biroq Abxaziya hududida bir vaqtda 250-300 kishini testdan o‘tkazib, javobini qisqa muddatda taqdim eta oladigan laboratoriyalar yo‘q ekan. Shu sababli fuqarolarimizni test topshirgizmasdan olib qaytish bo‘yicha mas’ullar bilan kelishuvga erishdik”,  — deydi Rustam Kurganbayev.

    Shuningdek, Abxaziya–Rossiya chegarasida to‘planayotgan o‘zbekistonliklar bizga tinimsiz murojaat bo‘layotganini, ular orasida ortga qaytish kundan kunga cho‘zilayotganidan darg‘azab bo‘layotganlar ham borligini ta’kidlagan.

    “Biz ham bu masalaga tezroq yechim topish tarafdorimiz. Ammo biz hozir boshqa mamlakat hududidamiz, bu yerda o‘yin qoidalarini ular belgilashadi. Shu sababli yurtdoshlarimizdan sabrli bo‘lishlarini, yana ozgina kutishlarini, noqonuniy harakatlardan tiyilishlarini so‘rab qolardim. Xudo xohlasa, dushanba (26-oktabr) kuni xushxabar bo‘lishi kutilmoqda. Chorshanba kuni birinchi samolyotimiz yetib keladi. Ungacha barcha rasmiyatchiliklar hal bo‘lsa, fuqarolarni vatanga qaytarishni boshlaymiz”, — deydi u.

    Rustam Kurganbayev Abxaziyadagi o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish qay tartibda amalga oshirilishiga ham aniqlik kiritgan.

    “Ayni paytda tayyorgarlikning yakuniy bosqichidamiz. Samolyotlar ham, avtobuslar ham tayyor. Rossiya Federatsiyasi Maxsus komissiyasining ruxsatini kutyapmiz. Ruxsat berilsa, Rostov-Don shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi vakillari birinchi samolyot uchishidan bir kun oldin Sochiga boramiz. Moskvadagi elchixonadan ham maslahatchi kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston fuqarolarini chegarada kutib olamiz va ularni bepul avtobuslarda aeroportgacha yetkazib qo‘yamiz. Rejamiz bo‘yicha, kuniga bitta reys qo‘yilishi kerak. Uzbekistan Airways bilan bu masalani kelishib qo‘yganmiz. Deylik, uchta samolyot kelsa, har kuni bitta reysda ketadigan fuqarolarni Abxaziyadan olib chiqamiz.

    Bosh konsulxonamizning ro‘yxatiga kiritilgan barcha Abxaziyadan olib chiqib ketiladi. Xoh u ayol bo‘lsin, xoh erkak, xoh bemor – hech kimni tashlab qo‘ymaymiz. Faqat kuniga bittadan reys qo‘yiladi. Ro‘yxatga kirmagan, hozircha Abxaziyada qolayotgan o‘zbekistonliklarni ham vatanga qaytarish choralarini ko‘ramiz”, — deb ta’kidlagan.

    Shuningdek, oktabrning boshidan orasida homilador ayollar, qariyalar, bemorlar bor bo‘lgan 20 kishilik dastlabki guruh Abxaziyadan olib chiqib, O‘zbekistonga yuborilganini, buni amalga oshirishga bir oy davomida harakat qilinganini, kelishuvga erishish qiyin bo‘lganini aytib o‘tgan.

    Avvalroq Rossiyaning Samara va Rostov viloyatlaridagi palata lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “O‘zbekistonning birorta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi”ni ma’lum qilgandi.

     Mavzuga doir: Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

    25.10.2020, 22:43   Izoh (0)   31361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘uzordagi zavod ishchilari to‘polon ko‘targan paytda yetkazilgan zararni kim qoplaydi? Uzbekistan GTL bosh direktori ushbu savolga javob berdi (video)

    25.10.2020, 21:24

    Parkentdagi falokatda uylari vayron bo‘lgan aholi: “Bu yerda kichkina Sardoba bo‘ldi”

    25.10.2020, 20:23

    Uzbekistan GTL zavodi quruvchilariga bir oyda qancha maosh to‘lanishi ma’lum qilindi

    25.10.2020, 16:24

    COVID-shifoxonadan chiqqan tibbiyot chiqindilari Chirchiq daryosi bo‘yida, Yangiyo‘l va Zangiotadan topildi. Muammo xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya o‘zgargach boshla...

    25.10.2020, 16:01

    Samarqanddagi konserva zavodida yong‘in yuz berdi

    25.10.2020, 14:23

    O‘zbekistonda PayPal tizimiga ruxsat berilishi mumkin

    25.10.2020, 12:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Investitsiya kodeksi ishlab chiqiladi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 10:23

    “Manchester Yunayted” futbolchisi faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin

    Sport | 21 avgust, 10:10

    Polshaga Rossiya droni qulab tushdi va portladi

    Dunyo | 21 avgust, 09:50

    Superliga. “Sho‘rtan” va “Navbahor” o‘rtasidagi bahsda gollar “otishmasi”, “Dinamo” esa Jizzaxda durang o‘ynadi (video)

    Sport | 21 avgust, 09:17

    Surxondaryoda energetika sohasi mansabdori, Farg‘onada Xalq qabulxonasi xodimi pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 09:12

    Hande Erchel IMDb talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal aktrisalari ro‘yxatida yagona turk ayoliga aylandi

    Shou-biznes | 21 avgust, 09:00

    Isroil G‘azo shahrini to‘liq egallashga kirishdi: 60 ming zaxira askar safarbar qilinmoqda (video)

    Dunyo | 21 avgust, 08:54

    Bakalavr imtihoni ballari asosida texnikum tanlash qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 06:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.