“Aston Villa” jamoasi Premyer Ligasi 6-turi doirasida “Lids”ga yutqazib qo‘ydi (0:3).

Foto: Getty Images

“Aston Villa”ning mag‘lubiyatidan keyin 2020/21-yilgi mavsumda Yevropa kuchli beshlik ligalarida ochko yo‘qotmagan yagona jamoa qoldi — bu “Milan”. Bu haqda Gracenote xabar qilmoqda.

Milanliklar Italiya chempionati joriy mavsumida 4 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning hammasida g‘olib chiqdi. Stefano Pioli shogirdlari “Bolonya” (2:0), “Krotone” (2:0), “Spetsiya” (3:0) va “Inter”ni (2:1) taslim etishga erishdi. “Milan” ketma-ket 21 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. A Seriya yetakchisi navbatdagi turda “Roma”ga qarshi o‘ynaydi.

“Aston Villa” “Lids”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga qadar ketma-ket to‘rtta o‘yinda g‘alaba qozongandi — “Sheffild Yunayted” (1:0), “Fulhem” (3:0), “Liverpul” (7:2) va “Lester” (1:0).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!