Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Habib Nurmagomedov UFC 254 musobaqasida Jastin Getji mag‘lub eta olsa, promoushen umumiy reytingida yetakchiga aylanishi mumkin. Bu haqda UFC prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Avval ham aytganimdek, bu qarama-qarshilik UFC tarixidagi eng katta jang bo‘lishi ehtimoli bor. Bu jang nima bilan tugashi haqida tasavvurga ega emasman va aynan shu jihat uni intrigaga boy qiladi. Jangchilar qay tariqa harakat qilishini bilamiz, biroq natija qanday bo‘lishi hech kimga ma’lum emas. Faqat jang qiziqarli bo‘lishiga kafolat bera olaman.

Jastinning so‘nggi jangini ko‘rdingizmi? U zerikarli edimi? Bu yigit o‘zi qachon zerikarli jang namoyish qilgan? Habibga kelsak bu yigit faoliyati davomida nechta raundni boy bergan? Bitta, ikkita? U yengilmas bo‘lib qolmoqda, o‘ylashimcha, agar Habib shanba kuni Jastinni yenga olsa, vazn toifasidan qat’i nazar jahonning eng yaxshi jangchisiga aylanadi.

Jon Jons va uning professional muvaffaqiyatlari haqida qanday fikrda ekanimni juda yaxshi bilasiz. Biroq e’tibor bering, Habib nechta jang o‘tkazdi va o‘ta qiyin divizionda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu haqiqatda ajoyib natija”, — deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda UFC umumiy reytingida yarim og‘ir vazn divizioni sobiq chempioni Jon Jons yetakchilik qilmoqda.

24-oktabr, shanba kuni BAAdagi “Jangchilar oroli”da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi. Asosiy janglar 23:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi