UFC’ning yengil vazn toifasida harakat qiluvchi amerikalik yakkakurashchi Toni Fergyuson divizion chempioni Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilish imkoniyatini qidirishini aytib o‘tdi.

Foto: UFC

“Habib men bilan hech qachon jang qilmaydi. U uch marta men bilan jang qilishdan bosh tortdi. Biroq ertami, kechmi Habibni adabini berib qo‘yaman. Qanaqasiga bilmayman, ammo shu yil oxirigacha u bilan ko‘rishamiz.

Konorga qarshi jang qilish varianti ham bor. Habib va Konor — meni qiziqtirayotgan jang”, — deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Toni o‘rtasidagi jang turli sabablarga ko‘ra besh marta bekor qilingan. Ularning so‘ngisi 2020-yilning apreliga to‘g‘ri kelgandi. Keyinchalik Fergyuson Habibning o‘rnini egallagan Jastin Getjiga qarshi jangda mag‘lub bo‘ldi va yengil vazn toifasi vaqtincha chempionlik kamarini boy berdi.

Ma’lumotot uchun, 24-oktabr, shanba kuni BAAdagi “Jangchilar oroli”da UFC 254 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi. Asosiy janglar 23:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, UFC 254 musobaqasining asosiy kardida o‘zbekistonlik Liliya Shokirova ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqani bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!