Sobiq MMA jangchisi Shamil Abdulmuslimov Dog‘istonda otib ketildi, deya xabar qilmoqda Baza.
35 yoshli sportchi Xasavyurt shahridagi kafelarning birida halok bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, Aldulmuslimov Muradisovlar oilasi bilan yer talashib, janjallashgan. Kafedagi tortishuvdan keyin Muradisov va uning o‘g‘li joyni tark etadi, biroq biroz vaqt o‘tgandan keyin qaytib keladi va Shamilni otib tashlaydi. Shuningdek, marhumning tarafdorlari bilan mushtlashadi.
Gumonlanuvchilar voqea joyidan yashirinishga urinmagan. Politsiya ota va o‘g‘ilni o‘sha yerning o‘zida hibsga olgan.
Abdulmuslimov professional MMA’da so‘nggi bor 2013-yilda jang qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)