• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi bozorlarda oziq-ovqat narxi oshib ketmasligi uchun qancha mahsulot kerakligi ma’lum qilindi

    Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mahalliy bozorlardagi narx-navo barqarorligini saqlash masalalari muhokama qilingan. Sessiyada Xalq demokratik partiyasining viloyat kengashi raisi, deputat Zulfiya To‘yeva deputatlar bozorlarga tushib, oziq-ovqat mahsulotlari narxi bilan qiziqmaganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Sessiyada so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorov oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozordagi narx-navo barqarorligini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot bergan.

    Ta’kidlashicha, Buxoroda aholining go‘sht, kartoshka, guruch, un, shakar, tuxum va o‘simlik yog‘iga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash uchun 2021-yilning may oyiga qadar 27,9 ming tonna go‘sht mahsuloti, 14 ming tonna parranda go‘shti, 7 ming tonna baliq, 51,2 ming tonna kartoshka, 9,3 ming tonna guruch, 75,6 ming tonna un, 10,5 ming tonna shakar, 201,3 million dona tuxum, 9,3 ming tonna o‘simlik yog‘i, 7 ming tonna piyoz va 18,9 ming tonna sabzi mahsulotlari kerak bo‘ladi.

    Aytilishicha, viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari narxining sun’iy oshirilishini o‘rganuvchi ishchi guruhlar ham tashkil etilgan.

    Zulfiya To‘yeva.

    Zulfiya To‘yeva.
    Foto: “Daryo”

    Deputat Zulfiya To‘yeva oziq-ovqat narxlarining sun’iy oshishiga deputatlarning ham aybi borligini aytib, deputatlar nazoratni avvalo qishloqlardan boshlashi kerakligini ta’kidlagan.

    “Shu yerda o‘tirgan deputatlar, o‘zimiz biror marta bozorga borib, mahsulotlar narxining sun’iy oshirilayotgani bilan qiziqdikmi? Yoki tadbirkordan mahsulotini qayerdan olib kelayotganini-chi, so‘radikmi? Bu bizning asosiy ishimiz-ku. Nega biz yuqoridan nimanidir kutishimiz kerak, nega mahalliy kengash sessiyalarida, o‘zimiz saylangan hududlarda shu ishlarni amalga oshirmayapmiz? Qachongacha bizga sessiyada topshiriq beriladi-yu, biz u topshiriqlarni bajaramiz? Har birimiz o‘z ishimizni odilona bajarsak, muammolar bu qadar chigallashib ketmaydi-ku. Qolaversa, qishloqlarda tomorqalarning gektar-gektar maydonlarida jo‘xori, beda ekilib, joy egallangan. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini qayerda yetishtiramiz? Aholidan nega sholg‘om, kartoshkasini so‘ramaymiz? Nega sabzi ekmadingiz deb so‘ramaymiz? Bundan tashqari, o‘tgan sessiyalarda har bitta tumanda bittadan muzlatkich kameralar tashkil qilishni kelishib olgandik. Ammo o‘zgarish yo‘q”, — degan deputat Zulfiya To‘yeva.

    Deputatning ushbu munosabati OAV vakillarida qo‘shimcha savol tug‘ilishiga sabab bo‘lgan.

    Laylo Hayitova.

    Laylo Hayitova.
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri aholi tomorqalarida jo‘xori, beda ekilishining ham sababi borligini aytib, odamlar chorvasini boqish uchun yem-xashak yetishtirishga e’tibor qaratayotganini, yem-xashak esa chorva uchun zarurligini bildirib, “go‘sht narxi tushishi uchun avvalo, mana shu masalalarga e’tibor qaratish lozim emasmi?”, deya savol bergan.

    Buxoro hokimi o‘rinbosari Botir Shahriyorov savolga javob berar ekan, oxirgi uch-to‘rt yilda go‘sht iste’molini mumkin qadar kamaytirib, uning o‘rnini bosuvchi — tovuq, baliq va quyon yetishtirish bo‘yicha alohida loyihalar amalga oshirilayotganini aytgan. Biroq chorva uchun yem-xashakni arzonlashtirish borasida qanday chora ko‘rilayotganiga aniq javob bermagan.

    Botir Shahriyorov.

    Botir Shahriyorov.
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, viloyatda 17 ta oziq-ovqat ulgurji ta’minoti kompaniyasi mavjud. Ular mahsulotlarini viloyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri, vositachilarsiz olib kirib, omborxona va muzlatkich kameralarida oziq-ovqat zaxiralarini yaratgan.

    Sessiyada, shuningdek, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov o‘simlik yog‘i narxi oshganining asosiy sabablari va uni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar xususida to‘xtalgan bo‘lsa, IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev 2020-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot bergan.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: “Barcha oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi bo‘lishi kerak, bu davlat siyosatiga aylanishi lozim”
    • Farg‘onada oziq-ovqat mahsulotlarini qimmat narxda sotgan 129 nafar shaxs javobgarlikka tortildi
    • Toshkentda go‘sht narxiga cheklov o‘rnatildi

    23.10.2020, 07:40   Izoh (0)   13729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 16 yoshli bolaning iPhone X telefonini o‘g‘irlab ketgan 4 nafar yigit qo‘lga olindi

    23.10.2020, 07:24

    Andijonda budjeti 10 mlrd so‘m bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamg‘armasi tashkil etiladi

    23.10.2020, 06:54

    O‘zbekistonda avariya sabab uzilib qolgan Turkmaniston elektr energiyasining importi tiklandi

    23.10.2020, 06:38

    O‘zbekiston OTMlari talabalariga kontrakt pulini to‘rtga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi

    23.10.2020, 06:21

    Uzbekistan Airways 2–3-noyabr kunlari Toshkent—Tokio—Toshkent yo‘nalishida qatnovni amalga oshiradi

    23.10.2020, 06:05

    G‘uzor hokimi aholiga 55 ming so‘mdan go‘sht yetkazib bermoqchi bo‘lgan tadbirkorga narxni yanada arzonlashtirishni taklif qildi

    22.10.2020, 23:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.