Xitoyning Xebey viloyatidan Toshkentga 25-oktabr kuni birinchi muntazam xalqaro Gaoi–Xorgos–Toshkent yuk poyezdi yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Xitoyning “Jenmin jibao” nashriga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: “Dunyo” AA

Poyezd Shitszyachjun shahrida joylashgan, “Ibo” xoldingga tegishli “aqlli” portdan 12-oktabrda jo‘nagan.

50 ta vagondan iborat poyezd Toshkentga umumiy qiymati 30 million yuanni tashkil qiluvchi yukni, jumladan, tibbiy vositalar, velosipedlar, avtomobil ehtiyot qismlari, sanoat qurilmalari uchun detallarni keltiradi.

Endilikda Shitszyachjundagi portdan har oy Xitoy–Yevropa (Markaziy Osiyo) yo‘nalishida kamida 12 ta poyezd jo‘natiladi.

Xitoy provinsiyasidan muntazam reyslarning yo‘lga qo‘yilishi Yevropa va Osiyoga Xebeyda ishlab chiqarilgan tovarlar yetkazilishi hajmini oshirishga imkon beradi.