Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida Syao Lyu ismli yigit uchrashuvga chiqqan qizi restoranga 23 nafar qarindoshini olib kelganini ko‘rib, qochib ketdi. Mehmonlar hisobni yigit to‘laydi deb o‘ylab, eng qimmat taomlarni buyurtma qilgan. Bu haqda mahalliy nashrlardan biriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
29 yoshli Syao Lyu muntazam ravishda ishi ko‘pligidan o‘ziga qiz topa olmagan. Uning onasi bundan xavotirga tushib, sovchidan ko‘r-ko‘rona uchrashuv tashkillashtirishni so‘ragan.
Yigit restorandagi uchrashuvda o‘zi va uchrashuvga chiqqan qiz uchun hisobni to‘lashga va’da bergan. Biroq u qiz “bir guruh yordam kuchlari” bilan kelishini kutmagan. Bir nechta stolni egallagan qizning qarindoshlari 20 ming yuanlik (3 ming dollar) taom buyurtma qilgan.
Syao Lyu “pand yeganini” tushungan zahoti, restorandan qochib ketgan. Qiz unga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagan, shu sababli hashamatli kechki ovqatni qarindoshlarning o‘zi to‘lashga majbur bo‘lgan.
Keyinroq aloqaga chiqqan xitoylik yigit pullarning bir qismini — 600 dollarga yaqinini berishni va’da qilgan. Ta’kidlanishicha, qizning qarindoshlari yosh yigitning bu kabi xatti-harakatidan juda qattiq norozi bo‘lib, uni qurumsoq deb atagan.
Izoh (0)