Toshkentdagi “Baxt” ko‘lining hududida Lake City “ko‘l shahri” qurilmoqda. Bu haqda YouTube’dagi “SherdorTV” kanaliga tayanib, Spot xabar berdi.
Loyihani amalga oshirish bilan MJ Developers kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Kompaniyaning strategik maslahatchisi Ankit Jalanning so‘zlariga ko‘ra, majmua hududi 100 gektarga teng va u mamlakatda suv havzasi atrofida qurilgan ilk loyiha hisoblanadi.
“Barcha obyektlar, barcha ko‘ngilochar maskanlar suv atrofida joylashadi. Loyiha, shuningdek, eng katta akvaparkni o‘z ichiga oladi”, — deydi u.
Loyiha doirasida plyajga ega sun’iy ko‘l yaratiladi. Jalanning aytishicha, unga barcha tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Ko‘l o‘rtasiga xuddi Las-Vegas va Dubaydagi kabi fontan o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bir nechta sun’iy orolchalar ham bo‘ladi.
Bundan tashqari, obyekt hududidan ko‘p qavatli turar joy binolari va villalar, golf maydonchasi, do‘konlarga ega bulvar va boshqa turli maskanlar o‘rin oladi.
Sujetda ta’kidlanishicha, mazkur loyiha 500 million dollarga baholangan bo‘lib, bir necha yil davomida uni to‘liq qurib bitkazish rejalashtirilmoqda, biroq ilk obyektlar yaqin oylar ichida tayyor bo‘ladi.
Mavzuga doir: “Daryo bo‘yi Biznes siti” loyihasi hududni qay tarzda o‘zgartiradi? Loyiha mualliflari bilan suhbat (video)
Izoh (0)