• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda ota-bolani o‘ldirib, uyni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi

    Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ota-bola o‘ldirib ketildi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz” Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 8-oktabr kuni Paxtachi tuman “Qarnobota” mahallasida istiqomat qiluvchi S.P. (1975-yilda tug‘ilgan, tadbirkor) va uning 19 yashar o‘g‘li S.O‘.ning jasadi o‘z xonadonida qotillik alomatlari bilan topilgan.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “i” (ikki yoki undan ortiq shaxsni tamagirlik niyatida qasddan o‘ldirish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

    Qotillik yuz bergan xonadon ko‘zdan kechirilganda 48 million so‘m, 1400 AQSh dollari, 2 dona uzuk, 3 juft sirg‘a, 1 dona zanjir kabi taqinchoqlar hamda 1 dona Redmi rusumli uyali telefon apparatini talon-toroj qilingani ham aniqlangan.

    Tergov va tezkor qidiruv tadbirlarining oltinchi kuni (2020-yil 14-oktabr kuni) fojia yuz bergan uyga qo‘shni bo‘lgan xonadonning tomidan 1 dona Redmi rusumli uyali aloqa telefon apparati topiladi. Yaxshigina shikast yetgan mazkur telefon apparati marhumlarning biriga tegishli ekani oydinlashgach, ashyoviy dalil tariqasida olinadi.

    Telefon apparati sudga oid daktiloskopiya ekspertizasidan o‘tkazilganda unda fuqaro O. O.ning (1976-yilda tug‘ilgan, ikki nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz) barmoq izlari mavjudligini tasdiqladi. Shundan so‘ng ushbu ashyoviy dalil topilgan hududdagi xonadonlarning tom qismlari ko‘zdan kechiriladi va yana bir qo‘shnining tandirxonasi tomidan qon dog‘lari va soch tolalari mavjud bo‘lgan temir bolg‘a topilib, u ham ashyoviy dalil tariqasida olindi.

    Voqealar rivojida asosiy gumon fuqaro O.O.ga tushgach, uning uyda tintuv o‘tkaziladi. Mazkur jarayonda marhumlarning xonadonidan olib chiqib ketilgan 2 dona tilla uzuk, 3 juft sirg‘a, 1 dona zanjir, 29 million 900 ming so‘m pul, shuningdek, qon dog‘lari mavjud bo‘lgan (O.O.ga tegishli) shim, kurtka, oyoq kiyimi, uyning tandirxonasi tomidagi shifer ostidan 1000 AQSh dollari topiladi.

    Topilgan moddiy qiymatliklar marhumning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatilganda ular o‘zlariniki ekanini tasdiqlaydi.

    Fuqaro O.O. aybiga iqror bo‘lgan. Uning tan olishicha, u qo‘shnisi S.P.ni o‘ldirib, pul mablag‘larini qo‘lga kiritish va shu tariqa boshqalardan bo‘lgan qarzlaridan qutulish uchun 2020-yil 8-oktabr kuni kechasi temir bolg‘a bilan qurollanib, xonadonga bostirib kiradi va xonadon egasi S.P. va uning o‘g‘lini bolg‘a bilan bosh qismiga urib qasddan o‘ldiradi.

    Voqea joyidan yashirinish paytida esa marhumga tegishli telefon va temir bolg‘ani yaqin atrofdagi uylar tomiga uloqtirib yuboradi.

    Ayni paytda O.O. hibsga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Avvalroq Samarqandda akasini o‘ldirgandan so‘ng jasadini bo‘laklarga bo‘lib, kanalga oqizib yuborgan uka, Namanganda ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish uchun sevgan qiziga pichoq urib o‘ldirib qo‘ygan yigit va Jizzaxda 18 yoshli qizning qotili olti yildan so‘ng qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.

    22.10.2020, 10:10   Izoh (0)   28355
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda shifokor qabuliga elektron tarzda ro‘yxatga yozilish tizimi ishga tushirildi

    22.10.2020, 09:58

    Andijonda 6 oylik oziq-ovqat zaxirasini yaratish uchun xorijdan 9,5 tonna kartoshka olib kelinadi

    22.10.2020, 09:51

    Toshkentdagi “Baxt” ko‘li hududida Lake City qurilmoqda (foto, video)

    22.10.2020, 09:46

    O‘zbekiston to‘qqiz oy ichida 5,8 mlrd dollarlik oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

    22.10.2020, 09:23

    Zangiotada yashovchi 35 yoshli erkakka tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi

    22.10.2020, 09:10

    Sirdaryo va Qashqadaryoda haydovchilarning telefonlarini olib qo‘ygan YPX inspektorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

    22.10.2020, 08:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.