Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

London markazidagi chorrahalarning birida ikkita Ferrari modeli — 458 Spider va 812 Superfast, shuningdek, BMW M6 Gran Coupe ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avariya oqibatida avtomobillarning barchasiga jiddiy zarar yetgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Britaniya politsiyasi avariya nima sababdan yuzaga kelganini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Ferrari 458 Spider haydovchisi yo‘ldan chalg‘ib ketgan va svetoforning qizil chirog‘ini ko‘rmay qolgan. Natijada e’tiborsiz Ferrari 812 qora sportkari yashil chiroq yonishini kutib turgan BMW M6 Gran Coupe’ga urilgan.

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

YTH oqibatida avtomobillarning barchasiga shikast yetgan. Eng katta zararni YTHning taxminiy aybdori ko‘rgan. To‘qnashuvda Spider’ning kapoti pachoqlangan. Superkarning old bamperi qisman tushib ketgan, old chap g‘ildiragi esa qiyshaygan. Avtomobil salonidagi yon xavfsizlik yostiqchasi ishlab ketgan.

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Ferrari 812’ning esa orqa bamberi, chap qanoti, shuningdek, gaz chiqarish tizimi detallari shikastlangan. Superkarning tashqi elementlarini yaratishda ugleplastik materiallaridan foydalanilgani sabab avtomobilni qayta ta’mirlashga yaxshigina mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. BMW M6’ning orqa o‘ng g‘ildiragi va qanotiga zarar yetgan. Avtomobillarning barchasi YTH joyidan evakuatorda olib ketilgan.

Avvalroq ispaniyalik erkak do‘stining 235 ming yevrolik Lamborghini’sini urib pachoq qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Foto: Instagram / Freddie Atkins

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)