Ispaniya pandemiya davrida koronavirusga chalinganlar soni bir million kishidan oshgan Yevropa ittifoqidagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1 005 295 kishiga yetgan. Ispaniya COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari ro‘yxatida oltinchi o‘rinda turibdi.
So‘nggi 24 soat ichida Ispaniyada 16973 kishida koronavirus aniqlangan, 156 kishi kasallik qurboniga aylangan. Pandemiya davrida Ispaniyada koronavirus asoratlari oqibatida 34,3 ming kishi vafot etgan.
Izoh (0)