Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlari ortda qoldi. UEFA haftaning eng chiroyli goliga da’vogarlar ro‘yxatini ma’lum qildi.

Foto: UEFA

Da’vogarlar ro‘yxatiga to‘rtta gol kiritildi. Ular bilan tanishing:

  • Luka Modrich (“Real”) — “Shaxtyor”ga qarshi o‘yindagi (2:3) gol;
  • Korentin Tolisso (“Bavariya”) — “Atletiko”ga qarshi o‘yindagi (4:0) gol;
  • Kristian Ramires (“Krasnodar”) — “Renn”ga qarshi o‘yindagi (1:1);
  • Alexandro Gomes (“Atalanta”) — “Midtyullann”ga qarshi uchrashuvdagi (4:0) gol.

Ayni damda UEFA rasmiy saytida so‘rovnoma davom etmoqda. Uning natijalari 23-oktabr, juma kuni e’lon qilinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!