• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gannibalning oxirgi mag‘lubiyati. Zama jangi tarixi

    Gаnnibal armiyasining mag‘lubiyati bilan yakunlangan Ikkinchi Pun urushining so‘nggi hal qiluvchi jangi bo‘lmish Zama yaqinidagi jang miloddan avvalgi 202-yilning aynan bugungi sanasi – 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. “Daryo” ikkala tomondan urushga kirgan jami 70 ming kishining hayotini o‘zgartirib yuborgan mazkur urush va uning tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Zama jangining sodir bo‘lish sanasi tarixchilar o‘rtasida hozirgacha munozaralarga sabab bo‘ladi: kimdir voqeani bahorda sodir bo‘lgan desa, yana kimdir kuzda deya qayd etadi. Omon qolganlar bergan guvohliklar orasida nafaqat jang kuni, balki u sodir bo‘lgan yil mavsumi haqida ham aniq ma’lumotlar yo‘q.

    Bizda urushning aniq sanasini aniqlash uchun Rim konsuli Dion Kassiusning vizantiyalik tarixchi Zonar tomonidan yozilgan hikoyalarida saqlanib qolgan voqea sodir bo‘lgan paytda to‘liq quyosh tutilishi ro‘y bergani haqidagi so‘zlari bor xolos.

    “Gannibal jang qilishni xohlamadi, lekin tun bo‘yi lager qurish va quduq qazish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Ular charchoq va chanqoq tufayli qiyin ahvolda qolgan bo‘lsa-da, Ssipion ularni o‘z xohishlariga qarshi jangga kirishga majbur qildi. Rimliklar ishtiyoq bilan va tartibli zarbalar berar edi. Gannibal va karfagenliklar esa quyosh tutilishi va boshqa bir qancha omillar sabab esankirab qoldi”.

    NASA’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘sha yili Afrikada sodir bo‘lgan yagona Quyosh tutilishi miloddan avvalgi 202-yil 19-oktabrga to‘g‘ri keldi. Ammo hozirgi Tunis hududida uning uchdan bir qismigina kuzatilgani ta’kidlanadi.

    Urush qanday sodir bo‘ldi?

    Rim Karfagenga qarshi kurashish uchun o‘zining barcha harbiy, siyosiy va diplomatik kuchlarini bir yerga to‘pladi.  Respublikaning an’analaridan farqli o‘laroq, armiya qamoqdan ozod qilingan mahbuslar va davlat hisobidan ozod qilingan qullar bilan to‘ldirildi.  Rim qo‘shinlari qo‘mondoni, konsul Ssipion strategik tashabbusni Karfagen armiyasidan tortib olish uchun Senatga urushlarni Afrikaga ko‘chirishni taklif qildi.

    Miloddan avvalgi 204-yilda Ssipionning o‘zining 30 ming kishilik qo‘shini bilan Utika yaqinidagi Afrika qirg‘og‘iga tushdi. Bu yerda Karfagenning ittifoqchilari bo‘lgan numidiyaliklar rimliklarga qarshi chiqdi. Ammo Ssipion Numidiya yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan foydalanib, ulardan biri Sifaksni mag‘lubiyatga uchratdi va hokimiyatni uning raqibi Massinissaga topshirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Massinissa Rimning ittifoqchisiga aylandi va buning ortidan Ssipion O‘rta dengizdagi eng yaxshi yengil kavaleriyalarga ega bo‘ldi. Numidiyaliklar tabiatan tug‘ma chavandoz bo‘lib, ularning otlari jilovga emas, balki xo‘jayinning ovoziga va nayzaning yo‘nalishiga muvofiq harakat qilgan edi. Zama jangida ular Rim tarafida ham, Karfagen tomonida ham jang qildi. Poytaxtga tahdidlar bo‘lgani sababli Karfagen Senati Gannibalni darhol Italiyadan chaqirib oldi.

    Kuchlar nisbati qanday edi?

    Xo‘sh, Zama jangida tomonlardan jami qancha qo‘shin qatnashdi? Rim armiyasida 20 ming piyoda askar va 10 ming otliq, Karfagen armiyasida 35 ming piyoda askar, uch ming otliq va 80 fil bor edi. Urush fillari, aslida, dahshatli kuch edi, ammo ular yaqindagina Markaziy va Shimoliy-G‘arbiy Afrikadan olib kelingan va hali jang uchun maxsus tayyorlanmagandi.

    Shunday qilib, ikkala tomonning hech birida mutlaq ustunlik yo‘q edi: rimliklar otliq qo‘shin hisobida, karfagenliklar esa piyoda askarlarda ustunlikka ega edi. Kuchlar muvozanati Kann jangidagiga o‘xshab ketardi.

    Otliqlar qanotlarda saf tortdi.  Rim qo‘shinining o‘ng qanotida turgan Massinissaning Numidian otliqlari, ayniqsa, kuchli edi.  Numidiyaliklar aql bovar qilmas tezlik bilan jang qilish san’atini egallagan edi. Ular karfagenliklarga har tomonlama zarba berib, ularni oxiri ko‘rinmaydigan o‘qlar yomg‘iri ostida qoldirdi.

    Karfagenliklar fillar va piyoda askarlarni oldingi safga joylashtirdi, ikkinchi qator birinchisidan 200 metr orqada joylashgan edi. Gannibal Rim otliq qo‘shinlarini jang maydonidan chalg‘itishga qaror qildi va Rim piyodalarini o‘rab oldi.

    Jangning borishi

    Karfagenliklar jangni markazda fillar bilan bir vaqtda otliq askarlar hujumi bilan boshladi.  Kuch jihatidan ustunlikka ega bo‘lgan Rim otliqlari Karfagen otliqlarini chekinishga majbur qildi va ularni ta’qib qilib, jang maydonidan uzoqlashdi.

    Jangda fillarning ishtirok etishi samarasiz bo‘ldi. Fillarning hujumini ko‘rgan Rim piyoda askarlari Ssipioning reja qilganidek, o‘z saflarini buzib, har tomonga tarqalib fillarning erkin harakatlanishi uchun maydon hozirladi. Natijada, fillarning hujumi rimliklarga u qadar kuchli talafot yetkazmadi. Oldinga harakat qilayotgan fillarni, rejalashtirilganidek, kamonchilar bo‘linmasining olovli o‘qlari kutib oldi, bu esa jonivorlarni kuchli sarosimaga solib qo‘ydi. O‘girilib orqaga yugurgan fillar o‘z qo‘shinlariga jiddiy zarar yetkazdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Gannibal fillar bilan sodir bo‘lgan rejadan tashqari holatga qaramay, hujumni markazda piyoda askarlari bilan davom ettirdi. Iberiya yollanma askarlari, shuningdek, Karfagen fuqarolari va ittifoqdosh makedoniyaliklar hujumga o‘tdi. Rim piyodalari Karfagen jangchilarning birinchi safiga hujum qilib, ularni orqaga qaytardi, ammo o‘sha paytda Gannibal armiyasining o‘z vaqtida yetib kelgan ikkinchi, kuchliroq safi jangga kirdi va kuchlar nisbati o‘zgardi.

    Shu bilan birga, Gannibal o‘zi bilan o‘n besh yil davomida Italiyada jang qilgan faxriylardan tashkil topgan uchinchi, eng kuchli tarkib bilan dushman qanotlarini yakson qilishga kirishdi. Gannibal ushbu jang texnikasini ko‘plab janglarda qo‘llagan, tanlab olingan piyoda qo‘shinlarining oldinga harakatlanishi va dushman qanotlarini o‘rab olishi rejasi har doim uning muvaffaqiyatini ta’minlagan edi.

    Ammo Ssipion ham deyarli bir vaqtning o‘zida shunga o‘xshash harakatni amalga oshirdi, ya’ni o‘zining sara qo‘shinini qanotlarda ilgari surdi. Shiddatli va ayovsiz jang boshlandi, unda turli manbalarga ko‘ra, bir tomondan, shaxsan Gannibalning o‘zi, ikkinchi tomondan, Ssipion o‘z qo‘shinlariga boshchilik qilgan edi.

    Yon qanotlarda kechgan jang taxminan ikki soat davom etdi va markazdagi jang jarayoni uning davom etishiga to‘sqinlik qildi: bu yerda karfagenliklar Rim qo‘shinlarining qarshiligini sindirib, orqaga chekinishga majbur qildi.  Natijada, rimliklarning markaziy qanoti 2–3 kilometr orqaga chekindi.  Armiyani ikkiga bo‘linib ketishdan saqlash uchun Ssipion markazdagi holatni barqarorlashtirish uchun o‘z qo‘shinlarini qanotlardan olib chiqishga buyruq berdi. Yuzaga kelgan qulay vaziyat, ya’ni vaqtdan foydalanib Gannibal qo‘shinlarga biroz tin berdi va yangi kuch bilan rimliklarga qayta tashlandi.

    Karfagenliklarning son jihatdan ustunligini hisobga olganda, rimliklarning jangda mag‘lub bo‘lishlari aniq edi, ammo o‘sha paytda dushmanni ta’qib qilib ketgan yuqorida aytib o‘tilgan Rim otliq qo‘shinlari Karfagen otliqlarini mag‘lub etib, jang maydoniga qaytib keldi. Rimliklar tezda jang maydoniga yuzlandi va kutilmaganda karfagenliklarning orqa tomoniga zarba berdi. Gannibal armiyasining orqa chiziqlari taxminan bir soatcha vaqt davomida ko‘rsatilgan qarshilikdan so‘ng qurshovga dosh berolmay tartibsizlik bilan qochishni boshladi va shu tarzda jang tartibi o‘zgarib ketdi.

    Yakun

    Endi Gannibalning mag‘lubiyatga uchrashi tayin bo‘lib qoldi. Karfagenliklar bu paytga kelib allaqachon taxminan 10–25 ming jangchi, 8,5–20 ming mahbus, 132 otliq va 11 ta filini yo‘qotgan edi.  Gannibalning o‘zi so‘nggi daqiqadagina jang maydonini tark etib, o‘limdan qochib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Rimliklar tomonidan taxminan 1,5–6 ming odam halok bo‘ldi.

    Zama jangi Ikkinchi Puni urushlaridagi so‘nggi jang bo‘lib, undagi mag‘lubiyat sabab Karfagen, nihoyat, urushda yutqazdi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    20.10.2020, 10:11   Izoh (0)   75356
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dubay hukumati qaytish uchun chipta olmagan sayyohlarning amirlik hududiga kirishini taqiqladi

    20.10.2020, 09:35

    Moskva viloyatida 21-oktabrdan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi, muzeylar yopiladi

    20.10.2020, 08:57

    Eron yana qurol sotish bilan shug‘ullanadi

    20.10.2020, 08:33

    Eronda koronavirus oqibatida yuzaga kelgan o‘limlar bo‘yicha kunlik antirekord o‘rnatildi

    20.10.2020, 07:40

    Sloveniya epidemiya boshlanganini e’lon qildi, Uelsda qat’iy lokdaun qayta boshlandi

    20.10.2020, 07:11

    Ispaniyada birinchi marta alohida hudud pandemiya sababli to‘liq yopiladi

    20.10.2020, 06:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.