• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yuz yillik urushning eng so‘nggi bosqichi. Bordo qamali tarixi

    1453-yil 19-oktabr kuni Fransiya qiroli Karl VII ikki oydan ortiq davom etgan qamaldan so‘ng, Bordo shahriga kirdi va hududdagi Angliya hukmronligiga barham berdi. Bordo qamali 1337–1453-yillarda yuz bergan Fransiya va Angliya o‘rtasidagi yuz yillik urushning eng so‘nggi fazasiga kiruvchi janglardan biri bo‘lib, “Daryo” bugungi maqolada mazkur jarayon haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yuz yillik urush

    Fransiya va Angliya qirolliklari o‘rtasida 1337-yildan 1453-yilgacha bo‘lgan davrda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuvlar XIX asr tarixchiligida Yuz yillik urush nomi ostida berilishni boshlagan edi. Bugungi kunda ham tarixchilikda shu nom qo‘llanadi. Ikki qirollik o‘rtasidagi urush boshlanishiga quyidagi uch asosiy omilni sabab qilib ko‘rsatiladi :
    • O‘rta asrlar Yevropasidagi katta tushkunlik davri;
    • Plantagentlar va kapetinglar sulolalari o‘rtasidagi Giyen viloyati hududida hukmronlik uchun olib borilgan kurashlar;
    • 1328-yilda Karl IV vafotidan keyin bo‘shab qolgan Fransiya taxti vorisligi uchun kurash
    Urush bir nechta fazalarni o‘z ichiga oldi. Angliya urushning dastlabki bosqichlarida ko‘plab g‘alabalarga erishdi. Fransiya esa 1364-yilga kelibgina ustunlikni qo‘lga ola boshladi. 1378-yilga kelib, inglizlar Fransiya hududidagi bir nechta shaharlarnigina o‘z qo‘lida saqlab qola oldi xolos.

    1380-yildan boshlab iqtisodiy inqiroz va ikki davlatda boshlangan fuqarolar urushi sababli urushda tanaffus bo‘ldi. Inqirozdan birinchi bo‘lib Angliya chiqib keta oldi va qirol Genri V Fransiya qiroli Karl VI ning ruhiy xastaligidan va mamlakatda davom etayotgan burginyonlar va armanyaklar o‘rtasidagi fuqarolar urushidan foydalanib yana harbiy harakatlarni tikladi.

    Burginyonlar bilan ittifoq tuzib, 1420-yilgi Trua shartnomasiga muvofiq Fransiya taxtini o‘g‘li Genri VI ga olib berdi. Shunday sharoitda Fransiyada milliy g‘ururning uyg‘onishi va iqtisodiy yangi shart-sharoitlar inglizlarning Fransiyadagi mavjudliklariga soya sola boshladi. 1429-yilgi Janna d’Ark qahramonliklari fransuzlarni ruhlantirib yubordi va Karl VII ning legitimligi borasidagi shubhalarni yo‘qqa chiqardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Karl VII 1435-yilda Burgundiya grafi bilan tinchlik shartnomasi imzoladi va 1436-yilda Parij inglizlardan tortib olindi. Shu davrdan boshlab inglizlar chekina boshladi va 1453-yilda urush tugaganda ular faqatgina Kale portini o‘zlarida saqlab qola oldi. 1558-yilda Kale porti ham qaytarib olingach, inglizlarning Fransiyadagi mavjudligiga barham berildi.

    Bordo qamali

    1451-yil 29-iyun kuni Bordo shahri Karl VII tomonidan egallangan edi. Ammo bir yildan keyin Lord Talbot tomonidan qaytarib olingan edi. 1453-yil 17-iyul kuni fransuzlar Kastiyon jangida g‘alaba qozondi. Bu orqali ular Bordoga boradigan yo‘lni o‘zlari uchun ochgan bo‘ldi. Kastiyon shahrining qo‘lga kiritilishi ortidan atrofdagi Sent Emilion, Liburn, Fronsak, Burg, Bley kabi shaharlar ham egallandi. Bordo esa shu tariqa o‘rab olingan edi.

    13-avgust kuni qirol Karl VII qamalni boshqarish uchun Ambes burniga yetib keldi. Bordo shahri uch qavatli devor bilan o‘ralgan bo‘lib, yigirmadan ortiq minoralari bor edi. Shaharni himoya qilish uchun hozir bo‘lgan sakkiz ming odam ikki oy mobaynida qarshilik qildi. Yon atrofdagi qal’alarning mag‘lubiyati bordoliklarning ruhiyatini tushirib yubordi. Shuningdek, shaharlik boy savdogarlar o‘z mol-mulklaridan ayrilib qolishdan qo‘rqdi. Karl VII ga qo‘shimcha 15 ta golland harbiy kemasi yordamga yetib keldi.

    Shunday sharoitda 9-oktabr kuni qirol va bordolik 9 nafar yuqori martabali shaxslar o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi. Shartnomaga muvofiq Bordo qirolga 100 ming ekyu (tanga) to‘lashi va fransuz asirlarni ozod qilishi belgilab qo‘yildi.

    Shahardan inglizlar chiqib ketdi va 19-oktabr kuni qirol Karl VII shaharga kirib bordi. Shahar boshqaruvi mahalliy aholiga berilishi va’da etilgan bo‘lsa-da, mer tayinlash qirolning huquqi edi. Shahar boshqaruv kengashini ham qirolning o‘zi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi. Vino eksportiga soliq yuklandi. Bu tonnasiga 25 sent degani edi. Shaharning fransuzlar tomonidan egallanishi va uning ahamiyatining pasayishi ko‘plab burjuaziya vakillari va ziyolilarning Angliyaga ko‘chib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa Bordo shahri Fransiya qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    19.10.2020, 11:58   Izoh (0)   43617
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bahrayn va Isroil rasman diplomatik aloqalar o‘rnatdi

    19.10.2020, 11:10

    Pokistonda yo‘lovchi avtobusi ko‘chki ostida qolishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

    19.10.2020, 10:56

    Makkadagi Al-Harom masjidi namoz uchun ochildi

    19.10.2020, 10:11

    Kremniy vodiysi xodimlarining qariyb 70 foizi masofaviy ishlashdan charchaganini ma’lum qildi

    19.10.2020, 09:56

    Slovakiyada ommaviy ravishda COVID-19’ga test olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

    18.10.2020, 23:55

    AQSh elchixonasi Ukrainaning Rossiya vaksinasini sotib olishdan bosh tortganini xabar qildi

    18.10.2020, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.