• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Endi qo‘lqop majburiy, “populist”lar va baqiroq boshliqlar

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Alisher Usmonov o‘zbekistonliklar rus tilini yaxshiroq egallashiga ko‘maklashmoqchi. Asli o‘zbekistonlik milliarder O‘zXTV va Rossiya maorif vazirligi hamkorligida rus tili va umumiy fanlarini rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Zo‘r!” (“Klass”) loyihasini boshlamoqda. Rossiyalik mutaxassislar o‘zbek maktablarida rus tili o‘qitilishini takomillashtirishga yordamlashadi.

    “Zo‘r!” loyihasining ilk bosqichida 32 nafar rus uslubchisi mahalliy maktablarda rus tilini bilishni nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. 2021-yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis keladi. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi.

    Alisher Usmonov bu loyihaga 5 million dollar ajratdi. Loyiha doirasida 2030-yilgacha 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchi malakasi oshiriladi.

    * * *

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va UzAuto Motors o‘rtasidagi tortishuv bu hafta ham davom etdi. Hafta boshida UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tavsiyalarini “bankrotlikka olib keluvchi” deb atab, antimonopolchilarni noprofessionallikda aybladi. Mojaroga bosh vazir Abdulla Aripov aralashdi. U 12-oktabr kuni o‘tkazgan yig‘ilishida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipovni tanqid qildi va qo‘mitaning UzAuto Motors kompaniyasiga qarshi harakatlarini populistik deb atadi. Ammo bu munosabat blogerlar orasida teskari natija berdi: ularning bari o‘zini populist deb nomlab oldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    MQKQ va UzAuto Motors o‘rtasidagi sud achchiq ichakdek cho‘zilishda davom etmoqda. 16-oktabr kuni Toshkent shahar ma’muriy sudida UzAuto Motors AJning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020-yil 19-avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni davom ettirildi.

    * * *

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. Ushbu kengashning boshqa a’zolari Boliviya, Xitoy, Kot-d’Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya, Senegal, Ukraina va Buyuk Britaniyadir. BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a’zodir. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

    Ammo AQSh, asosan, inson huquqlari borasida oqsaydigan davlatlar kengashga saylanganini tanqid qildi. Donald Tramp AQSh bu tuzilmadan chiqib ketishini aytdi.

    * * *

    Qur’oni Karim ma’nolarining o‘zbekcha izohli tarjimasini tayyorlagan ulamoyi kirom Shayx Alouddin Mansur 13-oktabr kuni vafot etdi. Asli o‘shlik bo‘lgan olim 68 yoshda edi. Mustaqillik arafalarida uning tarjimasi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari boshqarmasi o‘tkazgan tanlovda eng yaxshi deb topilgan. Kitob 1991—1993-yillarda avval “Sharq yulduzi” jurnalida, keyin “G‘afur G‘ulom” va “Cho‘lpon” nashriyotlarida million nusxada bosilgan.

    Alouddin Mansur.

    Alouddin Mansur.
    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    Bu hafta, shuningdek, taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudov ham dunyodan o‘tdi. Evril Turon taxallusi bilan yozgan adib 79 yoshda edi. U sobiq SSSR davridanoq O‘zbekiston mustaqilligini oldinga surgani uchun ta’qibga olingan ziyolilardan sanaladi. Mustaqillik davrida esa turli ayblar bilan 17 yillik hibsni boshidan kechirgan. Mamadali Mahmudovning “Bog‘don qashqiri”, “Tumanli kunlar”, “O‘lmas qoyalar”, “Qora do‘lana” kabi kitoblari nashr qilingan. Xorijda “Bo‘z bo‘ri”, “Oq gul” va “Oy nuri” romanlari chop etilgan.

    * * *

    Transport vazirligi yo‘lovchilar uchun paradoksal yangilik joriy qildi. Endi Toshkentdagi jamoat transportida yuruvchilar niqobdan tashqari qo‘lqop ham taqishi majburiy bo‘ldi. Bu “infeksiya tarqalishining oldini olish chorasi” deb atalmoqda. Qo‘lqop virusdan himoyalashi haqida tadqiqot xulosalari keltirilmagan. Jamoat transportida qo‘lqop taqib virusdan himoyalanish haqida dunyo tajribasi indagani yo‘q.

    Foto: “Novosti Uzbekistana”

    “Transport vazirligining bunaqa qaror qabul qilishga vakolati bormi o‘zi? Fuqarolarga yana qo‘shimcha xarajat qildiradigan majburiy talabni qo‘yishga kim ularga huquq berdi? Yoki tekin qo‘lqop tarqatishadimi hamma yo‘lovchilarga?” – deb yozmoqda Xushnudbek Xudoyberdiyev.

    Yo‘lovchilarning qo‘lqop taqqan-taqmaganini maxsus ishchi guruh nazorat qilib boradi.

    * * *

    Hokimliklar va vazirliklar sotib olayotgan qimmatbaho avtomobillar mavzusini ham dayjestimizga qo‘shdik. Yaqindagina Parkent hokimi o‘zining yaqiniga qarashli firmadan Captiva xarid qilgani shov-shuv bo‘lgach, bu mavzuga diqqat qaratuvchilar ko‘payib ketdi. Zotan, davlat tashkilotlarining har bir xaridini jamoatchilik kuzatib borishi yaxshi odatdir.

    Namangan viloyati hokimligi budjet mablag‘lari hisobidan shu yilning iyul oyida 1 milliard 579 million so‘mga Touota LC200 avtomobilini hamda sentabr oyida qariyb 400 million so‘mga Trailblazer LTZ AT rusumli avtomobil xarid qilgan. Yaqindagina koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan inqiroz tufayli budjet xarajatlari qariyb 2 trillion so‘mga qisqartirilgan edi, barcha bo‘g‘indagi davlat idoralariga xarajatlarni qisqartirish topshirig‘i berilgan edi, deb yozmoqda @davletovuz Telegram-kanali.

    Militsiya ham qimmatbaho mashinalar xarid qilishda ilg‘or. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2020-yilning avgust — oktabr oylarida 28,3 milliard so‘mlik transport vositalari xarid qilgan:

    1. Malibu-2 MALBDB2TL (LTZ) — 3 ta (1; 2; 3);
    2. Malibu-2 MALBDB2TL (2 pozitsiya, turbo) — 14 ta (1; 2);
    3. Equinox-AT — 30 ta (1; 2);
    4. Cobalt GS/16MTB — 40 ta (1; 2);
    5. Lacetti L-Comfort Plus — 26 ta (1; 2);
    6. Lacetti L-Elegant/AT Plus — ikkita (1; 2);
    7. JAC pikapi — ikkita (1);
    8. Avtobus SAZ HC — 14 ta (1);
    9. Volkswagen Caddy (Trendline) — ikkita (1).
    Davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘zingiz ham nazorat qilishingiz mumkin. Buning uchun “Dxarid.uzex.uz” saytiga kiring.

    * * *

    Anchadan beri baqir-chaqirli audiolar chiqarmayotgan rahbarlarimiz bu hafta jonlandi. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratli so‘zlar bilan tanbeh berayotganligi audiosi tarqaldi. Bunga Sherzod Kudbiyev izoh berar ekan, “audioyozuvdagi keskin fikrlar va AlterEgo loyihasiga berilgan intervyu borasida: men rahbar shaxs og‘ir vaziyatlarda ham vazminlik bilan harakat qilishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrimda qat’iy turaman va yuqoridagi holatda o‘zim shu fikrga qarshi harakat qilganimni tan olaman. Yuzaga kelgan vaziyatda mas’uliyatni his qilgan holda men yuqoridagi xodim bilan alohida suhbatlashdim va biz birgalikda yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berdik. Lekin bu meni mas’uliyatdan forig‘ qilmaydi”, deb aytdi.

    Kecha bo‘lsa, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Xadjibayev Zangiotadagi maxsus shifoxona xodimlarini koyigan 50 daqiqali audioyozuv tarqaldi. Xadjibayev bemorlarga g‘amxo‘rlik qilishga tibbiyotchilardan talab qilar ekan, qattiq iboralar ishlatadi, jumladan, “Ishlatmasdan turib o‘g‘irlaydi... Hammasi o‘g‘ri bularning. Afsuski, bu fakt”, “Sanitarkasiyam ishlamayapti, chunki boshidan sasigan bular”, “Aynan sening iyundan beri olgan pulingni qaytartiraman, seni prokurorga beraman, yozgani uchun, o‘zida ayb sezmagani uchun...” deydi.

    SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev holatni izohlab, “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash nihoyatda jiddiy masala va bu borada qattiqqo‘llik muhim rol o‘ynaydi. Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Mo‘minovichning so‘zlari biroz asabiy va jahl aralashgan tuyulishi mumkin, lekin barchasi asosli e’tirozlar va to‘g‘ri talablar. Har biri bemorlar tezroq sog‘ayishi va xalqimiz manfaati uchun aytilgan. Albatta, yig‘ilishda ta’sirchanlikni oshirish uchun biroz mubolag‘a yoki po‘pisa qilingan bo‘lishi mumkin, lekin buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor...”, dedi.

    Darvoqe, koronavirus mavzusini e’tibordan chetda qoldiribmiz. Chunki yarim yil oldin hammamizni qo‘rquvga solgan koronavirusning o‘zini ba’zida unutib qo‘yyapmiz. Nima bo‘lganda ham gigiyena talablariga rioya qilsangiz kam bo‘lmaysiz. “Daryo”da qoling.

    18.10.2020, 10:59   Izoh (0)   107088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida YPX komandiriga 350 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

    18.10.2020, 08:11

    O‘zbekistonda o‘tgan kuz-qish mavsumida 73 kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan — FVV

    17.10.2020, 22:12

    Namanganda tanishining shaxsiy videosini tarqatmaslik evaziga 100 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    17.10.2020, 21:14

    “Hammasi o‘g‘ri bularning. Afsuski, bu fakt” — SSV o‘rinbosariga oid audio tarqaldi

    17.10.2020, 20:58

    Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, fuqaroni 20 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

    17.10.2020, 20:16

    Navoiyda voyaga yetmagan qizga mashinasini boshqarishga bergan haydovchi YTH oqibatida vafot etdi

    17.10.2020, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.