• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Salor kanali tobora ifloslanib borayotgani ma’lum qilindi

    Respublikada tabiiy yuza suvlar ifloslanishi holati kuzatuvlari “O‘zgidromet”ning ifloslanish monitoringi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Shahar ichidan oqib o‘tadigan yuza suvlarning ifloslanish darajasini aniqlash uchun shahardan yuqori va quyi joylarda kuzatuv punktlari o‘rnatilgan. Kuzatuvlarga ko‘ra, Toshkent viloyatining eng ifloslangan kanallaridan biri Salordir. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

    Foto: “O‘zgidromet”

    Qayd etilishicha, sanoat korxonalari, shuningdek, kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan suv havzalariga tozalanmagan yoki yetarlicha tozalanmagan oqova suvlarning tashlanishi kimyoviy va biologik ifloslanishga olib kelib, suv resurslari ifloslanishining asosiy sababiga aylangan.

    Salor kanali 1902-yilda qurilgan, u Qibray tumanida boshlanadi va Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududi orqali oqib o‘tadi. Dastlab Salor kanali Chirchiq daryosining tabiiy irmog‘i bo‘lib, u qadimdayoq kanalga aylantirilgan. Oxirgi davrlarda kanalning suvi kamayib ketgan.

    Salor partov suvlar va Bo‘zsuv magistral kanalining Toshkent GRESi isitilgan suvlari tushadigan joyning quyidagi uchastkasidan oziqlanadi. Suvning harorati suvo‘tlarning o‘sishi, ortiqcha biomassaning to‘planishi, mikroorganizmlarning ko‘payishi, loyqa bilan to‘lib qolishiga olib kelmoqda. Bu jarayonlar uy joy-maishiy sektordan ifloslanish tufayli kuchaymoqda va o‘z navbatida suvda erigan kislorodning kamayishiga olib kelmoqda.

    Salor kanalining yuqori stvoridagi suv xira, kulrang-yashil rangda, tuprog‘i loy-qumli, balchiqli. Gidrobiologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichilarga ko‘ra, suvning sifati III sinf (o‘rtacha ifloslangan suvlar)ga mos keladi, ekologik holati qoniqarli. Salor kanalining quyi stvorlarida suv Toshkent va Yangiyo‘l shaharlarining organik sanoat va xo‘jalik-maishiy oqimlari bilan ifloslangan.

    Suvning rangi qora, muallaq balchiq zarralari yoki bakterial shilliq tufayli xira, o‘ziga xos hidli, tuprog‘ida qalin loyqa qatlamlar mavjud. Ushbu uchastkada suvning biologik tur tarkibi keskin qashshoqlashib, dastlabki daryo biotsenozlarining degradatsiyasi ro‘y bermoqda, o‘rtacha ifloslangan suvlar uchun xos bo‘lgan turlar yo‘qolib, organik moddalar bilan ifloslangan suvlarda yashaydigan va suvda erigan kislorod yetishmovchiligiga bardosh beradigan organizmlar rivojlanmoqda.

    Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan yuqorida joylashgan stvorlarda 5 yil ichida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha ifloslanish dinamikasi

    Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan yuqorida joylashgan stvorlarda 5 yil ichida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha ifloslanish dinamikasi
    Foto: “O‘zgidromet”

    Besh yillik dinamikadan ko‘rinib turganidek, Toshkent shahridan yuqorida joylashgan stvor III — o‘rtacha ifloslangan suvlar sinfiga mansub bo‘lsa, Yangiyo‘l shahridan yuqorida joylashgan stvor 2015, 2018 va 2019-yillarda III, 2016 va 2017-yillarda II — toza suvlar sinfiga mansub bo‘lgan.

    Salor kanalining Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyi qismi gidrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha IV — ifloslangan suvlardan V — ifloslangan suvlargacha o‘zgarib turadi. Ekologik holati — qoniqarsiz va yomon. Gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2020 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, kanalning Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyidagi qismidagi suvlari V iflos suvlar toifasiga mansub, bu yerda fenol, neft mahsulotlari, ammoniyli va nitritli azot, shuningdek, mis birikmalari bo‘yicha ruxsat etilgan konsentratsiyalarning oshib ketgani kuzatilmoqda.

    Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyida joylashgan stvorlarda 5 yil ichida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha ifloslanish dinamikasi

    Toshkent va Yangiyo‘l shaharlaridan quyida joylashgan stvorlarda 5 yil ichida suv ifloslanishi indeksi (SII) bo‘yicha ifloslanish dinamikasi
    Foto: “O‘zgidromet”

    Besh yillik dinamikadan ko‘rinib turganidek, 2015-yildan 2018-yilgacha davrda kanalning Toshkentdan quyi qismida suvlar ifloslangan, 2019 yilda iflos suvlar sinfiga kiritilgan, Yangiyo‘ldan quyi qismida esa 2015-yildan 2019-yilgacha iflos suvlar sinfiga kiritilgan.

    Salor kanalining suvi, albatta, xo‘jalik-maishiy maqsadda yoki cho‘milish uchun yaramaydi. Kanal suvidan daraxtlar va gullarni sug‘orish uchun foydalanish mumkin. Biroq sabzavotlar yoki qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda bu suvdan foydalanish mumkinligi dargumon.

    Salor kanalida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish uchun vaqti-vaqti bilan sanitariya tadbirlarini o‘tkazish, ya’ni kanalni “yuvish” uchun yetarli bo‘lgan suv miqdorini berish kerak.

    Salor poytaxt infratuzilmasining muhim qismi hisoblanadi. U Toshkentda Hayvonot bog‘i, Botanika bog‘i, Ekopark, Mirzo Ulug‘bek nomidagi park va boshqa yerlardan oqib o‘tadi. Oxirgi vaqtda kanalga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, lekin buning o‘zi yetarli emas.

    Mavzuga doir:

    • Kamchatkadagi ekologik inqiroz — suratlarda
    • BMT dunyoda har yili 7 mln odam iflos havo oqibatida vafot etishini ma’lum qildi

    17.10.2020, 09:52   Izoh (0)   16567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors’ni davlat organiga nisbatan axloqiy me’yorlardan chiqmagan holda mulohaza yuritishga chaqirdi

    17.10.2020, 09:10

    Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklar uyushmasi ochildi

    17.10.2020, 08:51

    BAA O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashish uchun yetti tonnalik insonparvarlik yordami jo‘natdi

    17.10.2020, 08:09

    Shavkat Mirziyoyev: “Barcha oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi bo‘lishi kerak, bu davlat siyosatiga aylanishi lozim”

    17.10.2020, 07:08

    Uzbekistan Airports 2019-yilda 4,3 mlrd so‘m zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

    16.10.2020, 23:59

    Toshkentda yo‘lovchilarga jamoat transportidan foydalanganda tibbiy qo‘lqopda bo‘lish majburiy etib belgilandi

    16.10.2020, 23:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.