Endilikda Apple’ning barcha yangi smartfonlari naushnik va quvvatlantirish qurilmasisiz sotilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu iPhone 12 lineykasidagi barcha modellar va hozirda sotuvda qolgan eski iPhone’larga ham taalluqli. Biroq kompaniya Fransiya uchun istisno qilishga to‘g‘ri keldi va ushbu mamlakatda sotiladigan smartfonlar qutisidan naushnik ham o‘rin oladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Ta’kidlanishicha, Fransiyada elektronika vositalarini ishlab chiqaruvchilar qurilma jamlanmasiga naushniklar yoki ovozli aloqa vositalarini solishga majburligini ta’minlovchi qonun mavjud. Chunki 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar smartfonni qulog‘iga yaqinlashtirmasdan gaplasha olishi lozim — bu turli zararli radioto‘lqin nurlanishlaridan himoyalanishga yordam beradi.
Shu sababli Fransiyada sotiladigan barcha iPhone’lar qutisidan simli EarPods naushniklari o‘rin oladi. Biroq kompaniya buni qanday yetkazib berishi noma’lum — Apple o‘zining yangi smartfonlari uchun ixcham quti yaratgan. Taxminlarga ko‘ra, naushniklar alohida aksessuar sifatida taqdim etiladi.
Avvalroq Apple to‘rtta iPhone 12 smartfoni taqdimotini o‘tkazgani, lineykadagi barcha smartfonlar 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: iPhone 12’da keramik oyna paydo bo‘ldi. Bu nima o‘zi?
Izoh (0)