Farg‘ona viloyatida soxta hujjatlar bilan xorijdan BMW avtomashinasini olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida ma’lum qilindi.

Foto: CTV News

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi hamda viloyat chegara posti xodimlari yengil avtomashinani boshqa nom ostida olib kirishga urishni fosh qilishgan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro Tajiyev o‘z boshqaruvidagi avtotransport haqida bojxona xodimlariga taqdim etgan hujjatlarda avtomashinani 1997-yilda ishlab chiqarilgan BMW 520i ekanini ma’lum qilgan.

Ammo belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida mazkur avtomashina va unga tegishli hujjatlar o‘rtasida keskin tafovutlar borligi aniqlangan.

Jumladan, tekshiruv natijasida avtotransport vositasi 1997-yilda emas, 2009-yilda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, avtotransport rusumi ham hujjatlarda ko‘rsatilgandan farq qilishi aniqlangan. Avtomashinaning haqiqiy narxi esa 600 million so‘m ekani qayd etilgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.