Nyu-Yorkdagi Buffalo shahrida istiqomat qiluvchi Devid Mumo ismli erkak Xellouin bayrami yaqinlashayotgani sabab uyining tashqi tomoniga arqondan ulkan shishirma o‘rgimchak harakatlanadigan to‘r yasadi. Konstruksiya sharnirli richagga qotirilgan bo‘lib, uning yordamida o‘rgimchak “o‘z to‘ri” bo‘ylab kuniga bir necha bor tushib chiqadi, deb yozadi TJournal.
UPSTATE NEW YORK:
— Rex Chapman🏇🏼 (@RexChapman) October 13, 2020
For Halloween a guy built an articulating arm controlled by 1 HP motors that move around a gigantic inflatable spider in his yard.
Incredible...https://t.co/71f6GigHWU
Qorong‘i tushganda va qo‘rqinchli filmlardagi musiqalar fonida uy yanada vahimali tus oladi.
And at night! pic.twitter.com/6eq3HunigV
— East Aurora, NY (@EastAuroraNY) October 13, 2020
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Oq uyning janubiy kirish qismi Xellouin bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan kecha sharafiga o‘rgimchak to‘riga burkangandi.