• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sherzod Kudbiyev qo‘l ostidagi xodimni haqorat qilayotgani qayd etilgan audioyozuvga izoh berdi

    O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va qo‘l ostidagi xodimiga haqoratli so‘zlar bilan tanbeh bergani aks etgan audiyozuvga izoh berdi.

    Sherzod Kudbiyev.

    Sherzod Kudbiyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvda qo‘mita rahbari o‘z xodimini berilgan topshiriqni bajarmagani uchun ba’zi haqoratli so‘zlar bilan urishayotganini eshitish mumkin.

    Shuningdek, audioyozuv bilan birga ijtimoiy tarmoqqa joylangan videoda qo‘mita rahbari hech qanday asoslarsiz Davlat soliq qo‘mitasining binosida qayta ta’mirlash ishlarini olib borayotgani aytilgan.

    “Audioyozuvdagi keskin fikrlar va Alter Ego loyihasiga berilgan intervyu borasida: Men rahbar shaxs og‘ir vaziyatlarda ham vazminlik bilan harakat qilishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrimda qat’iy turaman va yuqoridagi holatda o‘zim shu fikrga qarshi harakat qilganimni tan olaman. Yuzaga kelgan vaziyatda mas’uliyatni his qilgan holda men yuqoridagi xodim bilan alohida suhbatlashdim va biz birgalikda yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berdik. Lekin bu meni mas’uliyatdan forig‘ qilmaydi”, — deyiladi Sherzod Kudbiyevning izohida.

    Sherzod Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, binolarni rekonstruksiya qilish va Davlat soliq qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan boshqa tadbirlarning har biri bo‘yicha qonuniy asos mavjud va bu jarayonlar tegishli nazorat organlarining kuzatuvi ostida amalga oshirilmoqda.

    “Videoning tarqalishi borasida quyidagilarni aytib o‘tmoqchiman.

    Hech kimga sir emaski, soliq tizimida islohotlar boshlangan, shu bilan birga, juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgan. Afsus bilan aytish kerakki, haligacha ayrim holatlarda tadbirkorlarga nisbatan ‘sog‘in sigir’ sifatida qarab, ularning hisobidan o‘z xizmat vazifalarini, eng yomoni — ayrim hollarda esa shaxsiy manfaatlarini ko‘zlayotgan shaxslar uchrab turibdi.

    Yuqoridagi videoda aynan shunday holatlar muhokama qilingan edi. Birinchi holatda — tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS summasi o‘z vaqtida qaytarilmagan, ikkinchi holatda — asossiz ravishda hisob-raqam band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgan.

    Masaladan yaqindan xabardor bo‘lganlar yaxshi biladiki, xodimlarning bunday mas’uliyatsiz xatti-harakatlari videoda aytib o‘tilgan ikkala tashkilotning ham faoliyati to‘xtatilishi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelgan edi. Hozirda ushbu korxonalarning faoliyati to‘liq qayta tiklanishiga erishildi.

    Afsuski, bugungi kunda bu kabi masalalarni hal etishda shaxsan mening aralashuvim talab etilmoqda”, — deya ta’kidlagan Sherzod Kudbiyev.

    DSQ raisining ma’lum qilishicha, yaqin kelajakda soliq organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga qasddan yoki tasodifan aralashuv imkoniyatini butunlay yo‘qqa chiqaradigan yangi tizimni ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda. “Bunday yangiliklar kimgadir yoqadi, kimgadir esa yo‘q. Tizimdagi o‘zgarishlarga qarshi bo‘lganlar turli usullar bilan o‘zgarishlarga qarshilik qilishga harakat qiladi”, — deya qo‘shimcha qilgan Kudbiyev.

    “Lekin barcha tushunishi kerakki, biz oldimizga soliq tizimini tadbirkorlarga ko‘mak beradigan tizimga aylantirish bo‘yicha aniq maqsad qo‘yganmiz.

    Bu juda murakkab jarayon bo‘ladi va hamma ham biz bilan bu yo‘lni oxirigacha birga bosib o‘tolmasligi mumkin, kim bilandir xayrlashishga to‘g‘ri keladi, kim bilandir allaqachon xayrlashdik. Lekin bir masalada ishonchim komilki, xodimlarimizning katta qismi ushbu o‘zgarishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etadi”, — degan Sherzod Kudbiyev.

    Qo‘mita rahbarining bildirishicha, yuqoridagi holat bo‘yicha qo‘mita hay’atining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda yuqoridagi masalalar atroflicha muhokama qilingan va tashkilot faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha xulosalar qilingan.

    Mavzuga doir: 

    • “Bunday holatlar aniqlansa qattiq chora ko‘riladi” – DSQ raisi tadbirkorlardan oldindan soliq undirish holatlariga munosabat bildirdi
    • “Ey xudo, sharmanda qilma”. Sherzod Kudbiyev hokimlik lavozimini egallaganidan keyin birinchi fikri haqida
    • Sherzod Kudbiyev vazir lavozimiga kimlar tayinlanishi va bu jarayon qanday kechishi haqida so‘zlab berdi

    14.10.2020, 18:34   Izoh (0)   47235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahrisabzda Telegram guruhiga pornografik videolar tashlagan maktab o‘quvchilariga chora ko‘rildi

    14.10.2020, 17:35

    “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi o‘rinbosari 39 yoshida vafot etdi

    14.10.2020, 17:10

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori jarimaga tortildi

    14.10.2020, 16:32

    Samarqandda huquq-tartibot xodimlari 16 yoshli o‘smirni bo‘ynidan tortib patrul mashinasiga o‘tqazib, olib ketdi (video)

    14.10.2020, 14:14

    O‘zbekistonda Odam savdosi qurbonlarini reabilitatsiya qilish markazini IIV tasarrufiga o‘tkazish taklif qilindi

    14.10.2020, 13:10

    O‘zbekistonda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi

    14.10.2020, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.