• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sancho, Lautaro, Kulibali va Balotelli. Yoz va kuzning amalga oshmagan eng shov-shuvli transferlari

    Yevropaning aksariyat ligalarida yozgi transferlar oynasi allaqachon yopilib bo‘ldi. To‘g‘ri, koronavirus pandemiyasi tufayli u odatdagidan uzoqroq davom etdi. Ammo shuncha vaqt ham klublar uchun barcha muammoli pozitsiyalarni yopish uchun yetarli bo‘lmadi. Bundan tashqari, xuddi shu pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz potensial xaridorlarning imkoniyatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

    Klublarning u yoki bu futbolchini sotib ololmaganiga ko‘p sabablar bor. Ammo ba’zi amalga oshishi mumkin bo‘lgan bitimlar haqiqatda boshqalaridan ajralib turardi. Ular haqida ko‘p gapirildi: insayderlar har kuni o‘z obunachilarini yangi ma’lumotlar bilan “boqib” turdi, muxlislar esa o‘z jamoalariga keladigan yangi o‘yinchilarning yutuq va kamchiliklarini muhokama qildi. Biroq yakunda uzoq kutilgan transferlarning aksariyati gapligicha qolib ketdi. Demak, quyida yozning (+kuz) amalga oshmagan eng shov-shuvli transferlari haqida fikr yuritiladi.

    Jeydon Sancho “Borussiya Dortmund”

    Da’vogar: “Manchester Yunayted”

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Sancho ushbu ro‘yxatda haqli ravishda birinchi bo‘lishi kerak. Boisi uning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi ehtimoli butun yoz davomida muhokama qilindi. Ammo inglizning vataniga qaytishi ro‘y bermadi. “Qizil iblislar” bir necha oy davomida “arilar” bilan muzokara olib borgan bo‘lishiga qaramay, “Borussiya” 20 yoshli vingerini 120 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormayman deb turib oldi. Manchesterliklar esa Sancho uchun maksimum 80 million to‘lashga tayyor ekanini aytdi. Shu tariqa kelishuv barbod bo‘ldi, ammo mankunianliklar taslim bo‘lishni istamayapti, ular yanvar oyida yana Sancho transferi borasidagi ishni tiklash niyatida.

    Memfis Depay “Lion”

    Da’vogar: “Barselona”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ronald Kuman katalon klubini qabul qilib olganidan ko‘p o‘tmay, “Barselona” Depay bilan aloqalarni boshladi. Memfisning “Lion”dan ketishi haqida juda ko‘p gaplar bo‘ldi. Hatto uning o‘zi ham ochiqchasiga jon deb Kataloniyaga yo‘l olmoqchiligini aytdi. Ammo u vaziyat qurboniga aylandi: “ko‘k-anorranglilar” g‘aznasida niderlandiyalik uchun shunchaki pul yo‘q edi. Transfer oynasining so‘nggi kunlarida “Lion” hatto “Barselona”ga yon bosib, uni arzonroq berishga ham rozilik bildirdi. Biroq Bartomeu boshchiligidagi rahbariyat Kumanning talabini qondira olmadi. Hozirda klublarning qishda yana muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Depayning “Lion” bilan shartnomasi yakunlanishiga esa 1 yil qoldi va u bu kelishuvni uzaytirish niyatida emas.

    Ussyem Auar “Lion”

    Da’vogar: “Arsenal”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bir necha kun oldin Fransiyani tark etishi mumkin bo‘lgan “Lion”ning yana bir futbolchisi Auar edi. “Arsenal” Liga 1 vakillari bilan uzoq vaqt muzokara olib bordi, ammo tomonlar so‘nggi pallagacha narx borasida kelisha olmadi. Fransuzlar 22 yoshli yarim himoyachi uchun eng kamida 50 million yevro talab qilgan bo‘lsa, “kanonirlar” 40 milliondan ko‘p bermasligini aytdi. Bu vaziyatda “Lion” yon berishni xohlamadi va bunga to‘la haqli edi. Depaydan farqli o‘laroq Auarning klub bilan shartnomasi yana 3 yil davomida amalda bo‘ladi. Bundan tashqari, Ussem fransuz klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, “to‘quvchilar” esa har doim o‘z futbolchilarini qadrlab kelgan. Dastavval futbolchining “Arsenal” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani aytildi, biroq yakunda aynan uning o‘zi “Lion”da qolishini ma’lum qildi.

    Erik Garsiya “Manchester Siti”

    Da’vogar: “Barselona”

    Foto: Livesport

    Foto: Livesport

    Yozda “Barselona” yangi markaziy himoyachi izlay boshladi va 19 yoshli Garsiya variantida to‘xtalishga qaror qildi. Ispaniyalik futbolchi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo hozirda “Manchester Siti” sharafini himoya qilmoqda. Kataloniyaliklar futbolchi uchun bonuslar bilan birga 18 million yevro taklif qildi. “Shaharliklar” esa “bor-yo‘g‘i” yana 2 million qo‘shishni talab qildi. “Barselona”ga mana ushbu 2 million shu darajada ko‘plik qildiki, deyarli hal bo‘lgan transferni ham amalga oshira olmadi. Garsiyaning amaldagi shartnomasi kelasi mavsumga borib o‘z nihoyasiga yetadi. Agar “Siti” Garsiyani tekinga qo‘yib yuborishni istamasa, qishda boshqacharoq yo‘l tutishi kerak bo‘ladi.

    Lautaro Martines “Inter”

    Da’vogar: “Barselona”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Barselona” bir yildan oshiq vaqt davomida “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesni o‘z tarkibiga jalb qilishga urindi. Biroq “neradzurri” futbolchini faqat 111 million yevrogagina qo‘yib yuborishini ma’lum qildi. Avvaliga “Barselona” futbolchi uchun ushbu mablag‘ni to‘lashni xohlamadi, keyinchalik esa (pandemiyadan keyin) to‘lashga qurbi yetmay qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, “ko‘k-anorranglilar” milanliklarga o‘z futbolchilari qo‘shilgan bir nechta shartnoma taklif qilgan, biroq “qaynoq” italyanlarni ularning hech biri qiziqtirmadi. Asta-sekin kataloniyaliklarning argentinalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi sundi. “Inter” esa hozirda Martines bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni boshlab yuborgan.

    Kallum Hadson-Odoi “Chelsi”

    Da’vogar: “Bavariya”

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    “Chelsi”ning transfer bozoridagi shiddatli harakatlaridan so‘ng londonliklar o‘zining bir qator futbolchilarini ijaraga berib yuborishi aniq edi. Hadson-Odoi esa ko‘plab grand klublar, xususan, “Bavariya”ni ham jiddiy qiziqtirib qo‘ygandi. Myunxenda 19 yoshli qanot hujumchisining qobiliyati va iste’dodiga yuqori baho berildi. Aslida Myunxen klubi uni ancha oldin, 2019-yilda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgandi. 2020-yilning oktabr oyiga kelib, Germaniya chempionlari yana Hadsonga qo‘l uzatdi. “Bavariya” “aristokratlar”ga 70 million yevro to‘lash majburiyati bilan futbolchini ijaraga  berishni so‘radi. Klublar o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgandi ham, ammo so‘nggi pallada Frenk Lempard masalaga aralashib, Hadsonni Londonda olib qoldi.

    Mario Balotelli “Breshia”

    Da’vogar: “Jenoa”

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    So‘nggi bir necha oydan beri Balotellining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. “Breshia” B Seriyaga tushib ketganidan keyin Marioning jamoada qolmasligi aniq bo‘lgandi. O‘z navbatida klub rahbariyati ham xulq-atvori va yuqori maoshi tufayli futbolchidan xalos bo‘lishni xohlamoqda. Shu bilan birga tomonlar o‘rtasidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqida hali ham aniq ma’lumot berilmagan. Balotelli hozircha hech qayerda o‘ynamayapti. Sentabr oyida forvard “Jenoa”ga o‘tishga yaqin edi, biroq Genuya klub Eldor Shomurodov variantini ma’qul ko‘rdi. Bundan tashqari, unga “Beshiktosh” va Braziliya klublaridan ham qiziqish borligi aytildi. Mashhur agent Mino Rayola esa mijozining Yevropada qolishiga ishonmoqda. Voqealar rivojini esa vaqt ko‘rsatadi.

    Kalidu Kulibali “Napoli”

    Da’vogar: “Manchester Siti”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kulibalining “Napoli”dan ketishi haqidagi mish-mishlar bir necha oy davomida tinmadi. “Manchester Siti” haqiqatan ham 29 yoshli senegallikni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy bel bog‘lagandi. Biroq italyanlar bilan kelishish har doim ham oson bo‘lmagan. “Shaharliklar” neapolliklarga futbolchi borasida bir nechta takliflar yubordi, ammo ularning barchasiga salbiy javob qaytarildi. Kulibalini qo‘lga kiritish borasidagi uzoq va muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng “Siti” tinchgina “Benfika”dan Ruben Diashni sotib oldi, qo‘ydi.

    Arkadiush Milik “Napoli”

    Da’vogar: “Yuventus”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Shoshgan qiz ...” degan maqol aynan Milik hikoyasiga har jabhada mos tushadi: Andrea Pirlo “Yuventus” boshqaruviga kelishi bilan jamoa faol tarzda forvard izlay boshladi. Milik esa asosiy nomzodlar qatorida qayd etildi. Turin klubi futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga ham erishgandi. Bundan havolangan polshalik futbolchi joriy mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni istamasligi to‘g‘risida ochiqchasiga “Napoli”ga ma’lum qildi. Ammo kutilmaganda “Yuventus” fikridan qaytib qoldi va Alvaro Moratani ijaraga oldi. Bu vaqtga kelib, neapolliklar Milikning o‘rniga Viktor Osimhenni sotib olib bo‘lgandi. Natijada Milik ham Turindan, ham issiq joyidan quruq qoldi (asosiy tarkibdagi o‘rni nazarda tutilmoqda). Hozircha uning o‘zi ham kelgusi faoliyatini qayerda davom ettirishni bilmaydi.

    Boshqa maqola va intervyular:

    • “Jenoa”ga o‘tish, bolaligi, amalga oshgan orzulari, “Chelsi” va Rivaldo haqida Eldor Shomurodov bilan katta intervyu
    • Chempionlikdan quvg‘inlikkacha. Mesut O‘zilning “Arsenal”ga kerak bo‘lmay qolgani haqida
    • “Jenoa” hujumchilar “kushanda”simi? Eldor Shomurodovni Italiyada nimalar kutmoqda?
    • “Bobomni har safar o‘ylaganimda, yuragim pora-pora bo‘lib ketadi. U o‘z uyi ostonasida otib tashlangandi”. Xorvatiyalik qochoq Luka Modrich hikoyasi
    • Uzoq kutilgan qirol — Robert Levandovski haqida

    14.10.2020, 10:00   Izoh (0)   11274
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JCh—2022 saralashi. Braziliya Neymarning het-triki evaziga zafar quchdi, Suaresning dubli Urugvayni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. Argentinada irodali g‘alaba

    14.10.2020, 07:31

    Millatlar Ligasi. Germaniya 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, Ispaniya esa Ukrainaga yutqazib qo‘ydi

    14.10.2020, 01:57

    Koronavirusga chalingan Krishtianu Ronaldu “Barselona”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerakligi ma’lum bo‘ldi

    13.10.2020, 23:16

    Eden Azardan Neymargacha. 2020-yil transfer qiymatida eng katta pasayish kuzatilgan futbolchilar reytingi tuzildi

    13.10.2020, 22:02

    Jasur Jaloliddinov RPLning boshqa klubiga o‘tadigan bo‘ldi

    13.10.2020, 21:04

    Andrey Kanchelskis “Navbahor” tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya haqida: “Ular hammasini tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi”

    13.10.2020, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20

    “Hizbulloh” rahbari Isroilga raketalar yog‘dirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 6 avgust, 12:10

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Nyukasl” himoyachisini Seul aeroportida unutib qoldirdi

    Sport | 6 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.