Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov promoushenning vaqtinchalik sobiq chempioni Toni Fergyusonni 2020-yil bahorida ikki marta vaznini tushirgani uchun tanqid ostiga oldi.

Foto: Getty Images

Toni bahorgi jang oldidan ikki marta vaznini tushirishga qaror qilganiga kelsak, bu ahmoqona ish edi. Menga Toni Fergyuson yoqishi haqida oldin aytganman, lekin u ahmoq. Hozir u men haqimda gapirishda davom etmoqda. Nega u men haqimda gapiryapti? Jastin Getji uning aftini bejab qo‘ydi-ku. Agar u o‘zini shu tarzda targ‘ib qilmoqchi bo‘lsa, unda yaxshi, men roziman.

Ammo agar u men haqimda gapirish nimanidir anglatishiga va bundan foyda bor deb hisoblasa, bu shunchaki uning intellekt darajasini ko‘rsatadi. Bu uning kuchsizligini ko‘rsatadi. Ammo biz bunga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaymiz.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Qayd etish joiz, Fergyuson may oyida Jastin Getjiga qarshi jangi oldidan vazn tashlagandi.

Habib Nurmagomedov esa o‘zining 29-jangini 24-oktabr kuni Getjiga qarshi o‘tkazadi.