“Avto.ru” saytida bundan 46 yil oldin ishlab chiqarilgan “VAZ-2101” modeli 549 999 rublga (7 ming dollar) sotilayotgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Mashina narxnining bu qadar qimmatligi u hozirga qadar 8,5 ming kilometr yo‘l bosgani va undan faqatgina bir kishi foydalangani bilan izohlanmoqda. Taqqoslash uchun, yangi Lada Granta’ning narxi 483 ming rubldan boshlanadi, deb yozadi Motor.

Foto: “Auto.ru”

Sotuvga qo‘yilgan nusxaning yana bir o‘ziga xos jihati — sovet davriga tegishli qora raqamga egaligida. Sotuvchining ta’kidlashicha, avtomobil 1970-yillardagi kabi holatda saqlangan, hech qachon ta’mirlanmagan va restavratsiya qilinmagan. “Kopeyka” nomini olgan model oq rangda bo‘lib, saloni jigarrang-sariq rangda ishlangan, barcha agregatlari soz holatda.

Foto: “Auto.ru”

“VAZ-2101” 59 ot kuchiga ega 1,2 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: “Auto.ru”

Sotuvchi dastlab avtomobil narxini 600 ming rubl deb e’lon bergan, biroq xaridor topilmagach, uni kamaytirishga to‘g‘ri kelgan.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Ma’lumot uchun, “Kopeyka” nomini avtomobil 1990-yillar oxirida, model nomerining oxiridagi bir raqami sabab olgan.

Avvalroq Rossiyada tyuning qilingan Lada 4x4 salkam 16 ming dollar evaziga, Italiyada eski “GAZ-69” mashinasi yangi Lada Granta narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.