Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bilan Sardoba halokatidan jabr ko‘rgan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Besh yuz” qishlog‘iga borib, vaziyatni o‘rgandi. Bu haqda Xo‘jayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

“Bugun Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bilan bilan birgalikda Sardobaga bordik. Oqoltin tumanining ‘Besh yuz’ nomli qishlog‘idagi ahvolini o‘rgandik. Rasmlarni ko‘rib o‘zlaring xulosa chiqaraveringlar! Aholi bilan gaplashganda ko‘p narsalar aniqlandi, zo‘ravon va o‘zboshimcha Baxtiyor Xolqo‘ziyev — Oqsoqollar kengashi raisining qiliqlari-yu va soliqchilarning o‘yinlari. A.Burxonov (Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — tahr.) agentligiga ish shu yerda boshidan oshib yetibdi ekan, chunki u rahbarlar o‘z bilganidan qolmasdan, uy joylarni taqsimlashda birinchi galda qarindosh urug‘lariga, Ozoda Nursaidovadan ham kvartirani, muhtoj bo‘lmagan qiziga olib bergan. Xalq deputatlaridan ham, juda norozi! Albatta, biz ko‘rganlarimizni qog‘ozga tushirib kerakli joylarga taqdim etamiz, ammo baribir bitta savol qiynaydi, qachon ayrim rahbarlarga insof kirar ekan?”, — deb yozadi Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori.

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Foto: Facebook / Sayyora Xo‘jayeva

Avvalroq tadbirkor va bloger Aziza Umarova o‘zining Telegram’dagi sahifasida “Sardoba xarobalarida” nomli post qoldirib, unda Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida ilgari molxona, omborxona bo‘lgan joy endi bir oila uchun boshpanaga aylanganini yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oxirlarida Bosh prokuratura “Sardoba ishi” doirasida to‘qqiz kishi qamoqqa olinganini ma’lum qilgan edi. Sardoba suv ombori 2010—2017-yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi — “UzGIP” MChJ, bosh pudratchi — “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ) tanlangan.

Qayd etishlaricha, suv ombori qurilishiga davlat budjetidan 1,2 trillion so‘m sarflangan. Suv omboridan foydalanish “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga qarashli “Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi” tomonidan amalga oshirilgan.