• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkiya Kavkazga yetib keldi. Rossiya bilan to‘qnashuv muqarrarmi?

    Tog‘li Qorabog‘da sentabr oyining oxirida boshlanib ketgan urush harakatlari Moskvaning urinishlari bilan to‘xtatildi. Ammo ixtilof bitgani yo‘q, va ekspertlar tomonlar yana urush boshlashini bashorat qilmoqda.

    Tog‘li Qorabog‘ Turkiya va Rossiya manfaatlari to‘qnashgan navbatdagi geosiyosiy nuqta bo‘ldi. Oxirgi yillarda agressiv tashqi siyosat yuritayotgan bu ikki davlat to‘qnashuvi ehtimoli qanaqa? Bu boshqa davlatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    Bu haqda “Daryo” kolumnisti, rossiyalik siyosatshunos Mixail Magid fikr yuritadi.

    Ikki yirik davlat bir vaqtda “oyoqqa turib”, o‘zining xalqaro maydondagi ta’sirini oshirishga harakat qilmoqda. Bu xavfli bo‘lishi mumkin.

    Oxirgi bir necha yilda Turkiya dunyo mediasi yangiliklarining asosiy qismiga aylanib qoldi. Butun dunyo e’tibori uning Liviya, Suriya, Shimoliy Iroq, Sharqiy O‘rta Yer dengizi va mana endi Janubiy Kavkazdagi harbiy operatsiyalari hamda siyosiy va iqtisodiy ta’siriga qaratildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Liviyada Turkiya Tripolidagi sharqiy lashkarboshi Xalifa Haftar (u Rossiya, Misr va Birlashgan Arab Amirliklari kabi yirik davlatlar koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda) kuchlariga qarshi jahon hamjamiyati tan olingan Milliy kelishuv hukumatini (MKH) qo‘llab-quvvatlamoqda va Liviyadagi neft konlarini MKHga o‘tkazilishini talab qilmoqda. Turk harbiylari Liviyaga o‘z qo‘shinlari va suriyalik yollanma askarlarini joylashtirdi.

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga faqatgina Liviya nefti muhim emas: MKH bilan kelishuv asosida Turkiya Sharqiy O‘rta Yer dengizida gaz konlari joylashgan katta viloyatlarni o‘z boshqaruvi ostiga olmoqchi. Turkiya bu konlarga da’vogarligini e’lon qilmoqda; xuddi shu ishni Gretsiya va Misr ham qilmoqda, bu esa ushbu davlatlar o‘rtasida ziddiyat kuchayishiga olib kelishi mumkin.

    Suriyada Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasiga (KIP) qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda. Shimoliy Iroqda turklar KIPga hujumlar uyushtirib turadi va u yerga o‘z bazalarini joylashtirgan edi. Kurdlarning mustaqilligi uchun kurashayotgan KIPga qarshi urush, aslida, Turkiyaning o‘z hududida ham bo‘lmoqda. Biroq Turkiyaning maqsadlari bu qarama-qarshiliklardan ancha yuqori.

    Suriyada turk harbiylari egallab olgan hududlarda turk valyutasi muomalaga kiritilmoqda, bu tumanlarni Turkiya bilan bog‘lovchi yo‘llar qurilmoqda, turk biznesi u yerda juda faol. Asadga qarshi jangarilardan bo‘lgan arablar va turkmanlar turk zobitlari qo‘mondonligi ostida Suriya milliy armiyasini (SMA) tashkil qildi. Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Idlibda Asad, Rossiya va Eron kuchlari tayyorlayotgan hujumga qarshi turklarda 10 minglab askar va sakkiz mingdan ortiq harbiy texnikaga ega bo‘lgan butun boshli armiya bor. Ular Asadga qarshilar tomonida bo‘lishga tayyor.

    Turkiyaning ta’siri Ozarbayjonda ham oshib ketdi. Iyul oyida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qurolli mojaro boshlanganidan so‘ng Turkiya ushbu mamlakat rahbariyatining iltimosiga binoan Ozarbayjonga o‘z qo‘shinlarini yubordi, Ozarbayjon armiyasi bilan birgalikda manyovrlar o‘tkazib, ozarbayjonlarni jang maydonida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Oxirgi yillarda Anqara ruslardan gaz olishni birdan kamaytirib, Ozarbayjondan gaz importi hajmini oshirdi, ozarbayjonlar esa bora-bora Turkiya bozorida asosiy gaz yetkazib beruvchiga aylanib bormoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bugungi kunda Turkiya, ehtimol, Tog‘li Qorabog‘dagi janglar paytida Ozarbayjon armiyasining harbiy harakatlarini rejalashtirishda qatnashmoqda. Anqara, shuningdek, Bokuni ko‘plab qurol-yarog‘, shu jumladan, Suriya va Liviyadagi mojarolar paytida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan Bayraktar 2 dronlari bilan ta’minladi. Bugungi kunda ular armani harbiy texnikasini yo‘q qilmoqda. Rossiya va uning ittifoqdoshlari, ya’ni Armaniston va Asad rejimida hali bu yangi turdagi qurolga qarshi kurashish uchun samarador vosita yo‘q.

    Ilgari Turkiya mojarolardan ehtiyotkorlik bilan qochar va “qo‘shnilar bilan nol muammolar” tamoyiliga amal qilar edi (yagona istisno kurdlarga qarshi operatsiyalar edi). Bugungi kundagi bu g‘ayrioddiy faollikning sababi nimada?

    Birinchidan, Turkiya o‘nlab yillar davomida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib, sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qildi. Endilikda u – kuchli iqtisodiyot, armiya va harbiy sanoat bilan o‘rta rivojlangan davlat hisoblanmoqda. Turkiya montaj sexiga aylandi va Yevropa bozorida asosiy avtomobil yetkazib beruvchiga aylandi; uning qudratli mudofaa sanoati, turkiyalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mamlakatning harbiy texnikaga bo‘lgan ehtiyojining 80 foizini qondiradi (ammo boshqa tahlilchilar buni mubolag‘a deb hisoblaydi). Turkiya armiyasi NATO tashkilotiga a’zo davlatlar ichida eng kuchli ikkinchi armiya sanaladi. Yetarlicha kuchayib olgan Turkiya ittifoqdosh siyosiy harakatlar va rejimlarga tayanib, harbiy va iqtisodiy ekspansiya amalga oshiradigan mintaqaviy superkuchga aylanishga intilmoqda. Erdo‘g‘on neousmoniylik doktrinasi doirasida Turkiyani Yaqin Sharq va musulmon dunyosida yetakchi kuchga aylantirishga intilmoqda.

    Ikkinchidan, o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, Turkiyada Erdo‘g‘onning mashhurligi tushib ketmoqda. Buning sababi global inqiroz va pandemiya, ammo mamlakatda iqtisodiy qiyinchiliklar undan oldinroq boshlangandi. Turkiya iqtisodiyoti 2020-yil 2-choragida 9,9 foizga qisqardi. Turk lirasining dollarga nisbati keskin tushmoqda, inflyatsiya darajasi borgan sari oshib bormoqda. Agarda iyul oyida saylovlar o‘tkazilganda, ehtimol, Erdo‘g‘on muxolifat Xalq partiyasining ikki vakili – Anqara va Istanbul merlariga yutqazib qo‘ygan bo‘lar edi.

    Rejim harbiy-vatanparvarlik tashviqoti sohasida “biz qaytmoqdamiz, biz – yangi Usmonli imperiyasi, musulmonlarning superkuchimiz”, deb javob topishga harakat qilmoqda.

    Turkiyaning Liviyadagi harbiy ekspansiyasini turklarning 60 foizi, Suriyadagi kurdlarga qarshi operatsiyalarni 75 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. 70 foizga yaqin fuqaro Ayo Sofiyaga masjid maqomi qaytarilishini qo‘lladi. Bu harakatning faqatgina diniy ahamiyati haqida gapirish kerak emas. Ayo Sofiya singari Konstantinopol ham (hozirgi Istanbul) bir paytlar turk qurolining kuchi bilan zabt etilgan edi. Erdo‘g‘onning namoyishkorona harakatlari diniy va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishga qaratilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shu bilan bilan birga, Erdo‘g‘on katta harbiy mojarolardan qochishga urinmoqda, negaki ular juda xavfli va kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Unga ham, Putinga ham katta urush kerak emas. Suriyada 5-mart kuni Turkiya va Rossiya Idlibda sulh imzoladi. Liviyada Tripolidagi hukumat va uning Sharqdagi muxoliflari o‘rtasida neft konlaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

    Erdo‘g‘onning strategiyasi ikkita asosiy unsurdan iborat – kutilmagan hujum, shu jumladan, ittifoqchilar tomonidagi harbiy harakat, so‘ng to‘xtash va muzokaralar. Ammo muzokaralardan so‘ng yangi hujum boshlanishi mumkin.

    Bugun Moskva Anqaraga dunyoning uch nuqtasida qarshilik ko‘rsatmoqda – Liviya, Suriya va mana endi Turkiya Ozarbayjonni, Rossiya esa Armanistonni qo‘llab-quvvatlayotgan Kavkazda. Rossiya bu boradagi vaziyatga ancha kuchli yondoshadi, chunki Turkiyaning Janubiy Kavkazda kuchayishi Rossiyaning asosan musulmonlar yashaydigan o‘lkasi – Shimoliy Kavkaz uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

    Bu ikki mamlakat bir vaqtda oyoqqa turib, o‘z uylarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy qudratini tashqi tomondan loyihalashtirishga harakat qilayotgani tashvishlidir. Global darajada rus-turk mojarosi va hatto rus-turk urushi xavfi paydo bo‘ladi. Ammo boshqa tomondan qaraganda, ikki tomon ham iloji boricha bundan qochishga harakat qilmoqda. Hokimiyatlarning katta miqyosdagi mojarosi hamma uchun birdek xavfli sanaladi.

    Biroq ko‘plab kuchsiz davlatlar uchun Rossiya-Turkiya qarama-qarshiligi ko‘proq mustaqillikka erishish imkoniyatini beradi, chunki ular kuchlar o‘rtasida manyovr qilishi mumkin bo‘ladi. Biror davlat kuchliroq hokimiyat uning manfaatini buzadi deb hisoblasa, u birinchi kuchning manfaatiga zarar yetkazish qobiliyatini namoyish etib, boshqa kuchli davlatga yaqinlashishga harakat qilishi mumkin. Shunday qilib, ko‘plab foydali iqtisodiy bitimlar va siyosiy qarorlarga erishish mumkin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    11.10.2020, 14:26   Izoh (0)   176187
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus hukumati Svetlana va Sergey Tixanovskiyga 134 kun ichida birinchi marta suhbatlashishga ruxsat berdi (video)

    11.10.2020, 13:21

    Dunyoda COVID-19’ga chalinganlar soni 37 milliondan oshdi

    11.10.2020, 12:22

    Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning hibsga olingan o‘g‘illari qo‘yib yuborildi

    11.10.2020, 11:24

    Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi

    11.10.2020, 10:23

    Lukashenko hibsdagi muxolifat vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    11.10.2020, 09:43

    Tramp o‘zida kuzatilgan koronavirus alomatlari haqida so‘zlab berdi

    11.10.2020, 08:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00

    Pokiston Xitoy bilan “beshinchi avlod” samolyotlari sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Dunyo | 29 iyun, 15:45

    Pishgan va mazali mevalarni tanlash bo‘yicha 9 maslahat

    Maslahatlar | 29 iyun, 15:30

    Rossiya strategik bombardimonchilar ishlab chiqariladigan yagona korxonasini kengaytirmoqda

    Dunyo | 29 iyun, 15:15

    Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari sammiti 2026-yilga qoldirildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 15:00

    Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini ziyorat qilishni tavsiya qildi

    Sport | 29 iyun, 14:48

    Xiaomi kamera, dinamika va mikrofonli AI Glasses smart ko‘zoynaklarini e’lon qildi

    Layfstayl | 29 iyun, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.