Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qamchiq dovonida Kia yuk mashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi, deya xabar bermoqda FVV.

Foto: FVV

Foto: FVV

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 9-oktabr soat 05:30 da Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 Toshkent–O‘sh avtomobil yo‘lining 233 kilometridagi Toshkent–Vodiy yo‘nalishida harakatlangan Kia rusumli avtomashina haydovchisi X.B. ismli fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvetga) yonboshlab tushib ketgan. Haydovchi voqea paytida avtoulovdan sakrab tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea joyiga dastlab “Qamchiq” MQYoQBning 8-post nazoratidan Serjant M.Xoliqov chiqib, haydovchiga psixologik yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng avtoulovni xandaqdan chiqarish uchun “Qamchiq” qutqaruv otryadi, YPX hamda “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlari yetib kelishib, vaziyatni o‘rgangan.

Foto: FVV

Foto: FVV

Foto: FVV

Foto: FVV

Shunga ko‘ra, Kia avtomashinasi maxsus texnikalar yordamida xandaqdan chiqarib olingan.

Avvalroq Qamchiq dovonida Mercedes furgoni va Isuzu yuk mashinasi xandaqqa tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi