• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Chempionlikdan quvg‘inlikkacha. Mesut O‘zilning “Arsenal”ga kerak bo‘lmay qolgani haqida

    Mesut O‘zil Yevropa Ligasining 2020/21-yilgi mavsumini maydon chetidan kuzatadi (agar xohlasa, albatta). Chunki “Arsenal” uni musobaqa qaydnomasiga kiritmadi.

    Ochig‘ini aytganda O‘zilning o‘zi va hatto “kanonirlar” muxlislari ham bundan zarracha ham ajablanmagan bo‘lsa kerak. Boisi Mesut so‘nggi bor 2020-yilning mart oyida maydonda ko‘rinish bergandi (yaxshiroq tasavvur qilinishi uchun: pandemiyadan oldin). Xo‘sh, top darajadagi futbolchi qay tarzda “muammoli yulduz”ga aylandi. Quyida shu haqida batafsil.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bir necha yil oldin O‘zil “Arsenal”ning asosiy yulduzi hisoblanardi. Dastlab uni sotib olish uchun sarflangan 47 million yevro o‘zini shu darajada oqlardiki, Germaniya terma jamoasining sobiq a’zosi har mavsumda kamida 20 tadan samarali harakatni amalga oshirardi. Faqatgina istisno tariqasida 2014/2015-yilgi mavsumni keltirish mumkin. Mesut o‘sha yili tizzasini jarohatlab olgandi (32 uchrashuv, 5 ta gol va 9 golli uzatma).

    Hammasi 2018-yilga kelib boshlandi. Bunga asosiy sabablardan biri Aleksis Sanchesning “Manchester Yunayted”ga ketib qolishi bo‘ldi. O‘zil va chililik futbolchi maydon va uning tashqarisida ham shu darajada juda yaxshi chiqishib qolgandiki, “Arsenal”dagi eng yaqin do‘stingiz kim degan savolga Sanches quyidagicha javob bergandi: “Ehtimol, Mesut. Men u bilan bir jamoada o‘ynashni yaxshi ko‘raman, munosabatlarimiz ajoyib”.

    Ikkalasining shartnomasi ham 2018-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetardi, do‘stlar esa kelishuvni avvalgi shartlar asosida yangilashdan bosh tortdi. Ular maoshning oshirilishini talab qildi. Biroq yakunda Sanches qishgacha “to‘pchilar” safida qoldi. Shundan so‘ng londonliklar bilan murosa qilolmay, Manchesterga surib yubordi va haftasiga o‘zi istaganidek, 450 ming funt maoshli shartnoma imzoladi. Mesut esa “Arsenal”da qoldi va yangi shartnomaga imzo chekdi, unga ko‘ra, u haftasiga Aleksisdan biroz kamroq, taxminan, 400 ming funt oladigan bo‘ldi.

    Shuningdek, o‘sha yili jamoada murabbiy o‘zgargani O‘zilga qattiq zarba bo‘ldi. Aytish mumkinki, O‘zil Arsen Vengerning tom ma’noda “o‘g‘ilchasi” edi va unga maydonda cheksiz erkinlik yaratib bergandi: u butun maydon bo‘ylab harakat qilsa-da, biroq ha deganda himoyada ko‘rinavermasdi. Venger esa bunga izoh berar ekan shunday degandi: “Albatta, O‘zil himoyada ham ishlashi kerak, ammo uning eng kuchli tomonlari faqat to‘p bilan bo‘lganidagina namoyon bo‘ladi”. Agar Venger O‘zilning himoyadagi kamchiliklariga ko‘z yuma olga bo‘lsa, Unai Emeri bunga toqat qilolmasdi.

    PSJni tark etar ekan ispaniyalik mutaxassis o‘z uslubi va sxemasi haqida gapirib bergandi. Xususan, Unai ikkita sxemani afzal ko‘rishini ta’kidladi: 4-3-3 va 4-1-4-1. Afsuski, ularning hech birida O‘zilga xos bo‘lgan “o‘ninchi raqam” roli yo‘q edi. Bundan tashqari, Emeri haddan ziyod pressingga (bosim) e’tibor qaratadi. “To‘pni yo‘qotganda, uni iloji boricha tezroq olib qo‘yishingiz kerak”, – degan g‘oyani ilgari suradi Unai. Shuni hisobga olib, hech bo‘lmaganda mana shu ikkita mezon (sxema va pressing) bo‘yicha O‘zil Emerining talablariga shunchaki javob bera olmasdi.

    Unai “Arsenal”da turli chiziqlarni sinab ko‘rdi, lekin aksariyat hollarda u 4-2-3-1 dan foydalanardi. U yerda O‘zil o‘zining sevimli pozitsiyasida o‘ynadi ham, biroq uning harakatlari (avvallari bo‘lgani kabi) har doim ham muvaffaqiyatli chiqavermadi. 2019-yilning oktabr oyida Emeri Mesutning asosiydan joy olishga loyiq emasligini ochiqchasiga aytdi. O‘zil ham o‘z navbatida jim turmadi va olovga moy sepdi. O‘zil Yevropa Ligasining 2018/19-yilgi mavsumi final o‘yinida (“Chelsi”ga qarshi) Emeriga qarata baland ovozda “Sen murabbiy emassan” deb baqirdi.

    “O‘zil yaxshi o‘yinchi, ammo Premyer Ligada jismoniy talablar yuqori. Afsuski, men uni top darajadagi futbolchi deb ayta olmayman”, – degandi Emeri London klubidan ketganidan keyingi intervyusida. 2020-yildagi yana bir suhbatda esa ispaniyalik murabbiy 2019/2020-yilgi mavsumga sardor tanlanayotgan vaqtda “Arsenal” futbolchilari O‘zilning klubga bo‘lgan sadoqati yetarli darajada emasligi sabab bog‘ich unga berilganidan norozi bo‘lgani aytgandi.

    Shu tariqa Mundial g‘olibi sekin-astalik bilan yuqori maoshli “bosh og‘riq”qa aylanib boraverdi.

    Mesut o‘tgan mavsumning so‘nggi qismini belidagi jarohati tufayli o‘tkazib yubordi va hali joriy mavsumda (hatto zaxiradan) ham maydonga tushmadi. U so‘nggi o‘yinini mart oyida “Vest Hem”ga qarshi bahsda (1:0) o‘tkazgandi.

    “To‘pchilar”ning hozirgi ustozi Mikel Arteta O‘zil haqida berilgan savollarga quyidagi jumlalar bilan cheklanadi, xolos: “Ehtimol, men Mesutning eng yaxshi  formada bo‘lishini hammadan ham ko‘proq xohlasam kerak”. Ammo Artetaning umidlari hamon besamar ketmoqda.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yozda O‘zil “Fenerbahche”ga o‘tish arafasida edi, u ammo turk klubi bilan maosh borasida kelisha olmadi. Bild xabariga ko‘ra, O‘zilning o‘zi ham yotib yeyishdan charchagan va hozirda shunchaki shartnoma yakunlanishini kutmoqda. Ushbu holatda u erkin agent sifatida o‘zi ma’qul ko‘rgan taklifni tanlashi mumkin bo‘ladi. Aynan shuni “to‘pchilar” muxlislari ham kutayotgan bo‘lsa ajab emas. Yana bir variant – “Arsenal” u bilan qishda xayrlashmoqchi. Mesut esa buning uchun klubdan 14 million yevro so‘ramoqda. Buyog‘iga nima bo‘lishini esa faqat vaqt ko‘rsatadi.

    O‘zil haqida gap ketar ekan, uning injiq, murabbiy tanlaydigan va kayfiyat o‘yinchisi ekanligidan tashqari, yana bir qo‘shimcha qilish kerak bo‘lgan jihat borki, o‘z navbatida bu Mesutning maydondagi faoliyatiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmagan. Ha, bu uning siyosiy chiqish va ambitsiyalari. Futbol va undagi iqtidorlarni qadrlaydigan oddiy muxlislar esa uning tezroq avvalgi darajasiga chiqishini intizorlik bilan kutmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

     

    Boshqa maqolalar:

    • Eshagidan to‘qimi qimmat. O‘z jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan 5 nafar futbol yulduzi haqida
    • Nomi ulug‘, suprasi quruq. O‘ynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida
    • “Jenoa” hujumchilar “kushanda”simi? Eldor Shomurodovni Italiyada nimalar kutmoqda?
    • Italyancha osh. Eldor Shomurodov va “Jenoa” haqida
    • “Bobomni har safar o‘ylaganimda, yuragim pora-pora bo‘lib ketadi. U o‘z uyi ostonasida otib tashlangandi”. Xorvatiyalik qochoq Luka Modrich hikoyasi
    • Uzoq kutilgan qirol — Robert Levandovski haqida

    11.10.2020, 17:00   Izoh (0)   27722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Yunayted” Sulsherni iste’foga chiqarishi mumkin. Uning o‘rniga asosiy da’vogar ham ma’lum

    11.10.2020, 16:29

    “Sotilding”. Toni Fergyuson Dastin Poryeni Konor Makgregordan pora olganlikda aybladi

    11.10.2020, 16:00

    Ispaniya terma jamoasi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Italiyaning rekordiga 2 ta o‘yin qoldi

    11.10.2020, 15:27

    Saudiya Arabistoni klubi Xuan Mataga yiliga 15 mln yevro maosh taklif qilmoqda

    11.10.2020, 15:01

    Ugo Lyoris: Ronaldu — mukammal futbolchi

    11.10.2020, 14:00

    Arsen Venger dunyoning ayni paytdagi eng kuchli klubi nomini aytdi

    11.10.2020, 13:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.