Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Kreml sayti xabar berdi, deb yozadi Meduza.
Bayonotda aytilishicha, bungacha Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan bir necha marta telefon orqali muzokaralar olib borgan.
Putin, shuningdek, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarini 9-oktabr kuni Moskvaga kelib, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov vositachiligida maslahatlashuvlar o‘tkazishga taklif qildi.
Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Bu mintaqadagi so‘nggi o‘n yillikda kuzatilgan eng jiddiy to‘qnashuv bo‘lmoqda.
8-oktabr kuni Jenevada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraislari — Rossiya, AQSh va Fransiya Tog‘li Qorabog‘dagi nizoni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni boshladi. Unda Ozarbayjon TIV rahbari Jayhun Bayramov ham qatnashdi.
Izoh (0)