Fotosuratchi va musiqa o‘qituvchisi Jeffri Vango suratga olgan olovrang olmaxonning kichik royalni chalayotgani aks etgan suratlar Facebook foydalanuvchilarini lol qoldirdi.

Foto: Facebook / Jeffrey Wang Aberdeen Photography

Shotlandiyaning Carnie Woods o‘rmon-qo‘riqxonasida o‘tkazilgan fotosessiyada suratchi olmaxonning e’tiborini tortish uchun funduq yong‘og‘idan foydalangan.

Foto: Facebook / Jeffrey Wang Aberdeen Photography

Hayvonning royal ichiga solingan yong‘oqni olmoqchi bo‘lishga urinishlari esa kadrda xuddi o‘rmon o‘rtasida royalda musiqa chalayotgandek ko‘ringan.

Foto: Facebook / Jeffrey Wang Aberdeen Photography

Ijtimoiy tarmoqqa yuklangan surat bir qancha ijobiy izohlar yozib qoldirilishiga sababchi bo‘lgan.

Foydalanuvchilar kadrlarni ertaklardagidek maftun qiladigan va qoyilmaqom ekanini bildirgan.