Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha 2020-yildagi mukofot sohibi nomini e’lon qildi. Mukofotga amerikalik shoira Luiza Glyuk munosib deb topildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Mukofot “o‘zining ashaddiy go‘zalligi bilan individual mavjudlikni umumbashariy qiladigan, bexato taniladigan she’riy ovoz uchun” berildi.
2019-yildagi marosimda Shvetsiya akademiyasi birdaniga ikki yil uchun mukofot egalari nomlarini e’lon qilgan — ular polshalik Olga Tokarchuk va avstriyalik Peter Xandke bo‘lgan. 2018-yilda adabiyot bo‘yicha mukofot topshirish g‘oliblar haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishi bilan bog‘liq mojaro sababli bekor qilingan.
Osloda 9-oktabr kuni tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibining nomi ma’lum qilinadi. 12-oktabr kuni esa iqtisodiyot yo‘nalishida kim mukofotni qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ladi. Bunga qadar tibbiyot, fizika va kimyo bo‘yicha Nobel mukofotining 2020-yildagi sohiblari nomi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)