• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Komil Allamjonov 14 yil avval Xorazmda YTHga uchrab, bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bundan 14 yil avval — 2006-yilda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatida ishlayotgan vaqtida Xorazm viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchragani va og‘ir jarohatlar olib, bir o‘limdan qolgani haqida gapirib berdi.

    Foto: Facebook / Komil Allamjonov

    Foto: Facebook / Komil Allamjonov
    Bundan 14 yil avval 3-oktabr kuni bir o‘limdan qolib, Alloh menga qayta umr bergan kun. 2006-yil. Ro‘zayi amazon oylari.

    O‘sha paytlar Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatida ishlar edim. Bir kuni Xorazm viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i Odilxon Rustamov menga qo‘ng‘iroq qilib, viloyat soliqchilari katta miqdorda noqonuniy aroq ishlab chiqaruvchi sexni aniqlagani va bir yarim tonna spirt mahsuloti qo‘lga olinganini aytib, ushbu holatni matbuotga chiqarib berishni iltimos qildi. O‘sha paytda “Soliq xizmati xabarlari” nomli ko‘rsatuvimiz bo‘lar edi. Tezkor xabarlar yoritilar edi. O‘sha ko‘rsatuvga chiqqan har bir holat qonuniy (ya’ni hech kim aralasha olmasdi) hal qilinar edi, chunki bu ko‘rsatuvni qo‘mita raisining shaxsan o‘zi doim kuzatib borardi. Bir so‘z bilan aytganda, bizning ko‘rsatuvda chiqqan har bir holatga pirovard natijada qonuniy chora ko‘rilishi shart edi. Men barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, Xorazmga borishga harakatni boshladim.

    Lekin negadir ishlarim yuravermadi, ruxsat buyruqlari kechikib chiqdi, operator yo‘q, samolyotga chipta umuman topilmayapti. Qandaydir ilohiy kuch hamma ishni to‘xtatishga urinayotgandek. Men esa qaysarlik bilan harakat qilyapman. Juda qiyinchilik bilan chipta topdik, tasvirchi ham topildi. Asqar degan yigitni birga borishga ko‘ndirdim. Xullas, yetib bordik Xorazmga. Samolyotdan tushishim bilan sumkamni ochib qarasam, atir idishlarim sinib ketibdi. Qalin shisha idish sinishi uchun sumkani qanday qilib otish kerak, deb jahlim chiqdi, lekin indamay boshqarmaga bordik. Barcha holatlarni tasvirga oldik. Aybdorlar, aroqlar joylab qo‘yilgan omborxonalar. Xazorasp tumanida bir yarim tonnalik spirtni borib tasvirga olish qoldi. So‘ng Urganchni tomosha qilgani borishimiz kerak. Soliqchilar balki, bormasmiz, deyishdi, men yo‘q, borish kerak, ishni oxiriga yetkazamiz va keyin dam olamiz, deb turib oldim. Bordik, hamma holatni tasvirga oldik. Endi ortga qaytish kerak.

    Xazoraspdan Urganchga qaytyapmiz Tico mashinasida. Oldimda tasvirchi kamerasi bilan, haydovchi — bizning Xorazmdagi xodim Alisher aka. To‘g‘ri, uzun yo‘ldamiz. Na chapga va na o‘ngga yo‘l, faqat to‘g‘riga. Yo‘lning ikki chekkasi dala. Tezlik 100-110 km/soat. Ro‘paramizda traktor ketyapti, orqasida tirkamasi bilan. Bir payt o‘sha traktor rulni chapga burib, butun yo‘lni to‘sib, taqqa to‘xtab qolsa bo‘ladimi. Yo‘l butunlay yopildi. Bizning haydovchi bor vajohati bilan tormozni bosgani bilan katta tezlikda kelib traktor tirkamasining baloniga shunaqa urildiki, mashinamiz konserva bankaga o‘xshab g‘ijimlanib ketdi. Ichidagi odamlarning holatini gapirmasa ham bo‘ladi. Alisher akaning ko‘krak qafasi ezildi, Asqarni qo‘lidagi kamera qutqarib qoldi, zarbadan faqat kamera sindi xolos.

    Men esa orqa o‘rindiqda edim va, albatta, xavfsizlik kamarini ham taqmaganman. Bilasiz, bizda xavfsizlik kamari aslida ko‘proq YPX xodimi ko‘zi uchun taqiladi, orqadagi kamar esa umuman ishlatilmay, chang bosib yotadi. Xullas, to‘qnashuvda ko‘zimdan olov chaqnab ketdi, oyog‘imning ikki joyi singan va tos suyagi yorilgan, qo‘limning katta vena tomirlari yorilgan, bosh miya chayqalgan. Yana mashina hozir portlab ketadi deb o‘ylab, bor kuchimni to‘plab, mashinadan o‘zimni yerga otdim. Og‘riq kuchidan yerda dodlab yotibman. Yo‘lning qoq o‘rtasi, markazgacha bir soatcha yo‘l. O‘shanda mashinamiz yaxshiyam traktor baloniga urildi, pritsep o‘rtasiga emas. Aks holda kallamiz shartta uzilib ketar edi, tavba qildim. Xullas bizning orqamizda soliqchilar kuzatib yurishgan ekan, baxtimga ular darhol kelib, bizni olib ketishdi. Qishloq shifoxonasiga bordik: ahvol bir balo. Dodlatib, baqir-chaqir bilan amallab rentgen qilishdi va palataga yotqizishdi. Endi palataning ahvoli shunaqa achinarli ediki, buni mendan ko‘ra o‘sha qishloq aholisi yaxshi bilsa kerak. Tepada uzun sim va unga ilinib turgan lampochka, karavot purjinali, harbiy batalyonlardan kelib qolganga o‘xshaydi. Bir payt yuzi nurli, fayzli shifokor Qadam og‘a kirib keldi. U kishi viloyat travmatologi ekan. Oyog‘ingiz bir-ikki joyi sinibdi, hozir oyog‘ingizga tosh ilib qo‘yamiz, suyak joyiga tushsa gips qilinadi, keyin Toshkentga ketaverasiz, dedi. Xudoga shukr, deb sal kayfiyat paydo bo‘ldi. Bir payt simlari ko‘k izolentalar bilan o‘ralgan drel, omburlar olib kirishyapti.

    Avvaliga biron mixni devorga qoqishsa kerak, deb tursam, hamshira kelib oyog‘imga ukol qildi va o‘sha drel bilan oyog‘imni teshib sim tortib qo‘yishdi. Shifoxonada og‘ir tosh yo‘qligidan ko‘chadagi toshlardan terib kelib, lattaga o‘rab oyog‘imga bog‘lab qo‘yishdi. Men bo‘ldi, tamom bo‘ldim, meni ataylab o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, o‘lmay qoldim, hozir oxiriga yetkazib qo‘yishadi, deb, qaltirab yotibman. Chunki aroq ishlarini tushungan odam yaxshi biladi, o‘sha davrlarda bu biznes deyarli ko‘cha odamlari qo‘lida bo‘lgan. Xorazmda ham shunday edi.

    Hushimni yo‘qotdim. O‘zimga kelib qarasam, butunlay boshqa reanimatsiyada yotibman. Belimdan to oyog‘imgacha gips qilingan, qandaydir simlar, boltlar tanamdan chiqib turibdi. Xullas, bu azobni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Uning ustiga, begona joy, tanish odamning o‘zi yo‘q. Uydagilar xavotir olmasin, deb hech kimga aytmaganman. Faqat singlim Xurshidaga aytganman, mabodo menga bir narsa bo‘lsa, xabaring bo‘lsin, shu yerda yotibman, lekin oyim va adamlarga hozircha aytma, ming kilometr uzoqdaman, eshitib tamom bo‘lishmasin, deb, tayinlab qo‘yganman.

    Kechasi travmatologiya bo‘limi rosa to‘polon bo‘lar ekan, turli singan-chiqqanlar, pichoq yeganlar, jarohatlanganlar, dod-voy, baqir-chaqir, xullas, Xudo ko‘rsatmasin hech kimga. Men ham qo‘rquvda tunlari yig‘lab, qaltirab tong otishini kutib o‘tirardim. Qo‘shni palatada beli singan bir ayol uvullab, dodlab chiqardi. Baxtimga Asqar yonimda edi: o‘sha qarab chiqardi kechasi bilan. Shunday qilib, reanimatsiyada 4-5 kun yotib, keyin Toshkentga yuboradigan bo‘lishdi.

    Qanday transportda yuborishga bosh qotirishdi. Samolyotda ketaman, gipsda 10 soat qanday yetib boraman, deb shu fikrda to‘xtadik. Samolyotga “nosilka”da olib chiqishdi, amallab ichkariga joylashdi. U samolyot “nosilka”ga mo‘ljallanmagan ekan. 3 nafar odam o‘tiradigan o‘rindiqqa meni yotqizib, oyoqlarim tagiga “baklajka”lar bog‘lab qo‘yishdi. Xullas, osilib, amallab Toshkentga yetib keldim…

    Uyga kelganimda ota-onam ahvolimni ko‘rganidan yig‘lasa, men eson-omon yetib kelganimga yig‘lardim. Hattoki uyda, yaqinlarim bag‘rida jon berishga ham tayyor edim. Shunday qilib, 6 oy karavotga mixlandim. Suyaklar ham yaxshi bitdi. Keyin bilsam, xorazmlik travmatologlar respublikada eng ilg‘or, Qadam og‘a esa eng kuchli mutaxassis ekan. Xudoga ming shukr, mana 14 yil bo‘lsa ham haligacha og‘riq umuman yo‘q.

    O‘sha paytda bu ish tagiga bir kun yetaman, bir kun baribir voqeaning asl sabablarini o‘rganaman, deb yurar edim. Chunki bu holatdan keyin bir qancha vaqt o‘tib, viloyatda ancha odamlar qamaldi. Lekin baribir nima bo‘lganini haligacha tushunib yetmadim. Rizqim bor ekan, Allohga shukr, shu kungacha yetib kelib, hayotimda yana qanchadan qancha voqealar bo‘lib ketdi. Shuning uchun ham avtohalokatlarni ko‘rsam, seskanib ketaman. Bizda statistika yaxshi emas bu borada. Bu soha allaqachon pandemiya darajasiga kelib qolgan. Chunki o‘limlar soni yiliga 2 mingdan oshadi, deb eshitdim. Nima bo‘lganda ham, barchaga sog‘liq tilayman. Sog‘liq bo‘lsa, har qanday muammoga ham yechim topiladi.

    Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

    Mavzuga doir: 

    • “Axborot pandemiya paytida hayot va mamot masalasiga aylandi” – Komil Allamjonov
    • “Jazo qancha og‘irlashsa ham, jurnalist yoki bloger yozishni baribir to‘xtatmaydi” — Komil Allamjonov ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    06.10.2020, 11:25   Izoh (0)   27094
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nishon tumani hokimi: “Biz belgilangan ishlarni vijdonan bajarganmiz, ammo raqamlar statistikada qanday aks etayotgani bilan qiziqmaganmiz”

    06.10.2020, 10:42

    Nishon hokimi matbuot kotibiga faoliyatida foydalanish uchun ish qurollari olib berishga va’da berdi

    06.10.2020, 10:12

    Samarqandda buvisining 40 ming dollar puli va 10 ming dollarlik taqinchoqlari uchun bosqinchi yollagan ayol qo‘lga olindi

    06.10.2020, 09:11

    Jizzaxda sinfdosh qizlarni mashinada sayr qildirmoqchi bo‘lgan 9-sinf o‘quvchisi YTH sodir etdi (video)

    06.10.2020, 08:30

    O‘zbekistonda biometrik pasport o‘rniga beriladigan ID-kartada fuqaro millati haqidagi yozuv bo‘lmaydi

    06.10.2020, 08:09

    Rossiyaning Qozon shahridan 700 ga yaqin o‘zbekistonlik avtobuslarda vatanga qaytarilmoqda

    06.10.2020, 07:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “O‘zbekgidroenergo” AJ – mintaqaning ESG yetakchilari cho‘qqisida


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi


    School 21 O‘zbekistonda ilk Tug‘ilgan kunini nishonladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ozon’dan o‘zbekistonliklar sotib olayotgan eng noodatiy 10 buyum

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Turkiyadagi terakt, isroillik ruhoniyning o‘ldirilishi, Shvetsiyadagi fojia — o‘zbekistonliklar aybdor deb topilgan eng yirik terroristik harakatlar

    19.12.2024, 20:29
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.