Dunyoga mashhur Kenzo modalar uyi asoschisi, modelyer Kenzo Takada 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: BBC

Kenzo Takada Fransiyadagi shifoxonada olamdan o‘tgan. U 1965-yilda Tokiodan Fransiyaga ko‘chib o‘tgan edi.

Uning 1970-yilda Parij shahrida namoyish etgan ayollar liboslari to‘plami katta qiziqishga sabab bo‘lgan edi.

Elle moda jurnali o‘z muqovasida Kenzoning ko‘rgazmasidagi modellardan birining suratini e’lon qildi. Birinchi muvaffaqiyatdan so‘ng Kenzoning moda olamidagi karyerasi tezkorlik bilan rivojlandi.

Kenzo Takada 1999-yilda modalar uyidan ketdi. Hozirda Kenzo LVMH konserni tarkibiga kiradi. Uning kreativ direktorlari — Nyu-Yorkning Opening Ceremony markasi asoschilari Umberto Leon va Kerrol Lim hisoblanadi.