• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Saida Mirziyoyeva “Mendirman Jaloliddin” seriali haqida: Kun kelib tarixiy shaxslar haqidagi film suratga olinishiga o‘z hissamni qo‘shaman, derdim

    Tashkent City’da “Mendirman Jaloliddin”  tarixiy serialining birinchi qismi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ma’lum qildi.

    Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva

    Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva

    Taqdimotda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayya Er, “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bo‘zdag‘ va “Orient Finans Bank” boshqaruv kengashi raisi Bobur Parpiyev tarixiy serial, uning suratga olish jarayonlari haqida gapirdi.

    Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, loyiha rahbari Saida Mirziyoyeva serial g‘oyasining qo‘llab-quvvatlash sababi, pandemiya sabab serial bu yil yakunlanmay qolishidan xavotir olgani haqida gapirdi.

    Bugun nafaqat taqdimot marosimi, balki o‘zbek milliy kinochiligimizda yangi sahifa ochiladi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Umid qilamanki, bu fikrimga serialni tomosha qilib o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.

    Dadam Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlanib, biz Jizzaxdan Samarqandga ko‘chib kelganimizda, bu shahar menda qanday taassurot qoldirganini juda yaxshi eslayman. Dadam ozgina bo‘sh vaqt topdilar deguncha bizga Samarqandni ko‘rsatar, tarixiy obidalar bilan tanishtirar va buyuk tarixiy shaxslar haqida so‘zlab berar edilar.

    Bo‘sh vaqtimda tez-tez o‘sha qadimiy maskanlarni ziyorat qilib, buyuk qahramonlar hayotini o‘rganar edim. Shohi Zinda, Bibixonim, Registon maydonida yurar ekanman, xayolimda o‘sha tarixiy davrlarni tasavvur qilar edim. Go‘yo atrofimda bir necha asr oldingi hayot qaynayotgandek, sershovqin bozorlar, otlarning kishnashi va saroy sahnalari, tasavvurimdagi o‘sha ajib voqealar xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan.

    Bir kun kelib, imkoni bo‘lishi bilanoq o‘tmishdagi buyuk tarixiy shaxslar haqida biror film olinishiga o‘z hissamni qo‘shaman, degan niyat bo‘lar edi. Chunki, faqat filmlar orqaligina o‘sha manzarani tasvirlab berish mumkin, deb o‘ylardim. Bir so‘z bilan aytganda, mening tarixga bo‘lgan qiziqishim aynan Samarqanddan boshlangan.

    Yillar o‘tib, taqdir taqozosi bilan men O‘zbekiston imijini xorijiy davlatlarda shakllantirish, matbuot va targ‘ibot ishlariga mas’ul bo‘lib faoliyat yuritishni boshladim. Shu asnoda bundan bir yarim yil oldin hozirgi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi haqida turk hamkasblari bilan serial suratga olish taklifi berildi.

    Albatta, biz bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladik. Chunki, o‘zingiz yaxshi bilasiz, afsuski, o‘zbek milliy kinochiligida tarixiy shaxslar, buyuk allomalarimiz hayotiga bag‘ishlangan seriallar deyarli yo‘q darajada. Seriallar yaratilishi esa nafaqat tarixni o‘rganish, balki buyuk bobolarimiz hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Bunday seriallar har bir o‘zbek millati vakilida milliy g‘ururni shakllantiradi, o‘zbek xalqining qaddini yanada baland ko‘taradi.

    Jarayon boshlandi. ‘Orient Finans Bank’ bu loyihani to‘liq moliyalashtirishga rozi bo‘ldi. Turkiya ijodkorlari bilan hamkorlikda o‘ttiz gektarlik yerda suratga olish maydonlari yaratildi. Jaloliddin saroyi, jang maydonlari barpo etildi. O‘sha davrdagi milliy kiyimlarimiz, urf-odat va an’analarimizning har bir detallariga alohida yondashildi.

    Hammasi juda yaxshi ketayotgandi, lekin pandemiya balosi bizning ishlarimizga ham jiddiy zarar keltirdi. Karantin davrida suratga olish ishlari rejadan chiqib ketdi. Qanchadan qancha ijodkorlar Turkiyada yashab, o‘sha yerda sabr qilishlariga to‘g‘ri keldi. Ochig‘ini aytaman, loyihamizning bu yilda yakunlanishiga shubha qila boshladim.

    Lekin Allohning qo‘llab-quvvatlashi, fidoiy ijodkorlarimizning say’i-harakatlari bilan mana bugun taqdimot kuniga ham yetib keldik.

    Bugun ushbu serialning birinchi qismini namoyish qilamiz. Albatta, bu serial turli bahs, munozara, balki tanqidlarga ham uchrar. Biz bunga tayyormiz. Biz har bir fikrni hurmat qilamiz va fikrlar xilma-xilligini qo‘llab-quvvatlaymiz. Nima bo‘lganda ham oldimizga qo‘ygan har bir rejamizni bajaramiz. Bu loyihani ham uddalay oldik, deb o‘ylayman.

    Buning uchun barcha ijodkorlarga, aktyorlarimizga, homiy ‘Orient Finans Bank’ga, Madaniyat vazirligiga va shaxsan Ozodbek Nazarbekov hamda loyiha bosh prodyuseri Mehmed Bozdag‘ga katta rahmat aytmoqchiman. Yana bir bor g‘urur bilan aytaman, biz uddaladik.

    Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, loyiha rahbari

    Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva

    Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva

    Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva

    Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva

    Ma‘lumot uchun, “Mendirman Jaloliddin” serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat. Loyiha rahbari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva. G‘oya muallifi hamda prodyuser O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov. Film Turkiyaning “Bozdag‘ film” kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Keng jamoatchilik uchun premyera 2021-yilning yanvar oyidan boshlanadi.

    Mavzuga doir: Ozodbek Nazarbekov 7 mln dollar sarflanayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto)

    04.10.2020, 12:19   Izoh (0)   60685
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktrisa va jurnalist Iroda Nosirova haligacha turmushga chiqmagani sababi haqida gapirdi (video)

    30.09.2020, 17:27

    “Ichgani suvi ham yo‘q — u yerdagi suv ichishga yaroqsiz ekan”. Shoir Shamsiddin Sadoiy og‘ir ahvolda Zangiotadagi YuKShda yotgani ma’lum bo‘ldi

    30.09.2020, 15:42

    Shuhrat Qayumovning o‘limi haqida asossiz ma’lumot tarqatganlarga hamkasblari tomonidan raddiya berildi (video)

    29.09.2020, 09:52

    O‘zbekistonning arman yulduzi: Tamara Petrosyan qanday qilib buyuk Tamaraxonimga aylangan?

    27.09.2020, 16:42

    Saida Rametova o‘limi bilan bog‘liq xabarlar haqida: “Yomonga o‘lim yo‘q, hali tirikman” (video)

    25.09.2020, 20:23

    Iroda Nosirova o‘z ustida “akalari” bilan garov o‘ynagan rahbarning aytganini qilmagani uchun kinoda ham “zapret”ga uchraganini ma’lum qildi (video)

    25.09.2020, 19:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.