• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    MIB Namanganda o‘zini yoqib yuborgan ayolning 13 ming dollar pulining nima sababdan undirilmaganiga izoh berdi

    2020-yilning 3-oktabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasida brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Xabarga ko‘ra, brifingda 29-sentabr kungi ijro harakatlari davomida marhuma Gulandom Dadaboyevaning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z borgan. Tadbirda byuroning Namangan viloyat boshqarmasi va shahar bo‘limi Namangan shahar IIB, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari, elektron nashrlar vakili ishtirok etgan.

    “Ma’lumki, 2020-yilning 29-sentabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli marhuma Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davrida o‘z ustiga benzin quyib yoqishi natijasida o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan edi.

    Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar va jamoatchilik e’tiborida bo‘ldi.

    Voqeani kuzatib borganlar uydan chiqishi lozim bo‘lgan marhumaning onasi Muhabbat Dadaboyevaning foydasiga qarzdor F.Nasriddinovadan 13 ming AQSh dollariga teng 131 million 991 ming so‘mni undirish to‘g‘risidagi hujjat ijrosi hozirda ta’minlanmayotganligi haqida aytib o‘tilgan edi”, – degan brifingda ishtirok etgan rasmiylar.

    Brifingda MIB Namangan viloyati va shahar bo‘limi mas’ullari hodisa yuzasidan izoh bergan.

    Foto: “Kun.uz”

    “Mas’ul xodimlar ushbu voqea tashvishli holat bo‘lganligi va marhuma Gulandom Dadaboyevaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib o‘tdi.

    Haqiqatan ham, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 2020-yil 9-iyundagi ijro hujjatiga asosan F.Nasriddinovadan undiruvchi M.Dadaboyeva foydasiga 13 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qiymatda 131 million 991 ming 470 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 27-iyunda kelib tushgan.

    Qarzdor F.Nasriddinovaning egalik huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli moliya, kredit va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorning nomida hech qanday mol-mulklar aniqlanmagan.

    Hozirda qarzdor F.Nasriddinova Namangan viloyati Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim boshqarmasiga qarashli Namangan shahar “Gulbog‘” MFY hududida joylashgan Namangan shahar 1-sonli Pedagogika kollejining yotoqxonasining bir xonasida (qo‘shimcha xonasi yo‘q), olti nafar farzandi bilan birgalikda yashayotganligi hamda yashash ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan mol-mulklar yo‘qligi aniqlangan.

    Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan moddiy zarar summalarini to‘lash talab etilishi bo‘yicha og‘zaki va rasman 18-avgustda ogohlantirilib, 28-avgustda hamda 12-sentabrda holat yuzasidan tushuntirish xati olingan.

    Bundan tashqari, 2020-yil sentabr oyi davomida qarzdorning yashash sharoiti yana o‘rganilganda, ushbu yotqoxonadagi fuqaro va mas’ul xodimlar F.Nasriddinova 2020-yilning fevral oyidan beri yashayotganligi, turmush o‘rtog‘i yo‘q, olti nafar farzandning boquvchisi o‘zi ekanligini, sharoiti og‘irligi sababli, F.Nasriddinova yashayotgan xona esa M.Akramovaning o‘g‘li A.Valijonovga tegishli ekanligi, F.Nasriddinovaning boshqa boradigan joyi yo‘qligi uchun M.Akramova unga vaqtincha yashash uchun ruxsat berganligi ma’lum bo‘lgan.

    Qarzdor F.Nasriddinovaning yotoqxonasida olingan va ehtiyojidan ortiq mol-mulki yo‘qligi haqidagi fotosuratlar ham mavjud

    Qarzdor F.Nasriddinovaning yotoqxonasida olingan va ehtiyojidan ortiq mol-mulki yo‘qligi haqidagi fotosuratlar ham mavjud
    Foto: “Kun.uz”

    (Bu holat yotoqxonada yashovchi fuqaro va yotoqxona mas’ullaridan olingan tushuntirish xatlari bilan tasdiqlangan).

    Holat bo‘yicha xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan va xonadon fotosuratga olingan hamda ijro ish hujjatlariga qo‘shilgan.

    Davlat ijrochisining qonunchilikda yo‘l qo‘yiladigan barcha harakatlari natijasiz bo‘lganligi sababli ijro hujjatining ijrosini ta’minlash imkoni bo‘lmagan. Shunga qaramasdan ijro harakatlari davom ettirilmoqda”, – deyilgan MIB matbuot xizmatining ma’lumotida.

    Avvalroq marhuma Gulandom Dadaboyeva o‘ziga o‘t qo‘yib shu tarzda ikki yarim yil muqaddam sotib olingan uyidan majburan chiqarmoqchi bo‘lgan MIB xodimlariga noroziligini bildirgan ayol vafot etgani, keyinchalik voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgandi.

    03.10.2020, 21:42   Izoh (0)   72455
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 31 nafar fuqaro “kondensat ishi”da ayblanmoqda. Ularga IIB mas’uli yordam bergani aytilmoqda

    03.10.2020, 20:24

    Tanzila Norboyeva Toshkent viloyati bosh infeksionistiga qo‘llanilgan ehtiyot chorasiga munosabat bildirdi

    03.10.2020, 15:23

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya va Koreya prezidentlariga tabrik yo‘lladi

    03.10.2020, 13:21

    Tanzila Norboyeva: “Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak”

    03.10.2020, 12:24

    Qibrayda o‘ziga tanish ayolning uyida bosqinchilik sodir etgan erkak 3 yildan so‘ng ushlandi

    03.10.2020, 10:23

    Buxoroda “Usmon ibn Affon” jome masjidi ochildi

    03.10.2020, 09:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.