Samarqand viloyati Toyloq tuman ma’muriy sudi raisi Timur Irgashev vafot etdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy sud jamoasi marhumning oila a’zolariga ta’ziya bildirgan. Xabarda uning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.
Avvalroq Yashnobod tuman sudining yosh xodimi, Qorao‘zak tuman sudi raisi Muhammetdin Niyetullayev va Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi vafot etgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)