• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘istonda tegishli sohalarga 3 yillik soliq imtiyozlari beriladi

    Nukusda 2-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 8-sessiyasi ish boshladi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda. Yig‘ilishda Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges raisi lavozimiga Murat Qallibekovich Kamalov nomzodi tavsiya etilgan va Prezident bu nomzodga o‘z roziligini bildirgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Ta’kidlanishicha, oxirgi to‘rt yilda o‘nlab yirik to‘qimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa zamonaviy sanoat korxonalari qurilishi hisobiga Qoraqalpog‘istonda ishlab chiqarish hajmi 2 barobar o‘sgan. Yangi suv tarmoqlari qurilishi natijasida aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 40 foizdan 67 foizga yetdi. 241 ta maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari yangidan qurildi, kapital ta’mirlandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovni Jo‘qorg‘i Kenges raisligiga saylangani bilan tabriklab, o‘ta mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyat tiladi.

    “Yangi rahbar faoliyatining eng muhim yo‘nalishi “xalqning dardini eshitish va masalalarini hal etish” bo‘lishi kerak. Buning uchun tinimsiz izlanish, mehnat qilish, xalq bilan maslahatlashib ishlash zarur. Qoraqalpog‘istonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoshlar ko‘p. Ularni birlashtirib, natija qilish, el-yurtga manfaat olib kelish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Qoraqalpog‘istonda barcha sohalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos “o‘sish nuqta”si etib belgilangan.

    Prezident barcha 16 ta tumanni yanada ravnaq toptirish maqsadida mazkur “o‘sish nuqtalari” bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari 3 yil muddatga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan ozod etilishini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, taraqqiyot darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangi tashkil etiladigan sanoat korxonalariga ham 3 yil muddatga soliq va bojxona imtiyozlari beriladi.

    Har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

    Yig‘ilishda kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan o‘nta ustuvor yo‘nalish belgilandi.

    Birinchisi – tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish, ikkinchisi – aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘lsa, uchinchisi doirasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Orol muammosining salbiy ta’sirini yumshatish sa’y-harakatlari to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

    Beshinchisi etib xizmat ko‘rsatish sohasi salohiyatini to‘liq ishga solish, oltinchisi o‘laroq qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. Yettinchidan, aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ishlar tashkil qilinsa, sakkizinchidan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

    To‘qqizinchi ustuvor yo‘nalish etib yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, o‘ninchisi doirasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Prezident mamlakat yigit-qizlarini mazkur hudud hayoti bilan tanishtirish maqsadida kelgusi yili Qoraqalpog‘istonda Yoshlar festivali tashkil etish taklifini bildirdi.

    Mavzuga doir: “U otasining ishlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb ishonaman” — Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning yangi rahbari haqida

    02.10.2020, 17:10   Izoh (0)   26976
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘iston sobiq rahbarining o‘g‘li, respublika DXX sobiq rahbari. Murat Kamalov haqida

    02.10.2020, 16:43

    O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘qish jarayonlarining qisman an’anaviy shakliga ruxsat berildi

    02.10.2020, 16:26

    Andijonda avtomobilida YTH sodir qilgan IIB xodimi kaltaklandi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi

    02.10.2020, 16:10

    Namanganda MIB xodimlariga norozilik bildirib, o‘zini yoqib yuborib halok bo‘lgan ayol voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    02.10.2020, 15:58

    Toshkentda KfW’ning mahalliy byurosi ochiladi

    02.10.2020, 15:26

    Qoraqalpog‘istonning barcha rahbarlari — bitta suratda

    02.10.2020, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.