Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (AMK) O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarning reklamasiga ruxsat berishni taklif qildi. Bu taklif amaldagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasida qayd etilgan.

Foto: “Daryo”

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunning har qanday kuchli tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni reklama qilishni taqiqlovchi 23-moddasiga “O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ko‘pikli va tabiiy sharob reklamasidan tashqari” so‘zlari bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Quyidagi hollarda mahalliy vino mahsulotlarining reklamasiga ruxsat berish rejalashtirilmoqda:

  • mehmonxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari savdo zalining ichki qismida hamda mahsulotlarni namoyish va degustatsiya qilish joylarida;
  • axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini ko‘rsatgan holda ishlab chiqaruvchi va savdo korxonalarining rasmiy veb-saytlarida;
  • temiryo‘l va havo transporti vositalarida;
  • televideniyeda mahalliy vaqt bilan soat 22:00 dan 07:00 gacha namoyish qilinishiga.

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari, jumladan, vino reklamasi 2010-yildan buyon taqiqlangan edi.