Turmush o‘rtog‘ining siyosat bilan shug‘ullanishi quyidagi birinchi xonimlarning modaga bo‘lgan ixlosini qaytara olmaydi, aksincha tadbir va rasmiy uchrashuvlar bahonasida qanchalik did va uslubga ega ekanliklarini namoyon qilish imkonini beradi.
Melaniya Tramp
Foto: Cosmopolitan
AQShning amaldagi prezidenti rafiqasi Melaniyaning kelib chiqishi sloveniyalik. Sobiq fotomodel Donald bilan 1999-yilda u rahbarlik qilgan Allure jurnaliga suratga tushish vaqtida tanishgan.
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Oradan 5 yil o‘tib esa ular turmush qurgan. Turmush o‘rtog‘idan 24 yosh kichik bo‘lgan Melaniya oila qurganida 34 yosh bo‘lgan.
Brijit Makron
Foto: Cosmopolitan
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Ozerdan 24 yosh kichik. Emmanuel o‘zining 40 yoshli fransuz tili o‘qituvchisini yoqtirishini bilgan ota-onasi ularning munosabatlariga qarshilik qilgan va ularni ajratish uchun o‘g‘lini Parijga jo‘natgan.
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Bu vaqtda Makron va Brijitning munosabatlari maktublardagi yozishmalar orqali davom etgan. Munosabatlar 2007-yilda nikoh bilan mustahkamlangan. Oradan o‘n yil o‘tib esa Makron Fransiya prezidenti etib saylangan.
Mehribon Aliyeva
Foto: Cosmopolitan
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning rafiqasi Mehribon Aliyeva tibbiyot universitetini qizil diplom bilan bitirgan va talabalik davrida bo‘lajak prezidentga turmushga chiqqan.
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Avvaliga Moskvada ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan Mehribon keyinchalik xayriya ishlari bilan shug‘ullangan. Hozirgi vaqtda u BMT va YuNESKOning ko‘ngilli elchisi va mamlakatdagi kiyinish borasidagi eng didli ayol hisoblanadi.
Anxelika Rivera
Foto: Cosmopolitan
Meksikaning 2012-2018-yillardagi prezidenti Enrike Pena Netoning sobiq rafiqasi Meksika seriallarining yulduzi hisoblanadi. U 2010-yilda Enrike bilan turmush qurgan va oradan ikki yil o‘tib turmush o‘rtog‘i prezident bo‘lgan.
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Har ikkisining ham avvalgi turmushidan umumiy 6 farzandi bo‘lgan va juftlik 2019-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan.
Agate Kornxauzer-Duda
Foto: Cosmopolitan
Polsha prezidenti Anjey Dudaning rafiqasi nemis tili o‘qituvchisi bo‘lgan. Ammo turmush o‘rtog‘iga saylovoldi jarayonlarda yordam berish uchun litseydagi faoliyatini tugatgan.
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Ular maktab davrida bitiruv kechasida tanishib qolgan.
Shantal Biyya
Foto: Cosmopolitan
Kamerun prezidenti Pol Biyyaning rafiqasi kiyinish borasida boshqalarga o‘xshamaganligi bilan ajralib turadi.
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Uning kiyinish uslubi boshqalarga tushunarsiz va g‘arb OAV uchun hamisha mavzu ekaniga qaramay, o‘z mamlakati aholisi uchun moda borasida ilhom olsa bo‘ladigan ayollardan hisoblanadi. Turmush o‘rtog‘idan deyarli 40 yosh kichik bo‘lgan Shantal xayriya ishlari va xalqaro tashriflarga ham vaqt ajratadi.
Mavzuga doir:
- Yuksak kiyinish madaniyati va nozik didga ega 5 malika
- Foto: XX asr go‘zallik timsollari qanday kelinlik libosida turmushga chiqqan?
- Melaniya Tramp kimning obrazini ko‘chiradi?
- Shayx va qirollar rafiqalari qanday soch turmaklarini ma’qul ko‘radi? (foto)
- Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdulla kiyinishda alohida e’tibor beradigan 7 jihat (foto)
- Shahzoda va malikalarning go‘dakligida olingan suratlari (foto)
- Ivanka Trampning Keyt Middlton, Megan Markl va boshqa malikalardan ko‘chirgan obrazlari