• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirus raqamlarining o‘sishi, Belarusdagi yashirin inauguratsiya, Qorabog‘da urush. Sentabr oyi yakunlari

    Koronavirus bilan bog‘liq holatlarning o‘sishi, Belarusdagi Lukashenkoning sirli inauguratsiyasi va namoyishlar, Afg‘onistondagi tinchlik bo‘yicha Doha muzokaralari va Qorabog‘dagi urush bilan esda qolgan sentabr oyi ham nihoyasiga yetdi. An’anaga muvofiq, oy yakunlarini sarhisob qilamiz. 

    Mavzuga doir:

    • Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?
    • Chegara bilmas koronavirus, Idlibdagi mojaro, Oltinsoy voqealari, “Oskar”ni egallab olgan “Parazitlar”. Fevral nimalari bilan esda qoldi?
    • Karantindagi dunyo. O‘zbekistonda koronavirus qanday kutib olindi? Mart oyining yakunlari
    • Chekinishni istamayotgan COVID-19 va karantindan voz kechayotgan Yevropa. Aprel oyi yakunlari
    • Sardoba voqealari va tarqalishda davom etayotgan koronavirus. May oyi yakunlari
    • Koronavirusdan yangi raqamlar, So‘x voqealari, yomonlashayotgan Janubiy va Shimoliy Koreya aloqalari. Iyun oyi yakunlari
    • Koronavirusning hujumi, Avliyo Sofiyadagi ilk juma namozi va Putin bilan Furgal orasidagi mojaro. Iyul oyi yakunlari
    • Afg‘onistondagi terakt, Livan inqirozining “portlashi” va Belarusdagi muammoli saylov. Avgust oyi yakunlari

    Koronaxabarlar

    Sentabr oyida dunyo bo‘yicha kasallanish holatlari soni oshib borishi fonida Xitoyda kasallikka qarshi ommaviy emlash boshlangani ma’lum qilindi. Biroq vaksinaning xavfsizligi va samaradorligi hali isbotlanmadi. Xitoyliklar ushbu vaksinani iyul oyidan boshlab qabul qilishni boshladi.

    Foto: Google Photos

    Xitoy milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi a’zosi Chjen Chjunvey Xitoy vaksinasi odamlarda qo‘llanishdan oldin JSST tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini aytdi. Xavfli kasblarga ega bo‘lgan ba’zi odamlar, masalan, tibbiyot xodimlari vaksinani 22-iyuldan boshlab qabul qildi.

    Kasallikning ilk bosqichlarida ikkinchi o‘choq bo‘lgan Yevropada esa ko‘plab davlatlar oy davomida bir qator cheklovlarni qaytadan joriy qilgan edi. Kunlik kasallanish holatlari esa Buyuk Britaniyada ikki baravar, Fransiyada to‘rt baravar ortgani ma’lum qilindi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashgani sababli Fransiya poytaxti Parij va mamlakatning yana 10 dan ortiq shahrida 28-sentabrdan boshlab yangi cheklov choralari amal qiladi. Bayram va ko‘ngilochar tadbirlar, jumladan, nikoh marosimlari, festivallar, talabalar kechalarini o‘tkazishga cheklovlar joriy qilindi.

    Barlarning tungi soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha ishlashi taqiqlandi. Yopiq inshootlardagi sport zallari va sport markazlari yopildi. Kinoteatrlar, muzeylar va teatrlar qat’iy xavfsizlik choralariga amal qilgan holda ishini davom ettirishi mumkin. Suv havzalari ham tashrif buyuruvchilar uchun ochiq qoladi.

    Buyuk Britaniyaning Tesco savdo tarmog‘i mamlakatda karantin choralarining kuchaytirilishi munosabati bilan bir qator mahsulotlarning bir kishiga sotiladigan miqdoriga nisbatan cheklovlarni qayta joriy qildi. Cheklovlar do‘konlardagi ajiotaj va zaxiralar tugab qolishining oldini olish maqsadida o‘rnatildi. Endi xaridorlar un, makaron mahsulotlari, hojatxona qog‘ozi, bolalar va antibakterial nam salfetkalarni uch qadoqdan ortiq sotib ololmaydi. Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, shu tariqa har bir xaridor zarur narsalarni xarid qilishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

    Bundan tashqari, WM Morrison savdo tarmog‘i ham bir qator mahsulotlar, jumladan, hojatxona qog‘ozi va antiseptik vositalarga nisbatan “bir kishiga uch qadoq” cheklovini joriy qildi. Buyuk Britaniya hukumati koronavirus bilan kasallanish holatlari sonining oshishi munosabati bilan bir qator cheklovlar joriy qildi: bar va restoranlarning ish vaqti cheklandi, ofis ishchilari masofadan ishlashga o‘tdi. Mamlakatning alohida hududlarida cheklangan karantin joriy qilinmoqda.

    Foto: Reuters

    Estoniya hukumati COVID-19 bilan kasallanganlar va ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin talablarini 2020-yilning 31-dekabrigacha uzaytirish haqida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar tashxis qo‘yilganidan boshlab tuzalgunigacha doimiy yashash joyidan chiqishi mumkin emas. Tibbiyot yoki politsiya xodimining ko‘rsatmasiga asosan tibbiy maqsadlar yoki inson hayotiga xavf soladigan favqulodda vaziyatlarda istisnoga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Mehmonxonalar yoki mamlakatga kelgan xorijliklar uchun mehmon uylari ham doimiy yashash joyi hisoblanadi.

    Isroil ham 25-sentabrdan boshlab karantin cheklovlarini kuchaytirishga qaror qildi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ko‘rilgan choralarni “germetik” karantin deb atadi. Jiddiy cheklovlar ikki hafta davomida amal qiladi, keyin ularni bekor qilish yoki uzaytirish masalasi hal qilinadi. Karantin davrida faqat oziq-ovqat do‘konlari va zarur mollarni sotadigan do‘konlar ishlashni davom ettiradi.

    Rossiyada esa taxminan ikki yoki uch haftalardan keyin kasallikning yangi cho‘qqisi kuzatilishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar markazining statistika va modellashtirish bo‘yicha mutaxassisi Agasi Tavadyan ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarga ajratilgan koykalar hozirgi kunda 89 foizga to‘ldi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsov aytib o‘tdi.

    Kasallik bilan bog‘liq vaziyat Hindistonda jiddiy tus oldi. Mamlakatda kasallanganlar soni shu oy boshida to‘rt million, oy o‘rtalarida besh milliondan oshgan bo‘lsa, oy oxiriga kelib olti milliondan oshgani ma’lum qilindi. Shu bilan birga, kasallikdan tuzalganlar soni besh millionni tashkil qilmoqda.

    Dunyo bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni ham bir milliondan oshib ketdi. Eng ko‘p o‘lim holatlari AQSh (210 ming kishi), Braziliya (143 ming kishi) va Hindistonda (97,5 ming kishi) qayd etildi. Dunyo bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni 33,8 million kishidan ortiqni tashkil etmoqda, hozirgacha ularning 25 million nafardan ortig‘i sog‘ayib ulgurdi.

    Kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha AQSh hamon yetakchi bo‘lib turibdi — u yerda COVID-19 ni yuqtirib olish bilan bog‘liq 7,4 millionta holat qayd etildi. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (6,2 million bemor), uchinchi o‘rinda esa Braziliya (4,7 million bemor). Rossiya koronavirusga chalinish bo‘yicha jahon statistikasida to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Virusga qarshi kurash bo‘yicha milliy shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1,1 milliondan ortiq bemor aniqlandi, 945 ming kishi sog‘aydi, yana 20 ming kishi esa kasallik asoratlaridan vafot etdi.

    Belarusdan xabarlar

    Belarusda shu yilning 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari ortidan kelib chiqqan norozilik namoyishlari davom etmoqda. Avgust oyidagi kabi kunlik namoyishlar o‘tkazilmayotgan bo‘lsa-da, haftaning har shanba va yakshanba kunlari ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Shanba kuni ayollar namoyish o‘tkazayotgan bo‘lsa, yakshanba kunlari ma’lum bir nom ostida butun xalq namoyishga chiqmoqda.

    Foto: Telegram / “Pul pervogo”

    Ana shunday namoyishlar fonida yangi saylangan prezident Aleksandr Lukashenko 23-sentabr kunidan boshlab rasman prezident sifatida ish boshladi. Uning inauguratsiya marosimi yashirin tarzda o‘tkazildi.  Lukashenko o‘ng qo‘lini konstitutsiyaga qo‘ygan holda belarus tilida qasamyod keltirdi. Shundan so‘ng, u qasamyod qabul qilingani to‘g‘risidagi aktni imzoladi va Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshinadan Belarus prezidenti guvohnomasini qabul qilib oldi. Marosim davlat televideniyesi orqali namoyish etilmadi

    Buning ortidan Yevropa Ittifoqining Germaniya, Slovakiya, Litva, Latviya va Estoniya kabi davlatlari Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti deb tan olmadi. Keyinroq esa Shvetsiya va Norvegiya ham uni prezident sifatida tan olmasligini ma’lum qildi. Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya esa Aleksandr Lukashenkoning Belarus prezidentligi lavozimiga yashirin inauguratsiyasiga bag‘ishlangan videomurojaat yozib, unda o‘zini belarus xalqining yagona yetakchisi deb atadi.

    Aleksandr Lukashenko o‘zining yashirin inauguratsiyasi Belarusning ichki ishi ekanini aytdi. Meduza’ning yozishicha, u shunday yo‘l bilan g‘arb davlatlarining Belarusga nisbatan “nokonstruktiv pozitsiyasi”ga munosabat bildirdi. Quyida uning so‘zlari keltirildi:

    “Qo‘shnilar Xudodan, ular tanlanmaydi va biz birga yashashga, do‘st bo‘lishga mahkummiz. Ammo, aftidan, har doim ham bunday emas. Qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Polsha qanday pozitsiyani egallaganini bilasiz. Hatto kechagi inauguratsiya bo‘yicha ham biz polshaliklar, litvaliklar, ukrainlar, chexlarga yoki boshqa birovga ushbu tadbirni o‘tkazishimiz haqida xabardor qilmaganimiz uchun qandaydir ginami, norozilikmi bor... ”

    Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga Lukashenko bilan muloqotda vositachi bo‘lishni so‘rab murojaat qildi. Murojaat Makronning Vilnyusga tashrifi oldidan qilindi va ular bir kundan keyin Vilnyusda uchrashishdi. Tixanovskaya matbuot xizmatining xabar berishicha, Makron bilan suhbatning asosiy mavzusi Belarusda yangi prezident saylovlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ldi.

    “Yevropa davlatlari Belarusda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq qolmasliklari juda muhimdir. Fransiya eng qadimgi demokratik davlatlardan biri sifatida bizni juda yaxshi tushunadi. Shu sababli men janob Makronga asosiy maqsadimiz — bu yil bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yangi erkin va demokratik saylovlarni eslatmoqchiman”, deya Tixanovskaya so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Pul Pervoy”. Yelisey saroyi matbuot xizmati uchrashuv tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot bermadi.

    Foto: “Ukrinform”

    Afg‘onistonda tinchlik bo‘yicha Doha muzokaralari

    Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 9-sentabr kuni mamlakat vitse-prezidenti Amrulloh Solihga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Uning korteji yonida bomba portlashi natijasida 10 kishi vafot etdi va 30 ga yaqin kishi jarohat oldi. Amrulloh Solihning o‘zi esa yengil jarohat oldi. Amrulloh Nosir Tolibonning diqqati qaratilgan siyosiy shaxsiyatlardan biri hisoblanadi. U bir vaqtlar fuqarolar urushi paytida qo‘mondon Ma’sudning yaqin kishilaridan biri edi.

    Ushbu hujum biror bir terrorchi guruh, jumladan, Tolibon tomonidan ham tan olinmadi. Tolibon harakati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid AFP’ga portlashda tolibonning hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi.

    Portlash 12-sentabrda Dohada boshlangan afg‘on hukumati va tolibon o‘rtasidagi ikki tomonlama tinchlik muzokaralari ortidan uyushtirildi. 12-sentabrda Qatarda AQSh bilan hamkorlikda Afg‘oniston hukumati hamda “Tolibon” o‘rtasida 20 yil ichida ilk bor vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etishga qaratilgan muzokaralar boshlangandi. Muzokaralar boshida ikki guruh a’zolari muhokamalar og‘ir va qiyin o‘tishini bildirdi.

    Afg‘oniston sobiq bosh vaziri Abdulla Abdulla Kobuldagi tinchlik jarayoni uchun mas’ul va u ikki tomon o‘rtasidagi nizoni bas qilishga chaqirdi. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yil fevral oxirlaridan beri mamlakatda kuzatilgan to‘qnashuvlarda 12 ming nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 15 ming kishi turli jarohat oldi.

    Biroq “Tolibon” siyosiy ofisi rahbari Abdul G‘ani Barodar Abdulla Abdullaning ushbu chorlovini javobsiz qoldirdi va o‘z nutqi davomida tinchlik sulhini eslab ham o‘tmadi. U Afg‘onistonda islomiy davlat qurish kerakligini aytdi va shunga chaqirdi. “Men muzokaralar va kelishuvlarda barcha Islomni hisobga olishini va Islom shaxsiy manfaatlari uchun qurbon qilinmasligini istayman”, deya bayonot berdi Abdul G‘ani Barodar.

    Muzokaralar boshlanganidan bir kun o‘tib Afg‘onistonning Qunduz va Kapisa viloyatlarida jangarilar hujumi oqibatida kamida 10 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, 1TV News xabar qildi.

    Foto: AP

    Qunduz viloyati gubernatori Ismatulla Murodiy “Tolibon” guruhi jangarilari xavfsizlik nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Hujum oqibatida besh nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafar huquq-tartibot xodimi yaralandi. Qarshi hujum vaqtida 10 nafar jangari o‘ldirildi, olti nafari esa jarohatlangani aytilmoqda.

    Kapisa viloyatidagi hujumda ham besh nafar politsiyachi, xususan, mahalliy jinoyat qidiruv boshqarmasining boshlig‘i halok bo‘ldi, yetti kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Murodiyning so‘zlariga ko‘ra, Qunduzda Imom-Sohib tumanidagi maxsus operatsiyada Afg‘oniston qurolli kuchlari “Tolibon” harakatining uch nafar a’zosi o‘ldirildi, ikki nafar jangari yaralandi.

    Eski yaraning ochilishi – Qorabog‘da urush

    27-sentabr kuni Ozarbayjonning asosan armanlar istiqomat qiluvchi Qorabog‘ viloyatida yana qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Stepanakert shahri va Tog‘li Qorabog‘ning boshqa aholi punktlari “Grad” rusumli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘qqa tutildi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tomonlari — Armaniston va Ozarbayjon mintaqada navbatdagi zo‘ravonlik avj olganida bir-birini aybladi.

    Ozarbayjon Mudofaa vazirligining xabar berishicha, soat taxminan 6:00 da Armaniston qurolli kuchlari “keng ko‘lamli provokatsiyalar amalga oshirdi” va front yaqinidagi hududlarda Ozarbayjon armiyasi va qishloqlarini shiddat bilan o‘qqa tutdi. Vazirlik halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida tinch aholi vakillari borligini ma’lum qildi. Ularning soni aniqlashtirilmoqda.

    Shu munosabat bilan Ozarbayjon qo‘shinlari butun front bo‘ylab qarshi hujum operatsiyasini boshlab, Armaniston harbiy mudofaa bo‘linmalarining 12 ta “Osa” zenit-raketa tizimlarini turli yo‘nalishlarda yo‘q qildi. O‘z navbatida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ga hujumni ozarbayjonlik harbiylar boshlaganini ma’lum qildi.

    Foto: Sputnik

    Armaniston Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashuvi ortidan butun mamlakatda harbiy holat va umummilliy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Araik Arutyunyan ham xuddi shunday choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Ozarbayjon esa umummilliy safarbarlikka hojat yo‘qligi, mamlakat armiyasi to‘liq shay holatda ekanini bildirdi. Shunga qaramay, mamlakat parlamenti bir qator shahar va tumanlarda harbiy holat joriy etish haqida qaror chiqargan.

    Janglarda artilleriya va og‘ir texnikadan foydalanilmoqda. Har ikkala nizolashuvchi tomon bir-birini ig‘vogarona xatti-harakatlar va tutashish chizig‘ini kesib o‘tishda ayblamoqda, shuningdek, muvaffaqiyatli qarshi hujum uyushtirib, dushmanning yuzlab harbiy xizmatchilarini yo‘q qilgani haqida hisobot bermoqda. Armaniston qurolli kuchlari 27-sentabr kuni Tog‘li Qorabog‘da qayta boshlangan jangovar harakatlar oqibatida 550 nafardan ortiq  o‘ldirilgan va yaralangan harbiy xizmatchini yo‘qotdi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda “Interfaks”ga Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berdi.

    Shuningdek, vazirlik to‘qnashuvlar davomida Ozarbayjon armiyasi 22 ta tank va boshqa og‘ir brontexnika, 15 ta zenit-raketa majmuasi, 18 ta uchuvchisiz uchish qurilmasi, sakkizta artilleriya qurilmasi hamda uchta o‘q-dori omborini yo‘q qilganini qo‘shimcha qildi.

    Mojaroga xalqaro hamjamiyat ham o‘z munosabatini bildirmoqda. Urush boshlangandan so‘ng dastlabki bir necha soat ichida Turkiya Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, ammo oldinroq to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida rasmiy bayonot berilmagan edi. Erdo‘g‘on 27-sentabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, Turkiya har doimgidek bugun ham Ozarbayjonning yonida ekanini aytgan, shuningdek, “Ozarbayjonga hujum qilgan” Armanistonni qoralab, uni bosib olingan hududlarni tark etishga chaqirgan.

    Armaniston 28-sentabr kuni Turkiya Ozarbayjonga janglarda qatnashish uchun mintaqaga o‘z qo‘shinlari, texnika va mutaxassislarini jalb qilgani haqida ma’lumot bergan. Mamlakatning Rossiyadagi elchisi Vardan Tog‘anyanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyadan harbiylarni mintaqaga yubormoqda. Armaniston bosh vaziri jahon hamjamiyatidan Turkiyaning Qorabog‘ ishiga aralashuviga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

    Nikol Pashinyan

    Nikol Pashinyan
    Foto: Armaniston bosh vaziri matbuot xizmati

    O‘zbekiston Ozarbayjon va Armanistonni harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda, tinch yo‘l bilan bartaraf etishga chaqirdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bosh kotibi Vladimir Norov Tog‘li Qorabog‘ nizosi keskinlashganidan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda tashkilotning veb-saytida xabar qilindi.

    “Tashkilot tomonlarning tez vaqt ichida kuch ishlatishni to‘xtatishi va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tamoyili asosida muzokaralar jarayoni boshlanishiga umid bildiradi”, deyiladi ShHT bosh kotibi Vladimir Norov bayonotida. Bundan tashqari, ShHT Ozarbayjon va Armaniston bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini bildirdi.

    Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi vaziyat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib o‘tdi. Turkiya va Afg‘oniston bu mojaroda Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Qorabog‘dagi qurolli harakatlar davom etmoqda.

    30.09.2020, 21:59   Izoh (0)   125440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvada tibbiyot oliygohlari talabalari COVID-19’ga qarshi kurashish uchun yana kasalxonalarga chaqirildi

    30.09.2020, 21:12

    Kuvaytning yangi amiri rasman taxtga o‘tirdi

    30.09.2020, 20:26

    Rossiyada yaratilgan koronavirusga qarshi ikkinchi vaksina uchun patent olindi

    30.09.2020, 20:11

    “Jim bo‘l, bola. Bu prezidentga yarashmaydi”. Donald Tramp va Jo Bayden o’rtasidagi birinchi debat bo‘lib o‘tdi

    30.09.2020, 19:12

    Disney koronavirus pandemiyasi sababli 28 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    30.09.2020, 16:58

    Ozarbayjon Qorabog‘da Armanistonning ikki mingdan ortiq askarlari o‘ldirilgani va yaralanganini ma’lum qildi. Yerevan bu Bokuning bir kunlik yo‘qotishlari deb javo...

    30.09.2020, 16:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    Dunyo | 12 may, 19:00

    Megan Marklning retseptidan jabrlangan ayol undan 10 mln dollar tovon puli talab qilmoqda

    Layfstayl | 12 may, 18:45

    Google o‘z ma’lumotlar markazlari uchun uchta yangi AES qurish buyurtmasini berdi

    Dunyo | 12 may, 18:30

    Polsha Rossiyaning Krakovdagi bosh konsulxonasini yopib, diplomatlarni chiqarib yuboradi

    Dunyo | 12 may, 18:15

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    O‘zbekistonda ahil oilalar hamda yosh kelin-kuyovlar ishtirokida “Oilalar sayli” o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 12 may, 18:00

    Fransiya 2040-yilgacha robot armiyaga ega bo‘ladi

    Dunyo | 12 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.