Pandemiya dunyoni tubdan o‘zgartirdi. Qabul qilingan choralar va o‘zini izolyatsiya qilish, O‘zbekiston telekommunikatsiya bozori uchun yangi chaqiruvga aylandi. Internetdan foydalanish oziq-ovqatga bo‘lgan talab bilan tenglashdi, chunki odamlar yakkalanib qolishdi va ular eng so‘nggi yangiliklar va voqealardan xabardor bo‘lishlari, qarindoshlarining hol-ahvollaridan xabar olishlari kerak. Shunday qilib, hayotning asosiy ehtiyojlari nafaqat butun bozor uchun, balki sanoat uchun ham chaqiruvga aylandi. Beeline Uzbekistan investitsiya dasturini davom ettirgan holda, bu chaqiruvni qabul qildi. Bunga parallel ravishda, tarmoq sifatini oshirishga, shuningdek chekka hududlardagi qamrovga qaratilgan tarmoq rivojlanishini amalga oshirdi. Aholini qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu qiyin davrda aloqa operatori hayot va biznesning uzluksizligini ta‘minlash uchun ijtimoiy yukning bir qismini o‘z zimmasiga oldi - karantin choralari qo‘llanilishi davrida ijtimoiy ahamiyatga ega resurslar trafigi uchun narxni nolga tenglashtirdi, paketlarga kiritilgan trafik hajmi oshdi, bir qator tariflarda bepul qo‘ng‘iroqlar va rouming taqdim etildi. Bundan tashqari, rag‘batlantiruvchi aktsiyalar joriy qilinib, chegirmalar va bonuslar taklif qilindi.
Kompaniya faoliyatidagi o‘zgarishlar va uning pandemiya davridagi ta‘siri, abonentlarning xizmatlar va servislarga bo‘lgan talab va ehtiyojlari va eng dolzarb masalalar haqida - Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin bilan suhbatda.
COVID abonentlarning xulq-atvoriga qanday ta’sir ko‘rsatdi, qaysi xizmatlar ko‘proq talab qilindi? Pandemiya va karantin choralarining joriy etilishi kompaniya faoliyati va umuman biznesiga ta‘sir ko‘rsatdimi?
- Bugungi kunda COVID-19’ga qarshi kurash davomida insoniyat qanday o‘zgarganligi, virus hayotimizga kiritgan yangi odatlar qachongacha bizda qolishi haqida ko‘plab munozaralar, nashrlar va turli materiallar mavjud. Albatta, koronavirusning tarqalishi foydalanuvchilarga ta‘sir ko‘rsatdi, millionlab odamlar masofadan ishlashga o‘tdilar, internet-trafik va onlayn xizmatlarga talab oshdi.
Faqat shu yilning mart oyining o‘rtalaridan iyul oyigacha mobil Internet va 4G foydalanuvchilari soni 34,2 foizga o‘sgan. Telegram messenjeri foydalanuvchilarining o‘rtacha trafigi 47,6 foizga o‘sdi. Onlayn ta‘lim va video qo‘ng‘iroqlar amalga oshiriladigan xizmatlarning sezilarli darajada o‘sishi kuzatildi. Masalan, Zoom xizmatiga trafik 82,7 foizga oshdi.
Ijtimoiy tarmoqlarga kelsak, Facebook foydalanuvchilari trafigi 29,8 foizga, Instagram’da fotosuratlarni joylashtirish va ko‘rish esa 29,3 foizga o‘sdi. Ushbu davrda Tik-Tok’ga tashriflar soni 83,9 foizga, Youtube’ning mashhurligi 31,4 foizga oshdi. Uyda bo‘lish vaqtida abonentlar ko‘proq onlayn o‘yin o‘ynashga ko‘proq vaqt sarfladilar, bu yerda o‘rtacha trafik 86,8 foizga o‘sgan.
Shuningdek, internet-trafik karantin davrida 20,8 foizga o‘sgan Beeline TV raqamli xizmatining mashhurligini ham ta‘kidlamoqchiman. Bunga faol qiziqish shu yilning mart-aprel oylarida sezilarli bo‘ldi, abonentlarimizga qulay bo‘lishi uchun biz 60 dan ortiq kanallarni tomosha qilishni bepul ta‘minladik.
O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi “qadamlar uchun Giglar” kampaniyasini yana-da ommalashtirdi. Avvalo, bu shaxsiy va jamoat transporti harakatining minimal darajaga tushirilishi bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Natijada foydalanuvchilarga hisoblangan bonuslar soni 41,6 foizga oshdi. Yuqoridagi barcha o‘zgarishlar xizmatlar narxlarining pasayishi bilan birga keldi.
Karantin choralarini joriy etish jarayonida biz nafaqat yangi loyihalarni ishga tushirdik, balki internet-trafik narxini 21,4 foizga to‘liq pasaytirdik, shuningdek ovozli xizmat narxi ham 15 foizga pasaytirildi. Shu bilan birga, kompaniya bir kunga ham tarmoq qamrovini rivojlantirish va yangi baza stansiyalarini ishga tushirishni to‘xtatmadi.
Ikkinchi savolga kelsak, afsuski, COVID-19, biznesga ta‘sir qiladi. O‘ylaymanki, aslida, bugungi kunda, O‘zbekistonda yo‘qotishlarni va faoliyatning pasayishini sezmagan bironta ham soha yo‘q. Albatta, bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz ham kutilganidan past bo‘ldi. Ammo daromad o‘sishining yetishmasligiga qaramay, biz mablag‘ va sa‘y-harakatlarimizni infratuzilma, yangi aloqa obyektlari va uskunalarga sarflashni davom ettirdik va davom ettirmoqdamiz. Ushbu jarayon yuqori darajada o‘tishi uchun biz qo‘limizdan kelganiniqilishga intilamiz. Biz doimiy ravishda abonentlarimizning mijozlar tajribasini yaxshilash, ularga raqamli xizmatlarni ko‘rsatishda ularning ehtiyojlarini o‘rganish bilan shug‘ullanamiz.
Asosiysi, ijobiy fikrlash va ayni paytda mavjud vaziyatni hisobga olgan holda real rejalar tuzish. Bizda juda kuchli, jasur va mas‘uliyatli jamoamiz bor. Va men har bir kishi o‘z ishini professional darajada bajaradigan bunday odamlar bilan ishlashdan faxrlanaman. Yaqin kelajakda biz g‘alaba qozonib, ushbu virusdan xalos bo‘lishimizga va yaqin orada hayotning odatiy ritmiga qaytishimizga ishonaman.
COVID-19 tufayli ko‘plab muassasa va tashkilotlar uy sharoitida masofadan ishga o‘tishlari kerak bo‘ldi. Bu sizning kompaniyangizda qanday o‘tdi?
- Masofadan ishlashga o‘tish jarayonning ma‘lum bir o‘zgarishini talab qildi. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun, avvalambor, call-markazini qayta qurish va masofaviy sharoitlarga o‘tish uchun vaqt kerak bo‘ldi. Ayni damda u eng yuqori imkoniyatlarda ishlamoqda. Ijobiy tomoni, masofadan turib ishlash odamlarni yollashga undaydi. Ko‘p narsa o‘z-o‘zini tashkil qilish, mas‘uliyat va ishtirok etishga bog‘liq. Tashkiliy masalalar, sifat nazorati biz uchun muhim manba hisoblanadi.Biz mijozlarimizni qadrlaymiz va yaxshi ko‘ramiz, ammo xodimlarimiz xavfsizligi ham biz uchun muhim. Aynan shu fikrlardan kelib chiqib biz, avvalambor, ularni masofadan ishlashga o‘tkazdik. Masofadan ishlashning umuman qo‘rqinchli joyi bo‘lmadi, hatto barcha tomonlar uchun ham juda qulay bo‘ldi. Ma‘lumki, “Beeline” “Veon” guruhining katta do‘stona xalqaro oilasining bir qismidir. Biz bir necha yildan buyon masofaviy formatda ishlashning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanib kelmoqdamiz, uni nafaqat “Veon” ichida, balki endi O‘zbekistonda ham qo‘llaymiz. Yana bir muhim jihat shundaki, har bir xodim o‘z ishi va daromadlarini karantin davrida, shuningdek undan keyin tiklanish davrida saqlab qoldi. Ushbu oylarda, karantin cheklovlari davrida biz abonentlarimiz uchun manfaatli bo‘lgan ko‘plab yangi tadbirlarni amalga oshirdik va shu bilan kompaniyaning bozordagi obro‘sini oshirdik. Masalan, biz SIM-kartalarni onlayn yetkazib berish va sotish bo‘yicha xizmatni ishga tushirdik.Ushbu innovatsion loyiha atigi 30 kun ichida amalga oshirildi. Aynan buning uchun o‘zimizning platformamiz - nomer.beeline.uz sayti ochildi, u yerda kerakli raqamni bron qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir hudud darajasida buyurtma berish savdo kanallari bo‘yicha taqsimlanadi: ba‘zi buyurtmalar dilerlar tomonidan, ba‘zilari bizning xodimlarimiz tomonidan yetkazib beriladi. Yetkazib berish muddati - 3 kun, ammo abonent bilan yana alohida vaqt oralig‘i muhokama qilingan holatlar ham bo‘lgan. Aytgancha, bizning eng mashhur XIT va premium STATUS tariflar qatorlari uchun raqamlar mutlaqo bepul yetkazib beriladi. Bundan tashqari, mijozlarimizga qulay bo‘lishi uchun biz saytning o‘zida yangi funksiyani qo‘shdik - raqamni bron qilgan abonentga noyob kod beriladi, uni eng yaqin savdo nuqtalaridan biriga murojaat qilganda darhol raqamni chaqirish mumkin. Karantin davrida qabul qilingan arizalar soni bo‘yicha statistikani tahlil qilishimiz shuni ko‘rsatdiki, loyihani ishlab chiqish uchun uning geografiyasini yana-da kengaytirishimiz va boshqa yetkazib berish xizmatlarini jalb qilishimiz kerak bo‘ldi.
Bu bizga qabul qilingan buyurtmalar sonini sezilarli darajada ko‘paytirishga yordam berdi va shu bilan biz raqamni mamlakatning istalgan joyiga yetkazib berishimiz mumkin. Shuningdek, SIM-kartalarni Express24, MobileZone kabi hamkorlar orqali onlayn sotish bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘ydik. Yaqin kelajakda ularning soni ko‘paytiriladi, endi biz SIM-kartalarni nafaqat Toshkentda, balki viloyatlarda yetkazib beradigan boshqa firma va tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Shunday qilib, bizning mutaxassislarimizning sa‘y-harakatlari tufayli biz ushbu tajribani butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. SIM-kartalarni yetkazib berishdan tashqari, bizning vazifalarimiz abonentlar uchun aksessuarlar, qurilmalar, telefonlarni yetkazib berishni o‘z ichiga oladi, shu bilan har bir abonent o‘z uyida va qulay sharoitda operator xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda bizning abonentimiz bo‘lishni istagan mijozning ofisda bo‘lishini minimal darajaga tushirish maqsadida biz onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tish tizimini rivojlantirish ustida ish olib bormoqdamiz.
So‘nggi paytlarda call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoniyati yo‘qligi haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi. Buning sababi nimada?
Biz xizmat ko‘rsatish va mijozlar tajribasi masalalariga katta e‘tibor beramiz. Ehtimol, mamlakatda karantin choralari va o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish tizimini joriy qilish bilan bog‘liq so‘nggi voqealar tufayli, call-markazga qo‘ng‘iroqlar soni ko‘paygan va ulanishda ma‘lum qiyinchiliklar bo‘lgan. Ammo, shunga qaramay, call-markazning ishi uzluksiz rejimda olib borildi va bir daqiqa ham to‘xtamadi.Bugungi kunda ko‘plab masalalarni call-markazga qo‘ng‘iroq qilmasdan, masalan, Beeline Uzbekistan mobil ilovasi yoki IVR (interaktiv ovozli tizimlar) yordamida hal qilish mumkin. Beeline Uzbekistan call-markazining 0611 raqamidan tashqari (shahar telefonlari va boshqa kompaniyalar abonentlari uchun +998901850055), abonentlar biz bilan bog‘lanish uchun Telegram operatorini tanlashlari mumkin. Agar abonentga biriktirilgan fayllar bilan rasmiy so‘rov qoldirish kerak bo‘lsa, elektron yordamchilarning xizmatlaridan 0611@beeline.uz elektron manzili orqali foydalanish mumkin. 0621 raqami yordamida “menga qayta qo‘ng‘iroq qiling” yoki “qayta aloqa” xizmati bilan SMS orqali qo‘ng‘iroq uchun buyurtma berish ham mumkin. Kompaniya xodimi 24 soat ichida abonent bilan bog‘lanadi. Bundan tashqari, abonentlar Facebook, Instagram, OK.ru va Twitter ijtimoiy tarmoqlaridagi korporativ sahifalar orqali mutaxassis bilan bog‘lanishlari mumkin. Biz hamma uchun ochiqmiz va har doim har qanday yordam berishga tayyormiz!
Nega yana “4G? Unda Beeline” mavzuga qaytdingiz?
- Shuni eslatib o‘tishim joiz, 2008 va 2014-yillarda 3G va 4G tarmoqlarini tijorat foydalanuviga birinchi bo‘lib aynan Beeline joriy qilgan va deyarli bir yil oldin u yana birinchi bo‘lib beshinchi avlod aloqa standartini sinovdan o‘tkazgan. Ammo 5G hali ham yaqin kelajakning masalasidir, va ayni damda bizning mijozlarimiz LTE va UMTS asosidagi xizmatlarga ehtiyoj sezmoqdalar. Va biz to‘rtinchi avlod texnologiyasiga ishonamiz, chunki bu bizning abonentlarimizga multimedia o‘tkazish, video qo‘ng‘iroqlarlarni amalga oshirish va mobil TVlarni tomosha qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bu ma‘lumot uzatishning yuqori tezligi va Internet-resurslarga tez ulanish bilan bog‘liq. Shuningdek, LTE tarmog‘ini rivojlantirish tezkor va barqaror tarmoqlarga qaraganda ko‘proq qamrovni ta‘minlaydigan afzalliklarga ega. Kelajakda bunga yana-da ko‘proq mablag‘ sarflashni rejalashtirganmiz. Zotan, Beeline Uzbekistan ma‘lumotlarining 70 foizdan ko‘prog‘i 4-avlod tarmog‘ida amalga oshiriladi. Bizning fikrimizcha, 4G endi uzoq yoki yaqin kelajak masalasi emas, bu bizning haqiqatimiz. Bugungi kunda har bir abonent o‘rtacha 2 yoki hatto 3 barobar ko‘proq Internet-trafikni iste‘mol qila boshladi. Shuning uchun biz tomondan 4G tarmog‘ining keng miqyosda rivojlanishi mavjud abonentlar va yangi foydalanuvchilarning yangi xizmatlarga bo‘lgan talabni sifatli qondirish imkonini berdi. Shunday qilib, mavjud tarmoqni modernizatsiya qilish va yangi baza stantsiyalarini joriy etish, transport tarmog‘ini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar va chastota resursidan samarali foydalanish hisobiga foydalanuvchi uchun o‘rtacha tezlik oshirildi.
Hozir yangi xizmatlarning ishga tushirilishi bilan tarmoqdagi yuk yanada ortadi, ammo biz buning ustidan chiqa olamiz. Bu yo‘nalishdagi ishlarning asosiy ko‘lami bizni yaqin oylarda, shu jumladan hududlarda ham kutmoqda. Bu yil 500 ga yaqin yangi aholi punktlarini 4G tarmog‘i bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Hali bu hammasi emas.
Yaqinda biz 4G bonuslarini, shuningdek, bozorda noyob mahsulotni - bir kunlik yoki bir oylik foydalanish mumkin bo‘lgan cheksiz 4G internetini ishga tushirdik. Foydalanuvchi o‘zi uchun kerakli va qulay to‘plamni tanlaydi va Internetdan kecha-kunduz tezlik cheklovisiz foydalanadi. Shuni aytmoqchimanki, biz abonentlarimizga har doim 4G bozorida eng yaxshi narxlarni taqdim etamiz. Shuning uchun, “4G? Unda Beeline” deymiz.
2019-yilda siz butun respublika bo‘ylab kompaniya tarixidagi eng yirik bazaviy stansiyalarning faol qurilishini boshladingiz. Karantin davrida yangi tarmoqlarni qurish bo‘yicha ishlar davom etdimi? Chet eldan uskunalar olib kirishda qiyinchiliklar bo‘ldimi?
- Kompaniyamiz doimiy ravishda aloqa va mobil Internet sifatini yaxshilash uchun tarmoqlarni jadal qurish va yangilashni davom ettirdi. Shaxsan men uchun, kompaniya rahbari sifatida, texnologik yetakchilikni saqlab qolishimiz, qaysidir ma‘noda sohaning lokomotivi bo‘lishimiz muhim. 2019-yil biz uchun tarmoqni kengaytirishda rekord yil bo‘ldi. Bugun biz o‘z oldimizga yana-da ulkan maqsadlarni qo‘ydik, chunki bizning strategiyamizning asosi aloqa sifati va xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashdir. 2020-yilda qurilish hajmi o‘tgan davrdagi natijalarimizdan nisbatan oshib ketdi.
Albatta, mamlakatda karantin choralarining joriy etilishi bu ishga ma‘lum darajada ta‘sir ko‘rsatdi, ammo uni to‘xtata olmadi. Bizning abonentlarimiz har doimgidan ham barqaror va sifatli xizmatga, uyali aloqa xizmatlariga ehtiyoj sezayotganini tushunamiz. Bu, avvalo, O‘zbekiston aholisini COVID-19 tarqalishiga qarshi ko‘rilgan choralar to‘g‘risida o‘z vaqtida va har tomonlama xabardor qilish, onlayn ta‘lim, respublikada va undan tashqarida bo‘lgan qarindoshlari va do‘stlari bilan bo‘sh vaqt o‘tkazish va muloqot qilishni ta‘minlash uchun zarurdir. Shunday qilib, 2020-yil boshidan buyon kompaniya 2 mingdan ortiq turli xil texnologik baza stantsiyalarini ishga tushirdi. Kompaniya yil oxiriga qadar 800 ga yaqin yangi aloqa vositalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Joriy yilda 4G tarmog‘i 75 foizga o‘sdi, bu nafaqat qamrov hajmini oshirish, balki tarmoqni sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. 4G tarmog‘idagi o‘rtacha tezlik yil boshidan beri 45 foizga oshdi. Shu bilan birga, o‘tgan yil davomida LTE tarmog‘idagi trafik ikki baravarga oshdi. Mening fikrimcha, innovatsiya biznesning barcha jabhalarini qamrab olishi va ba‘zida yana-da murakkab muammolarni hal qilishi kerak. Mintaqalarda elektr quvvati bo‘lmaganda, tayanch stantsiyalarning uzluksiz ishlashini ta‘minlaydigan quyosh batareyalariga asoslangan muqobil energiya ta‘minoti manbalari bilan muvaffaqiyatli misolni eslaylik - Beeline ushbu tashabbusda birinchi bo‘lgan. Hozir ham biz nostandart yechimlar ustida ishlashni davom ettirmoqdamiz.
Abonentlarning soni pasayishi haqida fikringiz qanday? Hozir Beeline uchun nimalar muhim va diqqat markazida - bazaviy stantsiyalarning o‘sishimi yoki yana boshqa masalalar?
- Keling, aniqroq aytaylik. Abonent bazasi kompaniyadan chiqib ketgan va unga kelgan abonentlardan tuziladi. Birinchidan, kompaniyani tark etgan abonentlar o‘tgan yilgiga qaraganda kamroq va bu bizni xursand qiladi. Ikkinchidan, kompaniyaga kelgan abonentlar soni o‘sib bormoqda, ammo SIM-kartalar sonida bu o‘tgan yillarga qaraganda kamroq. Biz dilerlik tarmog‘idagi tariflar va shartlarni haqiqiy abonentlar uchun qiziqarli bo‘lishi va oqilona raqobatlashishi uchun o‘zgartirdik. Biroq, biz sotishda bo‘sh SIM-kartalar bilan bazani sun‘iy ravishda “to‘ldirishga” qarshimiz. Va bu bizning tanlovdir! Ha, raqamlar bo‘yicha bu bazaning pasayishini ko‘rsatadi, ammo paradoks shundaki, baza yaxshilanmoqda!
Umuman aloqadan foydalanmaydigan yoki uch oy ichida bitta qo‘ng‘iroqni amalga oshiradigan bo‘sh SIM-kartalar mavjud emas. Odatda bu dilerlarning ish haqi oshishi yoki operatorning bazasi o‘sishini ko‘rsatish maqsadidagi savdolarning bir qismidir. Yuqorida aytib o‘tganimdek, biz faqat hisobot ko‘rsatgichlari uchun bazani ko‘paytirish va buning uchun hamkorlarga asossiz ravishda katta xarajatlar ketgazish, shuningdek bo‘sh SIM-kartalar uchun qo‘shimcha soliqlar to‘lash tarafdori emasmiz. Ushbu mablag‘larni bazaviy stantsiyalar va yangi mahsulotlar qurilishiga sarflaymiz. Buni bizning xizmatlarimizdan foydalangan abonent qadrlaydi. Hisobotlarda chiroyli raqamlarni namoyish qilganimiz uchun abonentlar bizga minnatdorchilik bildirmaydilar. Ushbu yondashuvni har kim o‘ziga xos tarzda talqin qilishi mumkin, ammo haqiqat shundaki, biz qog‘ozdagi raqamlarga emas, balki mijozlar ehtiyojiga qarab qiymat hosil qilamiz.
Biz o‘z abonentlarimiz uchun dasturlarni faol ravishda takomillashtirmoqdamiz. Beeline Club 2.0 sadoqatlik dasturi, Beeline TV (beelinetv.uz), Beeline Music (music.beeline.uz), Beeline Pressa (pressa.beeline.uz), Beeline Games (app.beeline.uz), Beepul mobil to‘lovi (beepul.beeline.uz) - yaqin kelajakda ushbu dasturlardan nafaqat bizning mijozlarimiz, balki boshqa operatorlarning abonentlari ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu yil biz mobil moliya, raqamli kontent sohasida qulay va bozorimiz uchun yangi yo‘nalish bo‘lmish Big Data raqamli dunyosi tomon yangi qadam tashladik. Biz O‘zbekistondagi barcha operatorlar orasida birinchi bo‘lib uning asosida bozorga mos biznes modellarini ishlab chiqdik. Endi biz innovatsion xususiyatlarni yana-da tezroq yaratmoqdamiz. Hozirda kompaniya mobil tijoratni yo‘lga qo‘ygan va rivojlantirmoqda.Yaqinda biz bozor uchun yangi elektron hamyonlar va virtual bank kartalariga kirish imkoniyatini, shuningdek Google Play do‘konidagi mahsulotlarni balansdagi mablag‘ evaziga sotib olish imkoniyatini yo‘lga qo‘yamiz. Hozircha O‘zbekistondagi bironta operatorda bunday imkoniyat mavjud emas. Bundan tashqari, biz tibbiyot va ta‘lim sohasidagi yangi loyihalar bilan mahsulot turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Big Data sohasida biz abonent profilini aniqlash bo‘yicha model ustida ish olib boryapmiz, bu bizga bir vaqtning o‘zida kompaniyadagi bir nechta yirik maydonlarni - marketingdan sotuvlargacha optimallashtirishga yordam beradi. Biz noyob raqamli mahsulotlarni ishlab chiqaradigan Beelab laboratoriyasini yaratdik va rivojlantirmoqdamiz. Bu bizning iste‘dodli va talabchan xodimlarimiz tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, ular bu ishlarni shu qadar mahorat bilan bajaradilarki, hatto Veon‘ning boshqa mamlakatlariga ham xizmat ko‘rsatmoqdalar. Biz tariflardan tashqari bonuslar bilan ta‘minlanadigan o‘yinga o‘xshash qiziqarli takliflarni yaratdik.
So‘nggi paytlarda abonentlar, shu jumladan Beeline’ning abonentlari kontent xizmatlaridan juda norozi bo‘lishmoqda, xizmatlar evaziga operatorlar pullarni shaffof bo‘lmagan va adolatsiz ravishda hisobdan yechib olishmoqda. Bunga qanday izoh berishingiz mumkin?
- Ko‘ngilochar xizmatlar dunyodagi barcha uyali aloqa operatorlarining diqqatini tortmoqda. Har qanday yangi texnologiya asta-sekin bozorni egallaydi, tarozini tortadi, yaxshilaydi, o‘ziga xos standartga aylanadi va uning rivojlanishi sekinlashguncha davom etadi.
Innovatsiya hayotidagi navbatdagi va mantiqiy bosqich bu portlovchi talabni kamaytirish va asosiy xizmatning o‘zini to‘ldiruvchi va ba‘zan jiddiy ravishda o‘zgartiradigan xizmatlarning paydo bo‘lish bosqichidir. Ko‘ngilochar xizmatlar mijoz uchun deyarli doimo “yaxshi” va deyarli hech qachon “yomon” emas. Abonent uchun “yaxshi” va “zarur” ko‘ngilochar xizmatlarni qidirish va amalga oshirish juda ko‘p ishdir va ishga tushirish jarayonida odatda ba‘zi xizmatlar abonentlar uchun xohlagancha muvaffaqiyatli, qiziqarli va tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Ba‘zida ular shaffof emas va adolatsiz deb qabul qilinadi. O‘zbekiston bozori tobora kuchayib borayotgan “smartfonlashtirish” davrida, shuning uchun bugungi kunda ba‘zi bir kontent xizmatlarini hisobdan chiqarish mavzusi ayniqsa dolzarbdir. Kontent-provayderlar barcha operatorlarning abonentlari bilan ishlashlari hech kimga sir emas va bu har doim ham abonent nuqtayi nazaridan shaffof tarzda amalga oshirilmaydi. Ha, muammo bor va bizning jamoamiz endi uni konstruktiv tarzda hal qilmoqda. Kelgusi oylarda har bir abonent kontent xizmatlaridan qanday foydalanishi va qabul qilishi, ularni qanday boshqarishi va qancha nazorat qilinishini, abonent nimaga obuna bo‘lganligini va nima uchun pul to‘lashini tushunishi uchun xizmatni takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Biz barchasi iloji boricha shaffof bo‘lishini xohlaymiz.
Buning uchun endi quyidagi choralarni ko‘rmoqdamiz:- Biz penetratsiyani kamaytirdik va mijozlarimizning hozirgi ehtiyojlariga javob bermaydigan xizmatlarni yopdik.- Ko‘ngilochar xizmatlar haqida call-markazimiz orqali fikr-mulohazalarni qabul qilamiz va yuzaga keladigan savollarni darhol yopamiz.- Axborot kampaniyalarini olib bormoqdamiz va abonentlarimizni o‘rgatmoqdamiz. Masalan, “Beeline: Hammasi shaffof!” aksiyasi *115 # USSD-buyrug‘ini terishda barcha ko‘ngilochar xizmatlar o‘chirib qo‘yilishi haqida xabar beradi.- Beeline Uzbekistan yangilangan ilovamizda “Xarajatlar” bo‘limida mutlaqo barcha xarajatlar ko‘rinib turadi.- Internet xizmatlari uchun biz hamkorlarga narxlar, hisobdan mablag‘ni yechib olish muddatlari, xizmatning maqsadi va boshqa barcha kerakli ma‘lumotlarni majburiy joylashtirish bo‘yicha talablar va qoidalarni shakllantirdik.
O‘zbekiston telekom bozorida yangi uyali aloqa operatori paydo bo‘ldi. Sizningcha, telekom sohasi mutaxassisi sifatida bu bozorga va umuman abonentlarga qanday ta‘sir qiladi?
- Odatda, biz bozordagi hamkorlarimiz faoliyatini izohlamaymiz. Albatta, bozorda adolatli raqobatni keltirib chiqaradigan har qanday o‘zgarishlar doimo yaxshi bo‘ladi. Ammo, yana bir bor ta‘kidlayman agar u vijdonli va halol bo‘lsa. Biz uchun, sohaning hozirgi sarmoyadorlari sifatida, albatta, O‘zbekistonda Beeline tarmog‘ini yanada faol qurish va modernizatsiya qilish, AT va raqamli infratuzilmalarni rivojlantirish, abonentlarga yangi qiziqarli va arzon xizmatlarni taklif qilish asosiy ustuvor vazifalar bo‘lib qolmoqda.
Biz yangi kontseptsiyalarni taqdim etamiz, yangi raqamli loyihalar ustida ishlaymiz. Bizning asosiy e‘tiborimiz mahsulot, xizmat va xizmatlarning sifati va amalga oshirilishiga qaratilgan. Umuman olganda, agar kelajak haqida gapiradigan bo‘lsak, asosiy vazifa - bu yangi biznes modelini yaratishdir, uning doirasida abonentlarimiz an‘anaviy servis va xizmatlardan (ovozli qo‘ng‘iroqlar, ma‘lumotlarni uzatish, yoki SMS) foydalanish uchun to‘lovlarni kamaytiradi yoki hatto uyali aloqa operatori sifatida bizga to‘lashni to‘xtatadi. Ular faqat o‘zlarini qiziqtirgan, ishlatish uchun qulay va foydali bo‘lgan ilovalar uchun to‘laydilar. Ma‘lum bo‘lishicha, xizmatlar va mahsulotlarni targ‘ib qilish uchun provayder va operator xarajatlarni o‘zaro taqsimlaydi, ulardan abonent faqat foyda ko‘rishi mumkin.
Shunday qilib, biz aloqani to‘lanishi shart bo‘lmagan havoga aylantirmoqchimiz, chunki bu ham hayotiy ahamiyatga ega. Biz abonentlar bazasini ta‘qib qilmayapmiz, biz xizmatlarning sifati va odamlar uchun qiziqarli takliflar haqida o‘ylaymiz. Shuning uchun biz abonentlar qolishlari va biz bilan bo‘lishlari uchun bir qator mahsulot va xizmatlarni mutlaqo bepul taqdim etishga tayyormiz.
Va suhbatimiz yakunida, iltimos, kelajakdagi rejalaringiz bilan bo‘lishsangiz.
- Bugungi kunda 1,5 milliondan ortiq inson raqamli mahsulotlarimizdan foydalanmoqda. Yaxshi yangiliklardan - bizning muhandislarimiz va tahlilchilarimiz hozirda bank va kredit sohalari, geomarketing va reklama biznesi uchun yangi modellarni ishlab chiqish ustida faoliyat olib bormoqdalar. Kuzda ko‘plab g‘oyalarimiz mavjud. Biz bozorga ikkita yirik va muhim hamkorlik loyihalarini taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz. Birinchisi, shifokorlar va tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan masofadan turib yoki yuzma-yuz maslahatlashish imkoniyati bilan bog‘liq: ma‘lum bir klinikada yozilish, kerakli dori-darmonlarni qidirish, testlar o‘tkazilish joyini izlash va hatto veterinariya savollarini berish. Umid qilamizki, ushbu loyiha eng chekka hududlardagi odamlarga ham o‘z savollarini tezda hal qilishda yordam beradi. Ikkinchi loyiha - idrokli masofaviy ta‘lim.
Biz turli yoshdagi odamlar uchun zamonaviy fanlarni o‘qitish uchun platformani ishga tushirmoqchimiz. Buning uchun bozor o‘rganildi, unda ish olib borayotgan o‘yinchilar chilar bilan o‘nlab suhbatlar o‘tkazildi va abonentlar orasida so‘rovlar o‘tkazildi. Bizning strategiyamiz doirasida “Dunyoni raqamli va qulay qilish!” ta‘lim loyihasi muhim tarkibiy qismga aylanishi kerak. Hamkorlar bilan birgalikda va Big Data asosida abonent uchun uning dastlabki bilim darajasini hisobga olgan holda individual dastur yaratishni rejalashtirmoqdamiz.
Bu hammasi emas. Ko‘rib turganingizdek, abonentlarimiz uchun qulaylik, foyda va farovonlikka qaratilgan qator yangi loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda bizni ulkan rejalar kutmoqda!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)