• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Biometrik pasport almashtiriladi, BMTda o‘zbekcha nutq, Farg‘onada yangi hokim

    Kuzning salqin kunlarida Farg‘ona vodiysi koronavirus o‘chog‘iga aylandi. Darvoqe, Farg‘onaga oid kattakon bir yangilikni ham dayjestimizga qo‘shdik, chunki bu yangilik butun respublikaga daxldordir.

    Farg‘ona viloyatini sakkiz yildan beri boshqarib kelgan, turli audioyozuvlari, qiziqqon fe’li bilan internetda tanilgan hokim Shuhrat G‘aniyev lavozimni topshirdi. U O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu lavozimning avvalgi egasi O‘ktam Barnoyev yaqinda dunyodan o‘tgan edi.

    Shuhrat G‘aniyev va Xayrulla Bozorov.

    Shuhrat G‘aniyev va Xayrulla Bozorov.
    Foto: “Gazeta.uz”

    Namangan viloyatini besh yildan beri boshqarib kelgan Xayrulla Bozorov Farg‘ona viloyati hokimligini qabul qilib oldi. O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi bo‘ldi.

    Xayrulla Bozorov Farg‘onaga tayinlanishi bilanoq Farg‘ona va Andijon viloyatlarini bog‘lovchi Quva—Asaka yo‘lidagi blokpostlar olib tashlandi.

    * * *

    Bugun koronavirus kirib bormagan mahalla qolmadi, desak bo‘ladi. Xususan, respublikaning eng aholi zich yashovchi mintaqasi Farg‘ona vodiysi virus o‘chog‘iga aylandi. Ushbu dayjestni o‘qiyotganlarning hech bo‘lmaganda bir tanishi koronavirusni yuqtirgan.

    Bu hafta Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov va uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev hamda Azizbek Ikromovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Oldinroq vazirning birinchi o‘rinbosari ham koronavirusdan davolangan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etganlar yashagan joy, marhumlarning initsial hamda yoshini e’lon qilishni to‘xtatdi. Endi faqat vafot etganlar soni va jinsi haqida ma’lumot beriladi.

    Budjet xarajatlari 1,9 trillion so‘mga qisqartirildi. Ushbu mablag‘ Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga sarflanadi, deb yozmoqda @davletovuz Telegram-kanali.

    Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Rossiya O‘zbekistonga 35 million dozagacha “Sputnik V” nomli koronavirusga qarshi vaksina jo‘natishi bo‘yicha kelishib olinibdi, degan xabarlar tarqagan edi. Rossiya vaksinasiga ko‘pchilik umid bilan ko‘z tikayotgani sir emas. Ammo bu gaplar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. O‘zbekiston ikki davlat, ya’ni Xitoy va Rossiya farmatsevtika kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Jumladan, Rossiyada ishlab chiqarilayotgan “Sputnik-V” vaksinasining 5 ming dozasini O‘zbekistonga ajratish yuzasidan murojaat qilingan xolos.

    Shuhrat Qayumov.

    Shuhrat Qayumov.
    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Taniqli suxandon va xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov dunyodan o‘tdi. 51 yoshli diktorning bevaqt o‘limi sababi aytilmadi, biroq hamkasblaridan birining yozishicha unda avvaldan pnevmoniya va saraton bo‘lgan ekan.

    Shuningdek, bu hafta O‘zbekistonning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabov 83 yoshida vafot etdi.

    * * *

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining onlayn formatda o‘tayotgan 75-sessiyasida nutq so‘zladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidenti nutqida kambag‘allikni kamaytirish, jahonning barcha mamlakatlari bilan sheriklikni rivojlantirish, koronavirus pandemiyasi, jamiyatni modernizatsiyalash, gender tengligi, yoshlar huquqlari, afg‘on muammosi, Orolbo‘yi falokati kabi masalalarni tilga oldi.

    Prezident birinchi marta BMTning onlayn minbarida o‘zbek tilida so‘zlagani ko‘pchilik tomonidan o‘zbek tilining mavqei ko‘tarilishi deb baholandi. Xususan, Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stum “men bundan shaxsan o‘zim o‘zbek o‘g‘loni va afg‘onistonlik o‘zbeklarning rahbari sifatida faxrlanaman. Bu biz uchun yuksak iftixordir”, dedi.

    * * *

    Ma’lumki, avtomobil raqamlari va pasport bizda tez-tez almashib turishi odat tusiga aylandi. Yangilik shuki, O‘zbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ungacha esa biometrik pasport o‘rniga ID-kartalar joriy etiladi. ID-karta quyidagi muddatlarga beriladi:

    - yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – 2 yil muddatga;

    - bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga;

    - 16 yoshdan boshlab – 10 yil muddatga.

    ID-kartani rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi, ya’ni 198 ming 470 so‘m (22.09.2020 holatiga) miqdorida to‘lov undiriladi. ID-kartalarni olish va almashtirish uchun xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilish mumkin.

    Hozircha dayjestimizdan o‘rin olgan yangiliklarimiz shular. “Daryo”da qoling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling. Karantin talablariga rioya qiling.

    27.09.2020, 23:44   Izoh (0)   167983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda baxtsiz hodisa sabab bir qo‘lidan ayrilgan qiz kuniga 130-150 kg paxta terib, odamlarga o‘rnak bo‘lmoqda

    27.09.2020, 23:39

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga 20-avgustdan 20-sentabrgacha bo‘lgan muddat uchun ish haqlari to‘lab beriladi

    27.09.2020, 23:21

    FinCEN O‘zbekiston milliy banki va Latviya banklari o‘rtasidagi 2016-yildagi 8,7 mln dollarlik 16 ta tranzaksiyani shubhali deb topdi

    27.09.2020, 22:59

    Namangan City loyihasi bekor qilindi. Yangi qurilishlar shaharga qo‘shib berilgan hududlarda olib boriladi (video)

    27.09.2020, 21:58

    Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan xalqaro onlayn-konferensiya o‘tkaziladi

    27.09.2020, 21:20

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

    27.09.2020, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.