Kaliforniyadagi poyga velotrassasiga tashlab ketilgan Jeep Wrangler’ni qutqarish ishlari yaxshi yakun topdi: mashina evakuatsiya qilingan. O‘nlab insonlardan iborat qutqaruvchilar guruhi 20 daqiqa davomida Wrangler’ning qiyalikdan olib tashlash uchun ter to‘kkan, deb yozadi Motor.

Kadr: YouTube

Facebook’da Loma-Linda yaqinidagi tor velotrassaga tiqilib qolgan Jeep Wrangler’ning suratlari tarqaldi. Haydovchi yo‘ltanlamasni tepalik qirrasiga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan: uning ikkala tomoni esa keskin qiyalik. Yo‘ltanlamas egasining shaxsi tezda aniqlangan — u Riki Barba ismli erkak. The Drive ma’lumotlariga ko‘ra, unga Ford vakillari chiqib, mashinani kompaniya hisobidan yangi Bronco yordamida evakuatsiya qilishni taklif etgan. Bu model uchun o‘ziga xos reklama bo‘lib xizmat qilishi kerak edi.

Biroq Wrangler’ni qutqarish ishlarini Jalados 4x4 hamjamiyati offroudlari tashkillashtirgan: ular yo‘ltanlamasga birinchi bo‘lib yetib borib, 20 daqiqada uni xavfli hududdan olib tashlashga erishgan.