• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp va qirolichasi oilasi munosabatlari. AQSh va Rossiya o‘rtasidagi raqobat. Jahon matbuoti sharhi

    Sentabr oyining so‘nggi haftasi ham bir qator e’tiborga molik hodisalar bilan yodimizda qoldi. Bugungi dayjestimiz jahon siyosiy maydonida yuz berayotgan yangiliklar haqida.

    Donald Tramp nega Britaniya qirolichasi oilasini tanqid qilib chiqdi?

    AQShda prezidentlik saylovlari tobora yaqinlashmoqda. Demokratlar prezident Trampni saylovda mag‘lubiyatga uchrashi uchun qo‘lidan kelgan barcha vositalarni ishga solayotgan bo‘lsa, amaldagi prezident Tramp ham demokratlarga qarshi “maqsad vositalar”ni oqlaydi degan tadbir tutgan, deb yozadi The Guardian nashri.

    Foto: Google Photos

    Donald Tramp shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklni keskin tanqid qildi-yu shahzoda Garriga omad tiladi. Sabab esa bu juftlik bor yo‘g‘i amerikalik vatandoshlarni bo‘lajak saylovlarda qatnashishga chaqirgani bilan izohlanadi.  Gap shundaki, Sasseks gersogi va gersoginyasi The Times nashriga bergan intervyusida noyabr oyining boshlarida o‘tkazilishi kutilayotgan saylovlarda “nafrat va ko‘rolmaslik nutqbozligidan” voz kechishga chaqirganliklari bo‘ldi. (Aftidan Tramp buni o‘ziga nisbatan haqorat sifatida qabul qildi).

    AQShda yashayotgan bo‘lsa-da, ovoz berishdan mahrum bo‘lgan shahzoda Garri mamlakatdagi saylovoldi jarayonlariga fikr bildirar ekan, “noyabr yaqinlashgani sari onlayndagi salbiyat, ishonchsiz ma’lumotlar va nafratga to‘la nutqbozlikdan voz kechish muhimligi” haqida fikr bildirdi. Kaliforniyada tug‘ilgan Megan Markl esa oldinda turgan saylovlarni “hayotimiz davomidagi eng muhim voqea” sifatida ta’riflarkan, “amerikaliklar ovoz bersagina, qadriyatlarimiz amal qila boshlaydi, ovozlarimizni eshitadigan bo‘lishadi”, deb ta’kidladi.

    Britaniya qirolligi oilasi a’zolari o‘z nutqlarida Tramp, Bayden nomlarini tilga olmagan bo‘lsa ham, ko‘plab amerikaliklar ularning chiqishini demokratik partiyaning nomzodini qo‘llab-quvvatlash sifatida qabul qildi. Aslida esa Britaniya qirolichasining bu a’zolari betaraflikni saqlash maqsadida AQShda noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashmaydi. Bukingem saroyi esa shahzoda Garrining chiqishiga izoh berishdan o‘zini chetga oldi. Biroq Bukingem saroyining rasmiy vakili shahzoda Garrining chiqishiga munosabat bildirgan holda, uning qirollik xonadoni a’zosi emasligi, u oddiy fuqaro ekani va uning har qanday fikrni bildirishga huquqi borligini ma’lum qildi.

    39 yoshli Megan Markl va 36 yoshli Garri bir yoshli o‘g‘li Archi bilan hozirda Kaliforniya shtatida istiqomat qiladi. Bundan sal avvalroq ular Kanadada yashagan va o‘zlarini qirollik oilasiga mansub emasligini e’lon qilgan edi. Sobiq qirollik a’zolarining bu juftligi iqtisodiy mustaqil bo‘lish uchun, oddiy odamlarday hayot kechirishlari uchun o‘zlarining imtiyozlaridan voz kechganini ma’lum qilgandi.

    O‘tayotgan hafta boshida amerikalik feminist Gloriya Staynem Megan uning tashabbusiga qo‘shilgani va ular birgalikda amerikaliklarni saylovda qatnashishga chaqirayotganini xabar qilgandi. Staynem xonim sobiq gersoginya bilan hamkorlikda harakat qilayotgani, xalq yoqtirmaydigan Tramp yengilishi uchun bor vositalar ishga solinayotgani haqida ma’lum qilgandi. Agar bo‘lajak saylovlarda demokratik partiya nomzodi Jo Bayden g‘alaba qilgudek bo‘lsa, tashqi siyosatda Putin rejimi va uning oligarxlariga qarshi bosim kuchayishi aniq.

    Foto: Time

    Agar yana Tramp g‘alaba qiladigan bo‘lsa, u Putin Rossiyasiga qarshi faqat Kongress bosimi ostida qaror qabul qilishda davom etadi. Xitoy masalasida ham rasmiy Pekinga qarshi siyosat yuritadi va Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Noyabrdagi saylovlarda kim g‘olib bo‘lishi dunyo miqyosidagi tashqi siyosatni ham o‘zgartirib yuborishi mumkin.

    Kim kuchli: AQShmi yoki Rossiya?

    The National Interest nashri AQSh va Rossiya harbiy qo‘shinlari tarkibidagi harbiy uchoqlarni solishtiruvchi qiziqarli maqola tayyorladi. AQShning F-4 “Fantom” va ruslarning MiG-21 uchoqlari turli maqsadlarni amalga oshirishi uchun ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, bu ikki uchoq Vyetnamdagi urushda bir-birlariga ro‘baro‘ kelgandi.

    “Fantom” va MiG-21 harbiy uchoqlari bir-biriga raqib uchoq bo‘lsa-da, texnik xususiyatlari jihatidan bir-biridan keskin farq qildi. Vyetnamdagi urush davrida juda mashhur bo‘lib ketdi. F-4 “Fantom” Makdonnel Duglas kompaniyasi tomonidan ishlab chilgan bo‘lsa, MiG-21 Gurevich-Mikoyan harbiy muhandslik korxonasida ishlab chiqildi. Bu ikki harbiy uchoq mahoratli uchuvchilar boshqaruvida harbiy ziddiyatlarning eng avj nuqtasida ham hal qiluvchi vazifani bajarar edi.

    Fantom og‘irligi 19 tonna bo‘lsa, MiG-21 og‘irligi 10 tonnani ham tashkil qilmasdi. F-4 uzunligi 19 metrni, kengligi 21 metrni tashkil qilsa, MiG-21 kichikroq hajmga ega bo‘lgan holda, uzunligi 14,5 metr, qanoti kengligi yetti metrdan ozgina oshiqroq edi. Ikki uchoq ham o‘z tezligini 2 Maxdan oshira oldi.

    MiG-21 epchil uchoq sanalib, u qayrilgan paytda uni aniqlash mushkullik tug‘dirar, F-4 ning reaktiv dvigatellari tutun chiqargan holda dushmanning nishoniga aylanishi osonroq edi. MiG-21 yaqin masofaga mo‘ljallangan uchoq tutuvchi bo‘lsa, F-4 uzoq masofaga harakatlana olishi bilan ilg‘or hisoblanardi.

    AQSh hukumati F-4’ning xilma-xil modellarini ishlab chiqardi: ularning ba’zilari qiruvchi uchoq bo‘lsa, ayrimlari ayg‘oqchi, ayrimlari esa radio to‘lqinlarni to‘suvchi uchoqlar edi. 1958–1981-yillarda AQSh hukumati bunday uchoqlardan 5 200 dona ishlab chiqardi. Bu ikki harbiy uchoq Vyetnamdagi urushdan tortib to Iroqdagi “Sahrodagi bo‘ron” harbiy amaliyotlarida ham qatnashdi.

    Foto: Google Photos

    Hozirda F-4 uchoqlari ishlab chiqarishdan olib tashlangan bo‘lsa-da, ular 10 ortiq mamlakatlarning harbiy havo kuchlarida o‘z vazifalarini a’lo darajada o‘tamoqda. MiG-21 harbiy uchog‘i esa hozirda ham ishlab chiqarishdan olib tashlanmay, takomillashishda davom etmoqda. MiG-21 rus harbiy uchog‘i ham hozirda ko‘plab davlatlarning harbiy havo kuchlarida o‘z vazifasini o‘tamoqda.

    Prezidentlikka nomzod Jo Baydenning o‘g‘li qanday mojarolar girdobida?

    Xanter Bayden dadasining vitse-prezident ekanidan foydalangan holda qancha miqdorda xorijlik puldorlardan mablag‘ ishlab oldi, deb boshlaydi o‘z maqolasini The Wall Street Journal nashri. AQSh senati esa mazkur savolga javob topishga ancha yordam berdi.

    Bayden o‘g‘li olib kelayotgan pullardan xabardor bo‘lganmi, ularni qanday sarf qilgani haqida savollar bir talay. Gap shundaki, Xanter Bayden Ukraina gaz sanoatini rivojlantirish uchun Xitoy moliyasi, rumin ko‘chmas mulklaridan olib turgan to‘lovlar hozirda barchani diqqat e’tiborida. Bayden esa Xitoy yordami, ukrain gazi va rumin ko‘chmas mulkida ham hech narsani bilmaydi. Nahotki AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan shaxs mamlakatni boshqarishga bel bog‘lasa-yu, o‘z oilasidagi vaziyatni boshqarishni ko‘zdan qochirgan bo‘lsa.

    Senat qo‘mitasi rahbarlari tomonidan tayyorlangan ma’ruzada Xanter loyihalaridan kelgan daromad manbalari ham oshkor qilindi. Daromad manbalari orasida rus milliarderi Yelena Baturina bilan bog‘liq daromadlar ham borligi qiziq.

    2014-yilning 14-fevral sanasida Baturina xonim Xanter Bayden tomonidan asos solingan RouzMaunt kompaniyasiga 3,5 million dollar o‘tkazib berdi. Moskvadagi ko‘chmas mulklardan boylik orttirgan Baturina xonim Xanterning qanday maslahatlari evaziga pul o‘tkazib berish tabiiyki savollarni o‘rtaga tashlaydi. Dadasi AQSh vitse-prezidenti bo‘lgan va ko‘chmas mulk sohasida bilimi bo‘lmagan Xanterga nima maqsadda pul o‘tkazib berildi? Baturina xonim aslida nima sotib olmoqchi bo‘ldi? Bular javob berilishi kerak bo‘lgan savollardir. Amerikalik saylovchilar esa bu savollarning javobini kutmoqda.

    AQShdagi saylovlar avj pallaga chiqqan bir paytda Xanter bilan bog‘liq siyosiy mojaroda rus oligarxi Baturina nomi bilan birgalikda Nyu-York shahri hokimi Endryu Kuoma nomi ham suv yuzasiga qalqib chiqdi. Gap shundaki, Baturina xonim 2015-yil 6-may sanasidan to 2015-yil 8-dekabrigacha Rouz Maunt Seneka kompaniyasi hisob raqamiga 241 ming 797 dollar miqdorida pul o‘tkazib bergan edi.

    Xanter Bayden.

    Xanter Bayden.
    Foto: Getty Images

    Rouz Maunt Seneka kompaniyasi bu pullarni o‘z navbatida Nyu-York shtatining Buffalo shahrida qayd etilgan BAK USA novatorlik kompaniyasi hisobiga o‘tkazib yuborgan edi. Rasmiy qog‘ozlarda qayd etilishicha, Buffalodagi mazkur kompaniya xitoylik sheriklari bilan birga planshet noutbuklar ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘ldi. BAK USA esa Nyu-York shtati hokimi Endryu Kuomo bilan bog‘liq kompaniya. Demak, Nyu-York shtati hokimi ham Baturina xonim bilan aloqada bo‘lgan degan taxmin yuzaga kelib chiqadi.

    The Fox News axborot nashri ham kichik Baydenning rus milliarderlari bilan aloqadorligi haqida ma’lumotlarni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur pullar odam savdosiga xizmat qilgan pullar bo‘lib chiqmoqda. Respublikachi senatorlar mazkur holat yuzasidan tekshiruvlarni boshlagan paytda demokrat senatorlarning keskin qarshiligiga uchraganini iddao qilmoqda. Shuningdek, Xanter Bayden Burisma gaz kompaniyasining direktorlar kengashi tarkibiga ham kirgan bo‘lib, bu katta mojaroga olib kelmoqda.

    E’lon qilingan ma’ruzada kichik Baydenning Burisma direktorlar kengashiga kirishi muammoli kechgan bo‘lsa-da, bundan sobiq prezident Obama ma’muriyati xabardorligi ta’kidlanadi. Burisma kompaniyasi direktorlar kengashida korrupsiyalashgan ukrain oligarxlarining mavjudligi ham qayd etiladi.

    O‘z navbatida, AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi Jorj Kent fikricha, kichik Baydenning Burisma direktorlar kengashiga kirishi AQShning Ukrainaning korrupsiyalashgan oligarxlariga nisbatan siyosat yuritishiga to‘sqinlik qildi. Burisma va ukrain oligarxi Zlochevskiy Ukraina bosh prokuraturasiga o‘ziga qarshi qaratilgan ishni yopish uchun yetti million dollar miqdorida pora berishga uringani ham keltiriladi. Bu haqida hattoki AQSh FQBsi ham xabardor etiladi. Biroq kichik Bayden 2009-yildan to 2014-yilgacha AQSh maxsus xizmatlari himoyasida bo‘lgani aytiladi.

    Hattoki, Xanter Bayden Xitoy hukumati bilan bog‘liq Szyanmin, Gunven, Dun kabi shaxslar bilan bog‘liqligi haqida ma’lumotlar keltiriladiki, bu noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Joy Baydenning mag‘lub bo‘lishiga olib keluvchi asos sifatida ishlatilishi mumkin. AQShdagi prezidentlik saylovi esa qizigandan qizib, qiziqarli bo‘lib bormoqda. Kimning prezident bo‘lishini esa bilib olishga unchalik ham ko‘p qolmadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    26.09.2020, 16:24   Izoh (0)   62778
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Koronavirus oqibatida dunyo bo‘ylab 2 million odam vafot etishi mumkin” — JSST

    26.09.2020, 11:51

    Buyuk Britaniyada karantin kuchaytirilgani sababli hojatxona qog‘ozi va makaron savdosida qaytadan cheklovlar o‘rnatildi

    26.09.2020, 10:25

    Shvetsiya va Norvegiya Lukashenkoni Belarus prezidenti sifatida tan olmadi

    26.09.2020, 09:57

    Ukrainada ichida kursantlar bo‘lgan An-26 falokatga uchrashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

    26.09.2020, 08:56

    Parijda jurnalistlarga uyushtirilgan hujum terakt deb baholandi

    26.09.2020, 08:35

    Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda bolalarning koronavirus bilan kasallanayotganini tasdiqladi

    26.09.2020, 08:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21

    Andijonda 2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:20

    O‘zbekistonda ota-onasi xorijda bo‘lgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:05

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 21:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.