Yig‘ilishda Shuhrat G‘aniyevning sakkiz yil davomida Farg‘ona viloyat hokimi sifatida hududni har tomonlama rivojlantirish borasidagi ishlari alohida e’tirof etilgan. U o‘zbekona chopon bilan tantanali kuzatilgan.
Avvalroq Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Namangan viloyati hokimi lavozimiga esa 2020-yil martidan beri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Abdurazzoqov tayinlangan.
Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2020-yilning 20-sentabr kuni vafot etgan O‘ktam Barnoyevning o‘rnini egallagan. Barnoyevda iyul oxirida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)