Namangan viloyati hokimi o‘zgardi — 25-sentabr kuni Prezident administratsiyasi raisi va bosh vazir boshchiligida o‘tkazilgan viloyat faollar yig‘ilishida 2015—2017-yillarda Namangan tumani, 2017—2020-yillarda Namangan shahri hokimi sifatida ishlagan Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyatining yangi rahbari sifatida tanishtirildi. Tadbirda yangi hokim eski hokim — Xayrullo Bozorovga zarbof to‘n va do‘ppi kiydirgan. Bozorov Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati