Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya Fransiya chempionati 3-turi doirasida “Marsel”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi (0:1) harakati uchun jazolandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

O‘yin vaqtida argentinalik futbolchi “Marsel” himoyachisi Alvaro Gonsales tomon tupurgan. Buning natijasida Anxel 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

PJS hujumchisi Neymar va Gonsales masalasi 30-sentabr kuni ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv yakunlanishi arafasida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida yuzaga kelgan tortishuv natijasida PSJdan Neymar, Leandro Paredes va Leven Kurzava chetlatilgan, “Marsel”dan esa Jordan Amavi va Dario Benedettoga qizil kartochka ko‘rsatilgandi.

Tartib intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, eng uzoq muddatli diskvalifikatsiya Kurzavaga (6 ta o‘yin) berilgan, Amavi uchta o‘yindan chetlatilgan, Neymar va Paredes ikkita uchrashuvga (va bitta shartli ravishda) diskvalifikatsiya qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi