• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan Vohidjon Isoqovga 4,5 mln so‘m jarima yozildi. “Avvalgi jarima” noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi

    Nikoh to‘yini 14-sentabr kuni Tashkent City’da o‘tkazib, shov-shuvlar va muhokamalarga sabab bo‘lgan xonanda Vohidjon Isoqov 19-sentabr kuni bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 20 baravari (19-sentabr holatiga ko‘ra 4,46 million so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi (DSENB) “Daryo”ga ma’lum qildi. Avvalroq 16-sentabr kuni Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xonanda BHMning besh baravari (1 115 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi, biroq bu axborot noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

    Toshkent shahar SENB: “Xonandani jarimaga tortish haqidagi IIB xati 16-sentabr kuni kelib tushgan”

    Muhokamalarga sabab bo‘lgan va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan talablarga zid ravishda o‘tkazilgan to‘y 14-sentabr kuni o‘tkazilgan bo‘lsa-da, Toshkent shahar ichki ishlar organlari bunga faqat 16-sentabr kuni ochiq munosabat bildirdi. O‘shanda shahar IIBB matbuot xizmati xonanda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan BHMning besh barobari miqdorida jarimaga tortilgani haqida axborot bergan edi (ushbu modda bo‘yicha faqat niqob taqmaganlargina BHMning besh barobarigacha bo‘lgan miqdorda jarimaga tortilishi mumkin).

    Biroq Toshkent shahar DSENB ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxt ichki ishlar organlaridan to‘y egasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish haqidagi dastlabki xat aynan 16-sentabr kuni kelib tushgan — shu kuni Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik Otanazarov tomonidan Toshkent shahar DSENBning Mirobod tumani filialiga shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Vohidjon Isoqovning nikoh to‘yida 40-45 nafar mehmon bo‘lganligi aniqlangani bildirilib, ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun №27/39-8254-sonli xat bilan berilgan.

    Xatning ijrosi bo‘yicha 17-sentabr kuni Mirobod tumani filiali inspektorlari xonanda Vohidjon Isoqovga telefon qilganida, uning akasi inspektorlardan ularni bezovta qilmaslikni so‘ragan. Inspektorlar 18-sentabr kuni xonandaning uyiga borganida, xonadon egalari uning xizmat safariga ketganini aytgan; o‘zini xonandaning akasi sifatida tanishtirgan fuqaro: “Ukam qachon uyga kelsa, o‘zi bilan gaplashasizlar”, deb, tuzilayotgan ma’lumotnomaga imzo qo‘yishdan bosh tortgan.

    Foto: “Daryo” / Toshkent shahar DSENB

    Foto: “Daryo” / Toshkent shahar DSENB

    “19-sentabr kuni Toshkent shahar DSENB Mirobod tumani filiali tomonidan xonanda Vohidjon Isoqovga karantin qoidalarini buzgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari (4 460 000 so‘m) miqdorida jarima solish to‘g‘risida qaror imzolangan va 21-sentabr kuni qaror nusxasi Vohidjon Isoqovga taqdim etilgan”, — deyiladi shahar DSENBning “Daryo”ga taqdim etilgan axborotida.

    Foto: “Daryo” / Toshkent shahar DSENB

    Foto: “Daryo” / Toshkent shahar DSENB

    Xonanda karantin davrida 40-45 nafar mehmon bilan nikoh to‘yini nishonlagani uchun jarimaga tortilgan. Qarorda ko‘rsatilishicha, jarima 15 kun ichida to‘lanishi lozim. Xonanda esa ushbu qaror ustidan 10 kun ichida yuqori turuvchi tashkilot yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.

    Toshkent shahar IIBB: “Bizda birlamchi axborot berilgan”

    Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati vakillari Vohidjon Isoqovni jarimaga tortish haqidagi qaror 19-sentabrda chiqarilgani, xonanda ushbu qarorga asosan BHMning 20 barobari miqdorida jarima tortilgani haqidagi ma’lumotga munosabat bildirarkan, poytaxt IIBB tomonidan 16-sentabr kuni xonanda BHMning besh barobar miqdorida jarimaga tortilgani haqidagi rasmiy xabar “birlamchi axborotga tayanib berilgani”ni, yakunda bu axborot noaniq bo‘lib chiqqanini tan oldi.

    Avvalroq “Daryo” internet-nashri xonanda Vohidjon Isoqov jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan bo‘lsa-da, u aslida jarimaga tortilmagan, jarima haqidagi xabar yolg‘on bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu vaziyat o‘rganilayotganini bildirgan edi.

    Mavzuga doir: Toshkentcha ko‘zbo‘yamachilik: To‘yini Tashkent City’da o‘tkazgan xonanda Vohidjon Isoqov aslida jarimaga tortilmagan bo‘lishi mumkin

    Respublika maxsus komissiyasi, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining qo‘shma ko‘rsatmasi talablariga muvofiq, O‘zbekistonda to‘y marosimlarini fuqarolarning uy-joyi va xonadonining o‘zida, faqat yaqin qarindoshlar ishtirokida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan tarkibda o‘tkazishga ruxsat berilgan; restoran va boshqa umumiy ovqatlanish joylarda banketlar va boshqa shu kabi marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgani yo‘q.

    Shunga qaramay, hozirgacha o‘z hududida to‘y o‘tkazishga ruxsat bergan Tashkent City’dagi muassasalarga qonuniy chora ko‘rilgani haqida ma’lumot yo‘q. Vohidjon Isoqovning to‘yidan to‘rt kun o‘tib, Tashkent City’da rejissor Habibulla Nabiyev va aktrisa Gulinur Abdullayevaning ham to‘yi bo‘lib o‘tdi, biroq huquq-tartibot organlari ushbu holatga hali ham munosabat bildirgani yo‘q. 22-sentabr kuni yana bir xonanda — Sirojiddin Hojiyev dabdabali nikoh to‘yi o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi; to‘ydan olingan videolarda mehmonlar soni 30 dan ortiqligini ko‘rish mumkin.

    Xulosa o‘rnida

    Niqob taqmagan yoki niqobini iyagiga tushirib yurgan oddiy fuqarolarni “Axborot 24”da “hammasiga shular aybdor” degan ma’noda ko‘rsatib, ommaviy yomonotliq qilish bilan u yoki bu sabab bilan niqobsiz yurgan fuqaroni orqa-oldiga qaramay, ogohlantirmay jarimaga tortish bilan karantin qoidalariga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, vaziyat hozirgiga nisbatan bir qadar yaxshi tomonga o‘zgarar, lekin shu bilan hammasi yaxshi bo‘lib qolmasligi ehtimol. Davlat qonun barchaga barobar va barchaga nisbatan ayovsiz ekanini ko‘rsata olishi lozim — qay bir xonanda talabga zid ravishda o‘tkazilgan to‘yi uchun umuman jazolanmasa, boshqasi esa qonunda belgilangan jarimaga faqat jamoatchilikning bosimi ostida, to‘yidan bir hafta o‘tib jarimaga tortilsa, qanday karantin, qanaqa “jazo muqarrarligi” haqida gapirish mumkin o‘zi?

    23.09.2020, 11:39   Izoh (0)   95600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning tashqi qarzi 27,5 mlrd dollardan oshdi

    23.09.2020, 11:35

    Navoiyda Lacetti va Nexia to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

    23.09.2020, 10:58

    Qashqadaryoda murojaatlarga e’tiborsiz qaragan ikki nafar tuman hokimi hayfsan oldi

    23.09.2020, 10:34

    O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga rag‘batlantirish pullarini to‘lash 2021-yilgacha to‘xtatildi

    23.09.2020, 09:33

    O‘zbekistonda 2021-yildan sud chaqiruvlari SMS orqali amalga oshiriladi

    23.09.2020, 08:55

    Pandemiya davrida bolalar immunitetini ko‘tarish uchun nimalar qilish kerak?

    23.09.2020, 08:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.